Ona tili va adabiyot fanidan


Induktiv va deduktiv metodlar


Download 1.44 Mb.
bet64/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Induktiv va deduktiv metodlar. Adabiyot o‘qitishda ta’limning induktiv, deduktiv metodlarining ham o‘ziga xos o‘rni bor. So‘nggi yillarda deduktiv ta’limga e’tibor kuchaydi. Lekin tafakkurning induktiv usullarini shakllantirmay turib ta’limda muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Induktiv yoki deduktiv metodlami qo‘llash o‘rganilayotgan o‘quv materialining mantig‘ini ajratishda, ya’ni xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishda ahamiyat kasb etadi.


  1. Babanskiy induktiv metodni qo‘llaganda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining quyidagi ikki varianti mavjudligini k o‘rsatadi: birinchi variantda o‘qituvchi avval faktlarni keltiradi, tajribani, ko‘rgazma materialini namoyish etadi, topshiriqlarni bajarishni tashkil etadi, o‘quvchilarni asta-sekinlik bilan tushunchalarni aniqlashga, qonuniyatlarni o‘zlashtirish va fikrlarni umumlashtirishga olib boradi. O‘quvchilar xususiy faktlarni o‘zlashtiradilar, so‘ngra o‘quv xarakteridagi umumlashma xulosalarni chiqaradilar. Ikkinchi variantda o‘qituvchi o‘quvchilarning oldiga xususiy jihatlardan umumiy holatlarga yetaklovchi, umumiy xulosalarga olib keluvchi muammoli masala qo‘yadi.

Induktiv metodning zaif tomonlari shundan iboratki, unda yangi mavzuni o‘zlashtirishda ko‘proq vaqt talab qilinadi. Bu metod 0‘quvchining mavhum tafakkurini o‘stirishga xizmat qiladi. Maktab adabiy ta’limida o‘quvchi ma’naviyatini sog‘lomlashtirish yo‘lida quyi sinflarda induktiv metodidan foydalanib, sinflar yuqorilab borgani sari asta-sekinlik bilan deduktivga o‘tish o‘rinliroq bo‘ladi. Chunki quyi sinflarda narsa, hodisa va bilimlarning ko‘proq xususiy tomonlari o‘rganiladi.


Deduktiv metod o‘quv materialini nisbatan tez o‘tish imkonini beradi. O‘quvchini tez fikrlashga o‘rgatadi. Adabiy ta’lim jarayonida sharoitdan kelib chiqib, induktiv va deduktiv metodlarni birgalikda qo‘llash ham katta samara
61

beradi. Bir darsning o‘zida bir masala yuzasidan avval xususiyni aniqlab, undan umumiyga o‘tish va ikkinchi bir muammo bo‘yicha avval umumiyni ajratib, so‘ng xususiyga, mayda tafsiflarga o‘tish jarayoni ham o‘quvchilar tasavvuri tiniqlashuvi, xulosalari qat’iylashuviga ko‘mak beradi.


Bugun milliy pedagogikada keng qo‘llanilayotgan metodlar o‘quvchi-o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutmoqda. Qisqa vaqt mobaynida zarur nazariy bilimlarni o‘quvchiga yetkazish, unda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hosil qilish, shu bilan birga bilim, k o‘nikma va malakalarni nazorat qilish hamda baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni talab qiladi. Bugun qator rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan «Fikriy hujum», «6x6x6», «Klaster», «Qarorlar shajarasi» singari metodlarning ayrimlaridan adabiy ta’lim jarayonidagi badiiy asar tahlilida ha m foydalanish mumkin.



  1. Download 1.44 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling