Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari
Muhammad Haydarov, Mavluda Haydarova
12
42. She’riy parchadagi ostiga chizilgan so‘zlar orqali she’riy san’atlarni aniqlang va yozing.
Chun pariyu hurdir oting, begim,
Sur’at ichra dev erur oting, begim.
Har xadanggikim, ulus ondin qochar,
Notavon jonim sori oting begim.
a) she’riy san’at:
____________
b) she’riy san’at:
______________
43. She’riy parchaning qofiyasini tahlil qiling va yozing.
Boqmas menga jonona, ajab holat emasmu?
Bo‘ldi yana begona, ajab holat emasmu?
a) qofiyadosh so‘zlardagi raviyni yozing:
Javob: _________________________________
b) ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar raviyning o‘rniga ko‘ra qofiyaning qaysi turini hosil qilgan?
Javob: ___________________________
44.
Quyidagi qit’a mazmunini tahlil qiling va savollarga javob yozing.
Qanoat go‘shasin tutqilki, chun Anqo bu da’b etti,
Anga qushlar ichinda qurb qofida nishiandur.
Chu parvori tovug‘ning og‘zi tinmas tu’madin garchi,
O‘lar oxir anga avval katak zindoni maskandur.
a) qit’ada qanday fazilat ulug‘lanmoqda va bu fazilat sohiblari nimaga o‘xshatilmoqda?
Javob:_________________________________________
b) qit’ada insondagi qaysi xislat qoralanmoqda va u nimaga qiyoslanmoqda?
Javob: ________________________________________
45.
ESSE
Quyidagi vaziyat yuzasidan o‘z munosabatingizni yozma bayon qiling.
Bugungi kunda
sun'iy intellekt jadallik bilan rivojlanmoqda. Natijada ko‘plab
kasblarning vazifasi sun’iy intellekt orqali amalga oshirilmoqda. Ayrimlar bu holatdan
tashvishga tushmoqda. Ushbu xavotir qanchalik haqiqatga yaqin deb o‘ylaysiz?