Ona tili va adabiyot fanidan
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALPOMISH” DOSTONINI BINAR MA’RUZA USULI ORQALI O‘RGATISH YO‘LLARI
Qaldirg‘och oddiy ayol emas, Alpomishning ilohiy homiylaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. Zero, alpga singillik qilish, Alpomishdek alpning tulporini egarlash, uni o‘q o‘tmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, olovda kuymaydigan qilib kiyintirish ya’ni qahramonni ilohiy asbob-anjom va ot bilan taminlash homiy obraz haqidagi tasavvurlarning qahramondagi badiiy ifodasidir.
Dostonda Barchin ruhiyati g‘oyat teran aks ettirilgan. Uning baland martaba, baland ruh, baland qadr egasi ekanligi, shu bois o‘ziga ham, o‘zgaga ham yuksak talablar bilan yondashishi juda ta'sirli ifodalangan. Ayni vaqtda odamni anglash, 63 uning ruhiy holatini o‘z vaqtida nozik hisobga ola bilishi asarda ortiqcha izohu tushuntirishlarsiz asosli tasvir etiladi. Barchin — barcha aqlli odamlar singari murakkab tabiatli. U — turlicha vaziyatlarda o‘z tabiatining anvoyi jihatlarini namoyish eta oladigan favqulodda timsol. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o‘ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug‘atlariga asoslanib o‘qituvchining kreativligi deb uning fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash mumkin. “ALPOMISH” DOSTONINI BINAR MA’RUZA USULI ORQALI O‘RGATISH YO‘LLARI BINAR MA’RUZA. “Binar”so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, “qo‘sh”, “ikki” degan ma’noda qo‘llaniladi. Bunday mashg‘ulotning olib borilishi ikki vakil: o‘qituvchi va metodist; o‘qituvchi va o‘quvchi; taklif etilgan mutaxassis va o‘qituvchi; o‘qituvchi va tyutor (maslahatchi) o‘rtasidagi interfaol suhbat, bahs-munozara va axborotlar almashinuvini namoyon qiladi. Darsning mavzusi: “Alpomish” dostonini o‘rganish. Darsning maqsadlari: Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarni “Alpomish” dostoni bilan tanishtirish, xalq dostonlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish,o‘qish malakasini shakillantirish. Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni Ona Vataga mehir-muhabbat ruhida tarbiyalash, tabiatni qadriga yetishga va asrab-avaylashga o‘rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarga o‘tmishdan qolgan dostonlarimizni ruhiyatiga singdirish, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish. Darsning turi: noan’anaviy, yangi bilim beruvchi dars. Darsning metodi: suhbat, tarmoqlash, mustaqil ish, raqobatlashtirish, guruhlar bellashuvi. Darsning jihozi: ko‘rgazma qurollar, tarqatma varaqalar, plakatlar, o‘quvchilar chizgan rasmlar. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling