Ona tili va adabiyot fanidan
-MAVZU. ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alpomish” dostonini Binar ma’ruza usuli arqoli o‘rgatish yo‘llari . Tayanch so‘z va iboralar
- ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI HAQIDA NAZARIY MA’LUMOTLAR
3-MAVZU. ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)
Reja: Adabiyot o‘qitish metodikasi haqida nazariy ma’lumotlar. Metodika, texnologiya, usul va vositalar bilan ishlash. Kreativ fikrlashga o‘rgatish. “Alpomish” dostonini Binar ma’ruza usuli arqoli o‘rgatish yo‘llari. Tayanch so‘z va iboralar: Adabiyot o‘qitish metodikasi haqida nazariy ma’lumotlar. Metodika, texnologiya, usul va vositalar bilan ishlash. Kreotiv fikrlashga o‘rgatish. “Alpomish” dostonini Binar ma’ruza usuli arqoli o‘rgatish yo‘llari. ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI HAQIDA NAZARIY MA’LUMOTLAR 55
Adabiyot o‘qitish metodikasi badiiy adabiyot o‘qitilish jarayoniga bog‘liq qonuniyatlami o‘rganadi. Unda adabiyotshunoslik bilan pedagogikaning ayrim xususiyatlari uyg‘unlashadi. Ya’ni adabiyotshunoslik alohida fan sifatida adabiyot tarixi, nazariyasi va adabiy jarayon muammolari bilan shug‘ullansa, pedagogika bola tarbiyasi qonuniyatlari bilan mashg‘ulligi ma’lum. Ammo bu ikkala fan ham uzluksiz ta’lim jarayonida adabiyotdan nimani va qanday o‘qitilishi kerakligi masalasini hal qilib bera olmaydi. Shu ma’noda adabiyot o‘qitish metodikasi alohida fan sifatida filologik ta’lim uchun zarur hisoblanib, uning o‘z obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari mavjud. Bizgacha yaratilgan soha darsliklariga tayangan holda «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining obyektini uzluksiz ta’lim tizimidagi adabiyot darslari, deya ko‘rsatish mumkin. Mazkur fanning predmeti esa uzluksiz ta’lim tizimida badiiy adabiyotning o‘qitilishiga doir didaktik ashyolar va qonuniyatlar hamda badiiy asarni o‘rganishda o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlaridagi hamkorlik jarayonidir. «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining maqsadi bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentliligini shakllantirish, ularga yoshlar ma’naviyatini qaror toptirishda badiiy asarning ta’sir kuchidan oqilona va samarali foydalanish yo ‘llarini o ‘rgatishdan iborat. Adabiyot o‘qitish metodikasi fani adabiyot darslarining ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan boshqa o‘quv fanlaridan farqini ko‘rsatish; adabiy ta’limdagi an’anaviy va novatorlik yondashuvga xos jihatlami o‘rganish; pedagoglarda adabiy ta’lim uchun optimal variantlarni belgilashda zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarni shakllantirish; adabiyot darslarida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati hamda ularning o‘zaro munosabatidagi o‘ziga xosliklar bilan tanishtirish singari vazifalarni o‘z ichiga oladi. Shundan kelib chiqiladigan bo‘Isa, «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining vazifalari o ‘qitish jarayonida ta ’limning samarali metod va usullaridan foydalanish yo ‘llarini o ‘rgatish, badiiy asar tahlilida o ‘quvchi ma ’naviyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan jihatlami ochish hamda undan maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilishgayo‘naltirishdan iborat. «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining mazmuni ta’lim metodlari, usullari, shakllari va ulaming o ‘ziga xos xususiyatlari, badiiy asar bilan bog‘liq nazariy va didaktik tushunchalar, adabiy matn bilan ishlash jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini tashkil etish yo‘llarini o‘z ichiga oladi. «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining ilmiy-tadqiqot metodlari qatoriga fanga doir ma’lumotning ishning aniq maqsadga yo‘naltirilganligi; ilg‘or tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va ommalashtirish, ta’lim hujjatlarini tahlil qilish, o‘qituvchi hamda o ‘quvchilar bilan individual suhbatlar tashkil etish kabilarni o ‘z ichiga 56 oladigan kuzatish; sinalmagan pedagogik hodisalarni har xil sharoitlarda o‘rganish maqsadida qo‘yilgan ilmiy tajriba ko‘rinishidagi eksperiment; ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan. aniq sharoit va tartibda o‘tkaziladigan, o‘quvchilarning ta’limiy hamda rivojanish darajasini aniq o‘lchaydigan tekshiruv tizimi bo‘lmish test; ma’lumotlarni oldindan maxsus tayyorlangan savollar va anketalar ko‘magida yalpi tarzda yig‘ish shaklidagi anketa so‘rovnomalari; ta’lim jarayonining son ko‘rsatkichlari aniqlanishiga yo‘naltirilgan statistik tahlil; metodik merosni tanqidiy o‘rganish; o‘quvchi ijodi namunalarini o‘rganish va hk.larni kiritish mumkin. «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fani adabiy ta’limning metod va usullari haqida to‘liq bilimga ega bo‘lishlari, har qanday badiiy matnni ham ilmiy, ham didaktik, ham o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda tahlil eta olishlari, adabiyot darslarini samarali tashkil eta bilishlari, o‘quvchilar bilan professional muloqotga kirisha olishlari mumkin bo‘ladi: . ona tili va birorta chet tilda shaxslararo hamda madaniyat- lararo masalalar yuzasidan og‘zaki va yozma ravishda kommuni- kativ aloqaga kirisha olishlari; jamoa bilan ishlashda ularga xos bo‘lgan ijtimoiy, etnik, madaniy va diniy tafovutlarga bag‘rikenglik bilan yondasha olish malakasini egallagan bolishlari; filologik yo‘nalishdagi ilmiy bilimlami o‘zlashtirish jarayoniga oqilona rahbarlik qilish ko‘nikmasini egallashlari; maktab yoki boshqa ta’lim muassasalarida adabiyotdan sinfda va sinfdan tashqari ishlarni tashkil eta bilishlari; mashg‘ulotlarni mavjud ilg‘or metodlar asosida tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik materiallarni tayyorlash ko‘nikmasini egallagan bo‘lishlari; o‘quvchilarga filologik ta’lim berish va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish malakasiga ega bolishlari; professional faoliyatlarida har bir o‘quvchi shaxsiga xos bo‘lgan individual xususiyatlarni bilish va ta’lim amaliyotida qo‘llay olish ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishlari talab qilinadi. Nazariy qaraashlarga xulosa yasab aytish mumkinki, mustaqillik davri adabiyot o‘qitish metodkasi fani davr talablari asosida takomillashib, mazmunan boyib boraveradi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling