Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari
Muhammad Haydarov, Mavluda Haydarova
8
24. Muxtorxon Mansurov obraziga mos
ta’rif berilgan javobni aniqlang.
A) El-ulusida obro‘ topgan, hurmat
qozongan, ularning ko‘nglidan chuqur joy
egallagan obraz, asar so‘ngida xayrsiz
amali sabab bevaqt olamdan ko‘z yumadi.
B) Keksaygan chog‘ida do‘st-u yorsiz,
qon-qarindoshsiz bir beva ayolni nikohiga
olib odamlardan malomatga
qoladi va buni
ko‘tara olmay vafot etadi.
C) O‘zini barchaga yaxshi ko‘rsatib
yurgan, soqolini qirib, asil yuzi oshkor
bo‘lgach tobutini ko‘tarishga ham odam
topilmagan obraz.
D) Qarigan chog‘ida to‘g‘ri yo‘ldan
adashgan, afsus-nadomatda vafot etgan,
tobuti toptalib, do‘stga zor, dushmanga xor
bo‘lib qolgan obraz.
25. Asar
mazmuni NOTO‘G‘RI
izohlangan gapni aniqlang.
A) Yoshi o‘tib qolgan dotsent Muxtorxon
Mansurov yosh “xo‘rozqand”ga uylanadi
va hayotini kulgiga qo‘yadi.
B) Hikoya mazmunidan behuda zorlanish
o‘rtasidan kesiladi, degan ma’no kelib
chiqadi.
C) Hikoya orqali xalqning marosim va urf-
odatlarga
munosabati inson shaxsiga
nisbatan munosabatdan ustun turishi ochib
berilgan.
D) Inson zoti yillar davomida misqollab
yig‘gan obro‘-e’tiborini birzumda ko‘kka
sovurishi mumkinligi bosh qahramon xatti-
harakatlari misolida ochib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: