Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari
Muhammad Haydarov, Mavluda Haydarova
2
tushib ketishing… yo‘l qo‘ymaydigan
insondir.
B) Davralar… o‘zingiz tanishish… istagan
odamning yoniga boring, o‘z…ni
tanishtiring.
C) Har qanday inson zotida mehrga,
samimiy…ga ehtiyoj bor, shu sabab…
ko‘pchilik sizning tashabbusingiz…
mamnun bo‘ladi.
D) Mustahkam do‘st… munosabatlari –
hayot… baxt va shodlikka erishishning
ishonchli vosita…idan biri.
8. Har uchala parchada ham ishtirok etgan
fe’l shakllarini aniqlang.
I. Kuz kelib, mevalarim g‘arq pishganda
odamlar uzib, to‘yguncha tanovul qildilar.
„Sizlar kimsizlar?“ – demadim…
II. Saraton oftobi olamni yondirganda
yo‘lovchilar soyamdan bahramand bo‘lib,
jon saqladi. „Sizlar kimsiz?“ – demadim.
III. Nogahon bir nomard tanamga bolta
urgan edi, hammasi har yoqqa qochdi-
ketdi! Ulardan najot so‘rasam, „Sen
kimsan?“ – deyishdi… Yonimda tanho sen
qolding!
1) ko‘plik shakli;
2) ravishdosh;
3) qo‘shma fe’l;
4) I shaxs birlik shaklidagi fe’l;
5) bo‘lishsizlik shakli;
6) sof fe’l
A) 4 va 6
B) 1 va 3
C) 2 va 4
D) 1 va 5
9. Qaysi gapda atash ma’nosini tamoman
yo‘qotib, o‘zi qo‘shilgan so‘zni boshqa
so‘zga bog‘lashga xizmat qiladigan
ko‘makchi sabab ma’nosini ifodalab
kelgan?
A) Men seni deb yashayapman axir.
B) Onasi uchun sovg‘a olishga bozorga
chiqdi.
C) Gulnor o‘z ajali bilan o‘ldi.
D) Sen sababli ko‘zimda yosh, dildorim
10. Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri fikrni
aniqlang.
Taniqli shved ixtirochisi va tadbirkori
Alfred Bernxard Nobel 1895- yilda o‘z
mol-mulkini o‘limidan so‘ng fizika, kimyo,
meditsina (fiziologiya), adabiyot sohasida
yuksak muvaffaqiyatga erishgan olimlar va
tinchlikni mustahkamlashdagi buyuk
xizmatlari uchun atoqli arboblarga
mukofot tariqasida berishni vasiyat qilgan
edi.
A) Payt hollari faqat fe’l kesimga
to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan.
B) Sifatlovchi aniqlovchilarning barchasi
vositali to‘ldiruvchiga tobelangan.
C) Qaratqich aniqlovchining vositali
to‘ldiruvchiga tobelanishi kuzatiladi.
D) Ravish holi vositasiz to‘ldiruvchiga
tobelangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |