Ona tili va adabiyot fanidan
METODIKA, TEXNOLOGIYA, USUL VA VOSITALAR BILAN ISHLASH
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
METODIKA, TEXNOLOGIYA, USUL VA VOSITALAR BILAN ISHLASH
Bugungi adabiyot o‘qituvchisidan 0‘quvchi ma’naviyatining sog‘lomlashuvi asosi bo‘lgan bir qator an’anaviy va mantiqiy metodlar (suhbat, evristik, tadqiqot, taqqoslash, induktiv, deduk- tiv) bilan birga «fikriy hujum», «6x6х6» va hk. interfaol metodlardan ham samarali foydalana bilish talab etiladi. Ma’lumki, pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari «Umumiy pedagogika» kursida ta’lim metodlari va ularning mazmun -mohiyati haqida batafsil bilim beriladi. Mazkur qo‘llanmada talabalarni takrorlardan qo‘rg‘ash maqsadida ta’lim metodlarining ayrimlaridan foy dalanish yo‘llari badiiy asarlar misolida, namuna sifatida taqdim etilmoqda. Talaba bir-ikki metoddan amalda 57 foydalanish haqida tasavvurga ega bo‘lsa, qolgan metodlardan ham o‘rni bilan shunday foydalanaverish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim amaliyotida hamisha yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelgan suhbat metodi o‘quvchi tafakkuri mustaqilligini ta’minlashda ham qo‘l keladigan metodlardandir. Metodika ilmida bu metodga bag‘ishlangan anchagina ishlar mavjud. Bugun ta’limda yangi bilimlar, ma’naviy sifatlarning «kashf etilishi» o‘quvchilar ishtirokida o‘qituvchi tomonidan emas, balki o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan o‘qituvchi ishtirokida amalga oshirilishi talab qilinmoqda. Bunday qayta kashfiyotlar asar ustida ishlash davomida o‘qituvchi va o‘quvchining jonli muloqotida, tom ma’nodagi izlanuvchi suhbatlarda amalga oshadi. Darsda yax-shi tashkil etilgan suhbatning ahamiyati shundaki, u yosh kitob - xonning o‘qiganlariga o‘z munosabatini bildirish, qarashlari bilan o‘rtoqlashish kabi ehtiyojlarini qondiradi. “Alpomish” dostonida “Dostonda to‘y tasviri va milliy urf-odatlar” mavzusida Suhbat metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Dostonda to‘y tasviri va milliy urf-odamtlar shunday bayon etiladi: Haqdan kelgan ishga bo‘yin iydirdi, O‘n ming uyli elatni jiydirdi. Xabar berdi shunda otlar choptirib, Namoyishga oq o‘tovlar yoptirib. Barchinoyga to‘y qilmoqchi bo‘ladi. CHilbir cho‘lda to‘yni boshlab qoladi. Qirq kundankay to‘ylar oxir bo‘ladi, Bir nechalar uyga qarab jo‘nadi. ... Baxmal o‘tovda chimildiq tutib,kuyov navkarlari bilan kuyovni kirgizmoqchi bo‘lib,bir necha xotinlar “kampir o‘ldi” bo‘lib, o‘lganiga bir nima olib, “it irillar” degan rasmini qilib, bunda ham bir nima berib, har zamon salom solib, uydan ichkariga kirib, chimildiqqa o‘tirib, oldiga dasturxon solib, ... kuyov navkarlarga to‘ppi, ro‘mol, sarpoylar berib, kuyov navkarlar chiqib ketdi. Barchinni bekning qoshiga olib kirib, xotinlar rasmini qilib, “chach siypatar”, “qo‘l ushlatar”ini qilib, bir necha yangalar har qaysisi o‘z manziliga ketdi. Suhbatda ishtirok etgan o‘quvchi o‘z fikrlarini muhokama qiladi, qarashlarini so‘z bilan ifodalashga tayyorlanadi. Bu fikrning aniq va muayyan maqsadga yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Suhbat jarayonida o‘quvchida o‘z fikrini aytish, uning to‘g‘riligiga hamsuhbatlarini ishontirish ehtiyoji tu g‘iladi. O‘quvchida o‘z fikrini isbotlash uchun asar matnidan dalillar topa bilish, misollar keltirish ko‘nikmasi shakllanadi, e’tiroz bildirishga odatlanadi. U hamsuhbatni eshitish, munozarada ishtirok etishga o‘rgatadi, o‘z bilimini chuqurlashtirishga ehtiyoj tug‘diradi, qiziqishlari doirasini kengay- tiradi. Adabiy asarlarni o‘rganishda suhbat metodi o‘quvchiga nafaqat bilimlar beradi va tarbiyalaydi, balki aqliy faoliyatga ham yo‘naltiradi. Suhbat xotirani, kuzatuvchanlikni, bilish jarayo- nini, tasavvur va hissiyotni faollashtirishga imkon beradi. Suhbat davomida har bir o‘quvchining individual jihati namoyon boiadi. Adabiyot darslarida to‘g‘ri tashkil etilgan suhbatlarda bitta masala bo‘yicha bir nechta 0‘quvchi, ba’zan butun sinf fikr aytadi. O‘qituvchi 58 tomonidan bitta murakkabroq, bolalarni o‘ylashga, munosabat bildirishga undaydigan mavzu o‘rtaga tashlanadi va suhbat asnosida shu masala ustida birgalikda ishlanadi. O‘qituvchi sinfning faoliyatini kuzata borib, uni yo‘naltiradi, shu bilan birga o‘quvchilarning o‘zlari ishlashlari uchun sharoit yaratadi. Suhbat metodi adabiy ta’limning barcha bosqichlarida: kirish darslarida ham, badiiy asarni o‘zlashtirishda ham, uning tahlili mobaynida ham, yakunlovchi bosqichida ham qo‘l keladi. Adabiyot darslarida suhbatning asosiy talablaridan biri - savollarning shakl tomonidan ham, mazmun jihatidan ham har xil bolishi. O‘quvchiga bir xil narsa bilan uzoq shug‘ullanish o‘ta salbiy ta’sir qiladi. O‘quvchini o‘ylantiradigan, mustaqil ravishda mulohaza yuritishga undaydigan savollami tayyorlayotganda o‘qituvchi sinfdagi barcha 0‘quvchilarning rivojlanganlik darajasini nazarda tutishi lozim bo‘ladi. Adabiyot darslarida o‘quvchi ma’naviyatining boyishida qo‘l keladigan metodlardan yana biri evristik metoddir. Bu metod yunoncha izlayman, topaman degan ma’nolarni anglatadigan «heurisko» so‘zidan olingan bo‘lib, u mahsuldor ijodiy fikrlash jarayonini tashkil qilishni nazarda tutadi. O‘quvchi ma’naviy kamolotini ta’minlashda qo‘l keladigan evristik metod uning oldiga yo‘naltiruvchi masalalar qo‘yish, tekshirish, hal etish, aks savollar vositasida o‘qitish usuli hisoblanadi. Evristik metoddan foydalanganda o‘qituvchi o‘quv materialining suhbat metodida foydalangan tizimini to‘liq qo‘llashi mumkin. Faqat uning tarkibi qo‘shimcha bilim olishga yo‘naltiradigan savollar bilan to‘ldiriladi. Evristik metoddan foydalanib ta’lim jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun o‘qituvchi xabardorlikni talab qiluvchi savollar qo‘yish, taqqoslash uchun materiallar taqdim etish, farazlami ilgari surish, ularni tasdiqlovchi tajribalar qilish, kuzatish uchun topshiriqlar berish, tahlilga yo‘naltirish, qiyoslash uchun murakkab amaliy topshiriqlar berish, muammoli savollar qo‘yish, muammoli vaziyatlar hosil qilishi kerak bo‘ladi. Shu metodda tashkil qilingan darslarda o‘quvchilarning faoliyati bilimlarni vaziyatga muvofiq qo‘llash, taqqoslash, farazlarni ilgari surish va asoslash, kuzatish, farazning to‘g‘riligini tekshirish, tajriba tahlili, bilimlarni o‘zgargan vaziyatlarda qo‘llash, dalillar keltirish, umumlashtirish, mustaqil amaliy ishlar tahlilini amalga oshirish, muammoli masalani hal etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Evristik metodda taqdim etilgan savol, topshiriq va k o‘rsatmalar ogohlantiruvchi xususiyat kasb etadi. Ya’ni ular topshiriqning bajarilishi oldidan, mazkur bosqichga moslab qo‘yiladi yoki uning yechimi davomida o‘rtaga tashlanadi. Adabiy ta’lim jarayonida qo‘llanilgan evristik metod 0‘quvchilarning fikr mustaqilligini ta’minlaydi, ularda mustaqil mulohaza yuritish, mu hokama qilish, xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Masalan, “Doston tuguni qanday paydo bo‘ladi” nomli muammoni o‘rtaga tashlaymiz. O‘quvchi dostonni boshidan oxirigacha eslab dostonning tuguni paydo bo‘lishiga sabablarni topa boshlaydi. Doston tuguni ma'rifatsizlik, jaholat va xudbinlikdan paydo bo‘lgani quyidagi parchadan anglashiladi: «Ey bizning molimiz shu vaqtgacha zakot bo‘lmagan, endi akamiz o‘g‘illi kishi bo‘lib, darrov bizning 59 molimizni zakot qiladigan bo‘libdi-da!» deydi Boysari. Zakot haqidagi qonuniy talabning, ukasining shariat qonuni bo‘yicha baxil bo‘lib qolishidan qo‘rqib, «chora» ko‘rgan akaning ezgu tilagi aynan johillik tufayli, shunday tamomila teskari talqin qilinayotir. Johillik atamasini bu o‘rinda shar'iy ma'rifatsizlik ma'nosida ham, o‘jarlik ma'nosida ham, jahldorlik ma'nosida ham tushunish mumkin va o‘rinli. Ma'rifatsiz, johil kishi xudbin bo‘ladi. Bunday odam hamma narsada faqat o‘zini ko‘radi, o‘zini eshitadi, mantiqqa quloq osmaydi. U hayotni boricha ko‘rib anglashga qodir emas, balki o‘zi istaganicha ko‘radi va ko‘rganicha izohlaydi. Qarashlarini hayotdan keltirib chiqarmaydi. Aksincha, hayotni qarashlariga moslamoqchi bo‘ladi. Shu bois zakot ber degan shar'iy talab Boysariga zug‘um bo‘lib ko‘rinadi, adolatsizlikday tuyuladi. Shuning uchun ham so‘fiylar: «O‘zingdan o‘tting — yetding», — deyishadi. O‘zidan baland turolmagan odam hech qachon Yaratganning marhamatiga noil bo‘lolmaydi,-uning jamoliga yetisholmaydi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling