Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muhammad Haydarov, Mavluda Haydarova
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari
Download 135.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Diagnostik test Haydarovlar oilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- – Serera
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari
Muhammad Haydarov, Mavluda Haydarova 4 A) “Ruhlar isyoni” B) “Qorako‘z majnun” C) “Hellados” D) “Dunyoning ishlari” Matnni o‘qing va savollarga javob bering. Asteroidlar. Kichik planetalar yoki asteroidlar, asosan Mars va Yupiter orbitasi oralig`ida aylanadi va bevosita qaraganda ko`rinmaydi. Birinchi kichik planeta 1801-yilda kashf etilgan va uni an`anaga ko`ra grek–rim mifologiyasidagi nomlardan biri – Serera deb atashdi. Tezda boshqa kichik planetalar topildi va ularga Pallada, Vesta va Yunona nomlari berildi. Fotografiyaning qo`llanishi natijasida yorug`ligi xira bo`lgan asteroidlar kashf etila boshlandi. Hozirgi vaqtda 3500 dan ortiq asteroidlar ma`lum. Milliardlab yillar davomida asteroidlar, vaqti-vaqti bilan bir-birlari bilan to`qnashadilar. Bir qator asteroidlar sharsimon bo`lmay, noto`g`ri shakllarga ega bo`lishlari ana shunday xulosaga olib keladi. Asteroidlarnig umumiy massasi, Yer massasining atigi 0,1 qismiga to`g`ri keladi.[1] Eng yorug` asteroid–Vesta, oltinchi yulduz kattaligidagi yulduzlardan yorug` bo`lmaydi, eng katta asteroid – Serera. Uning diametri 800 km va u Mars orbitasidan narida bo`lganidan quvvatli teleskoplar yordamida ham uning kichik yuzasida hech narsa ko`rib bo`lmaydi. Kashf etilgan asteroidlardan eng kichigining diametri bir kilometrga yaqin. Albatta, asteroidlarda atmosfera yo`q. Osmonda kichik planetalar yulduzlarga o`xshab ko`rinadi, shuning uchun ham ular asteroidlar, ya`ni qadimgi grek tilidan tarjima qilinganda “yulduzsimonlar” degan nom olgan. Yulduzlar osmonida, ular ham planetalarga xos bo`lgan sirtmoqsimon harakat qiladilar. Ba`zi asteroidlarning orbitalari haddan tashqari katta ekssentrisitetga ega. Buning oqibatida ular o`z orbitalarning perigeliyida Quyoshga Marsdan ham, hatto Yerdan ham yaqin. Ikar asteroidi Yerga 10 mln. kilometr masofadan ham yaqin masofada bo`lgan, lekin uning yo`q darajadagi tortishishi Yerga hech qanday ta`sir ko`rsatmagan. Vaqt-vaqti bilan Yerga Germes, Erot va boshqa kichik planetalar yaqinlashib turadi.[2] Tabiatda juda kam uchraydigan va osmonda uchib o`tadigan olov shar bolid deyiladi. Bu hodisa, atmosferaning qalin qatlamlariga meteor jismlar deyiladigan yirik qattiq zarralarning kirib kelishi tufayli sodir bo`ladi. Zarralar atmosferada harakatlanganda sekinlashib, ishqalanish natijasida qiziydi va uning atrofida qizigan gazlardan tashkil topgan nurlanuvchi katta qobiq hosil bo`ladi. Bolidlar, ko`pincha, sezilarli darajadagi ko`rinma diametrga ega bo`lib, ba`zida hatto kunduzi ham ko`rinadi. Meteor jismlarning Yerga tushgan qoldiqlari meteoritlar deyiladi. Meteoritlarning uch xili mavjud: toshli, temirli va tosh-temirli. Ba`zan meteoritlar tushgandan keyin ko`p yillar o`tgach topiladi. Ayniqsa, temir meteoritlar ko`p topilgan. Radioaktiv elementlar va qo`rg`oshinning miqdoriga qarab, meteoritlarning yoshi aniqlanadi.[3] Ularning yoshi har xil: eng qadimiy meteoritlarning yoshi 4,5 mlrd. yilga teng. Kometalar fazoda Quyoshdan uzoqda joylashib, markazlarida yadrosi bo`lgan juda xira, tumanli oqish dog`lar shaklida ko`rinadi. I.Nyuton, birinchilar qatori kometaning yulduzlarga nisbatan siljishini kuzatib, uning orbitasini hisobladi va kometalar ham planetalar singari, Quyosh sistemasida, Quyoshning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling