Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muhammad Haydarov, Mavluda Haydarova


Download 135.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana21.06.2023
Hajmi135.38 Kb.
#1640200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Diagnostik test Haydarovlar oilasi

 
21. Matn mazmunida aks etgan 
ma’lumotni aniqlang. 
A) Asteroidlarnig umumiy massasi Yer va 
Quyosh sistemasidagi boshqa 
sayyoralarnikiga qaraganda katta. 
B) Kometalar va asteroidlarning 
diametrlari juda kichik bo‘lganligi sababli 
ularni teleskopda kuzatishning imkoni 
yo‘q. 
C) Bir qator asteroidlar sharsimon bo`lib 
sirtmoqsimon harakatlanadi, ba’zilarining 
tashqi ko‘rinishi esa noto`g`ri shakllarga 
ega. 
D) Zarralar atmosferada harakatlanganda 
sekinlashib, ishqalanish natijasida qiziydi 
va uning atrofida qizigan gazlardan tashkil 
topgan nurlanuvchi katta qobiq hosil 
bo`ladi va mana shu qobiq meteor 
jismlarni vujudga keltiradi. 
 
22. Matn mazmuniga mos to‘g‘ri 
mulohazani aniqlang. 
A) Yulduzlar aslida asteroidlar bo‘lib, ular 
fazo bo‘ylab harakatlanish xususiyatiga 
egadirlar. 
B) Barcha asteroidlar Quyoshga Marsdan 
ham, hatto Yerdan ham yaqin joylashgan 
va bu xususiyati bilan kometalardan farq 
qiladi. 
C) Meteoritlarning yoshini aniqlashda 
radioaktiv elementlar va qo`rg`oshinning 
miqdori asosiy o‘rin tutsa, asteroid va 
kometalarning yoshini aniqlashda ulardagi 
yorug‘lik darajasi va tezligi muhim 
ahamiyat kasb etadi. 


Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari 
Muhammad Haydarov, Mavluda Haydarova
 

D) Yerdan eng ko‘p temir meteoritlar 
topilgan, biroq asteroid yoki kometa 
qoldiqlari hali topilmagan. 
 
Matnni o‘qing va savollarga javob bering. 
TO‘YDA AZA 
Dotsent Muxtorxon Mansurov nihoyatda istarasi issiq, nihoyatda dilkash chol, shu qadar 
dilkashki, uni ko‘rgan kishi har faslning o‘z husn-latofati bor degan gapni yil fasllari 
to‘g‘risidagina emas, umr fasllari to‘g‘risida ham aytsa bo‘lar ekan, deb qolardi. Uning bitta-
ikkita qora tuk chap berib qolgan oppoq cho‘qqi soqoli...Yopirimay, soqol ham odamga 
shuncha yarashadimi-ya!.. 
Cholni bunchalik istarasi issiq, dilkash qilgan, soqolidan tortib 
yurishigacha hamma narsasini, har bir harakatini chiroyli, yoqimli qilib ko‘rsatgan, ehtimol, 
uning odamoxunligi ham bo‘lsa. O‘zi shunaqa bo‘ladi-ku: yaxshining yuzida zuluk ham xol 
bo‘lib ko‘rinadi. Kunlardan bir kuni mahallada duv-duv gap bo‘lib qoldi: «Muxtorxon 
domla uylanarmishlar!..» 
Domla bundan uch yil burun beva qolib, unga goh singlisi, goh uzatgan qizi qarab yurar 
edi. Uning niyatini eshitib mahallada xursand bo‘lmagan odam qolmadi. 
Hech kim qarigan chog‘ida juftidan qolmasin. Osonmi, kishi nima bo‘lishini bilmaydi, 
bosh yostiqqa tegishi bor... Qari odamga mahram kerak... 
Shu orada domla qayoqqadir ketib bir haftadan keyin paydo bo‘ldi. Uning avtobusdan 
tushib kelayotganini ko‘rgan choyxonadagi odamlar hang-mang bo‘lib qolishdi; chol o‘lgur 
soqolini, shunday chiroyli soqolini, tag-tugi bilan qirdirib tashlabdi! Achinmagan, xafa 
bo‘lmagan odam qolmadi. 

Download 135.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling