31. Quyidagi qaysi she’riy san’at g‘azalda
UCHRAMAYDI?
A) Tashxis
B) Istiora
C) Tanosub
D) Tardi aks
32. 5-bayt mazmuni to‘g‘ri izohlangan
javobni belgilang.
A) Qorong‘ilik jahonni (tubsiz) quduqqa
aylantirdi, men bu qorong‘ilik ichida o‘laman
axir, ul obi hayvonim – suyukli yorim kelib,
Xizr kabi yo‘lboshchi bo‘lib qutqarsa edi,
koshki.
B) Butun jahonni qorong‘ilik egallagach men
quduqda qolib ketgandek bo‘ldim. Bu
azobdan meni faqat Xizr kelib qutqara oladi.
C) Zulmat jahonni choxdek yutib
yubormoqda, obi hayvonim, ya’ni suyukli
yorim Xizr kabi yo‘lboshchi bo‘lib olamni bu
zulmatdan xalos etsa edi
D) Zulmat tufayli butun olam g‘amga
to‘lmoqda, bu g‘amdan oshiq ham o‘lishi
mumkin. Xizr payg‘ambar ham lirik
qahramonni bu darddan xalos etolmaydi.
Gaplar (33,34,35) va sintaktik tahlilga oid izohlar (A – F ) ni to‘g‘ri moslashtiring.
33. Har narsaning uvoli va zavoli bor,
isrof, albatta, yaxshilikka olib
kelmaydi, o‘z asoratini ko‘rsatadi.
34. Adabiyoti bo‘lmagan,
adabiyotining taraqqiysiga intilmagan
va adiblar yetishtirmagan millat oxiri
bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan
mahrum holda, sekin-sekin inqirozga
yuz tutadi.
35. Qadrdon bolalilik! Ustimiz kir,
lekin ko‘nglimiz toza edi, o‘zimiz
kichik, biroq orzularimiz katta edi…
A) kiritmali gap
B) shaxsi(egasi) noma’lum gap
C) undalmali gap
D) atov gap
E) sodda gap
F) ajratilgan bo‘lakli gap.
36. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar bilan ma’nodoshlik hosil qila oluvchi so‘zni yozing.
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari
Do'stlaringiz bilan baham: |