Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.44 Mb.
bet62/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Tadqiqot metodi. Ushbu metod o‘quv jarayonida bir muncha qiyin bo‘lgan nazariy yo‘nalishdagi masalalar ko‘tarilishini nazarda tutadi. Bu metodda bilim olishning nisbatan yuqori bosqichida ta’limning samarali izlanish usullarini mustaqil ravishda qo‘llash talab qilinadi. Bunda 0‘quvchilar dalil to‘plash va ularni nazariy tahlil qilish, tizimga solish, umumlashtirish va ilmiy xulosalar chiqarish kabi amaliy ishlarini bajaradilar. Tadqiqot metodining evristik metoddan farqi shundaki, «kashfiyot» avvaldan ajratilgan materiallar tahlil qilinib, faktik materiallar umumlashtirilganidan so‘ng, amaliy ish jarayonida sodir bo‘ladi. Bunda o‘quv-biluv faoliyatining to‘liq turkumini o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida o‘zlari bajaradilar. Ya’ni ma’lumot to‘plashdan tortib, uni tahlil qilish va yangi bilimlami amaliyotda qo‘llashgacha bo‘lgan ishlarning barchasini o‘quvchilar o‘zlari mustaqil ravishda amalga oshiradilar.
O‘quvchilar tomonidan faktik material to‘plash tadqiqot metodining zaruriy qismidir. Mustaqil ravishda tajribalar o‘tkazish o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. O‘qituvchi o‘quvchilar ixtiyoriga dalillarni topish, ularni taqqoslash, tizimga solish, umumlashtirishni topshirgani bilan uning
muammolik darajasi kamaymaydi. Tadqiqot metodini q o‘llashda topshiriqlarning o‘quvchilar tomonidan bajarilishi muhim hisoblanadi. Topshiriqlarni bajarishda ularning biror bosqichi tushib qolsa, topshiriq o‘z tadqiqiyligini yo‘qotadi.
O‘quvchining ijodiy imkoniyatlarini aniqlash uchun o‘quv ishlarining asosiy usullarini tahlilga tortilgan matnni o‘zlashtirish imkoniyatlari darajasiga qarab aniq belgilash zarur. Tadqiqot metodini qo‘llaganda ham o‘quvchi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida foydalaniladigan tahlil, sabab -oqibat orasidagi aloqadorlikni belgilash, taqqoslash, birlashtirish, o‘z farazlarini keltirish, isbotlash, rejalashtirish singari usullarni istifoda etish mumkin. Tahlil va sabab-oqibat orasidagi aloqadorlikni belgilash usuli adabiy ta’limda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ijodiy jarayonda, bilmaslikdan bilishg a o‘tish yo‘lidagi qiyinchiliklarga yo‘liqqan o‘quvchilaming analiz-sintez faoliyatida ruhiy holatning ahamiyati ko‘zda tutilmog‘i zarur.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling