Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
8-variant
1. Qaysi javobda urg‘u ikkinchi bo‘g‘inga tushadigan so'zlar qatori to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) olma (meva), bo‘lma (joy oti); 2) yangi, hozir (ravish); 3) yigitcha, paxtaday (ravish); 4) to'qima, ulama (harakat). A) 1, 3, 4 В) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3 2. To‘g‘ri yozilgan so'zlar qatorini toping. 1) fikir; 2) xashar; 3) yaktakchang; 4) hujjat; 5) qurug'lik; 6) jazim; 7) na’muna. A) 2 B) 2, 4
C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 6, 7 3. Portlovchilar guruhiga mansub bo'lmagan jarangli undoshlarni toping. A) v, z, l, y B) v, h, t, k C) j, k, s, z D) v, z, y, m 4. Tarkibidagi qator kelgan undoshlar til oldi jarangli undoshlardan iborat so‘zlarni belgilang. A) darz, davr, fayz B) farzand, darz, ranj C) sabr, hukm, darz D) zulm, fayz, farzand 5. Bir joyda turganimda, deyarli fikr qilolmayman // tanam hamma vaqt harakatda bo‘lishi kerak. // belgisi o‘rniga qanday tinish belgisi qo‘yiladi? A) tire
B) vergul C) nuqtali vergul D) ikki nuqta 6. Yaxshi bo’lgin, hatto dushmaning oson Seni deyolmasin yaramas, yomon. Tanburning ovozi soz chiqib tursa, Qulog‘in buramas sozchi hech qachon. Ushbu she’riy parchada ishtirok etgan ismlarning sintaktik §hakl yasovchilari tarkibida ishtirok etgan unli(lar) haqidagi to‘g‘ri fikrni belgilang. A) Lablangan tor unli ishtirok etgan. B) Lablanmagan keng unli ishtirok etgan. C) O‘rta keng unli(lar) ishtirok etgan. D) Til oldi unli(lar) ishtirok etgan. 7. Qaysi qatordagi so‘zning yopiq bo‘g‘ini qorishiq undosh bilan tugagan? A) meshchan B) yigitcha C) ko'ngilchan D) sochma 8. Berilgan parchadagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang. Og'riqlarni unutmoq uchun kuyladim. Keyin esa ... Og‘riqlarni unutdim butkul Bo‘shliqlarga duch keldim birdan ... . A) 3 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
9. Quyida keltirilgan gapda tovush o‘zgarishiga uchragan so‘zlar sonini aniqlang. Birovning narsasini so'roqsiz olish gunoh sanaladi. A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta 10. Berilgan qo’shma so’zlardan nechtasining tarkibida shakldoshi bor so‘z(lar) ishtirok etgan? toshko‘mir, yarimorol, orombaxsh, qoqigul, sovuqmijoz, bodomqovoq, qo‘ziqorin A) 7 tasi B) 5 tasi C) 4 tasi D) 6 tasi 11. Qaysi gaplar murakkab qo'shma gap hisoblanmaydi? 1) Shuni unutmangki, xushmuomalalik inson bezagidir va u sizni odamlar bilan yaqinlashtiradi. 2) Sen uchundir bor hayotim, shuhratim, shonim, Qo‘llaringni bergil menga, shirinzabonim. 3) Ikki o‘g‘il yana chol Qoshiga qaytishibdi Va bor gapni oqizmay, Tomizmay aytishibdi. 4) Hukmim shudir: merosxo‘r shu ukangiz bo'ladi, qarorim qat’iydir. A) 2, 3 В) 1, 4
C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 4 12. Muruvvat so‘zidagi qo‘sh undosh haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. A) til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi B) lab undoshi, sirg‘aluvchi, jarangli C) til undoshi, portlovchi, jarangsiz D) lab undoshi, sirg‘aluvchi, jarangsiz 13. Go'shtni belbog'iga tugib, eski oshnasi – usta Shonazarning do’koniga bosh suqdi, o’tgan hafta buyurib ketgan o‘rog‘ini surishtirdi. Ushbu gapdagi aniqlovchilar soni va turini aniqlang. A) 3 ta sifatlovchi, 2 ta qaratqich B) 2 ta sifatlovchi, 1 ta qaratqich, 1 ta izohlovchi C) 1 ta sifatlovchi, 2 ta qaratqich, 1 ta izohlovchi D) 2 ta sifatlovchi, 2 ta qaratqich, 1 ta izohlovchi 14. Qaysi javobda moslashuv munosabatli so‘z birikmasi ishtirok etmagan? A) El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo‘lsa, Ko‘nglimda armon yotar... B) Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq – Rostdan ona erur qiblayi olam. C) Gurkiragan olov - dilim yo‘ldoshi, To‘lqin urgan daryo - ko'zlarim yoshi. D) Biz qirq yil yonma-yon, orzuga banda, Faqat saodatni tarannum etdik. 15. Qaysi javobda holli so‘z birikmasi ishtirok etmagan? A) Kelajagim obidasin qurgan insonman! O’sha jonman, o'sha qonman va o‘sha shonman! B) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga, Saratonda yaproq bo'lgin dehqonlarga. C) Qo‘rqoqning ko‘ziga tik qara, bolam, Biror so‘z demasdan uzoqroq qara. D) Bu hikmat sharhini o’yladim uzoq – Rostdan ona erur qiblayi olam. 16. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi lug‘aviy shakl yasovchilar tarkibidagi undoshlar haqida to‘g‘ri hukm keltirilgan? Qarigan chog‘da halovat istasang, yoshlikda ilm olish payida bo‘l. A) barchasi jarangsiz undoshlar B) barchasi til undoshlari C) barchasi portlovchi undoshlar D) barchasi jarangli undoshlar 17. Qaysi qatorda paronimlar qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Ochilov o‘zini quyoshga toblab yotardi. B) Yarqiraydi doim tovlanar, Oy nuriga cho‘miluvchi tosh. C) Suv jimirlab, ko‘zni quvnatib toblanardi. D) Ko‘ylagi quyoshda tovlanib, husnini yanada ochdi. 18. Qaysi qatordagi so‘zlarda faqat jarangli undoshlar bor? A) pastak, ko'ksulton, ko‘lmak B) bardosh, ko‘klam, badnafs C) bilag‘on, maydon, jadval D) paxsa, sukut, sochiq 19. Qaysi qatordagi birikuvlarda tobe so'zlar ko'chma ma’noda qo‘llangan? A) kumush qish, iliq munosabat B) oltin soat, sovuq xabar C) temir intizom, shirin choy D) daraxt gulladi, turmush gulladi 20. 1) Chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gulduradi. 2) Zaharli kinoyalar bilan suhbatdoshini chaqib ola boshladi. 3) Yaxshi emas danakni tishda chaqmoq. Ushbu gaplarda ishtirok etgan chaq(moq) so‘zi haqida berilgan to‘g‘ri hukmni toping. A) Har uchala gapdagi chaqmoq so‘zi o‘zaro shakldosh so‘zlar sanaladi. B) 2- va 3-gaplardagi chaqmoq so‘zi bir so'zning turli ma’nolari bo‘lib, 1-gapdagi chaqmoq so‘ziga nisbatan shakldosh so‘zlar sanaladi. C) Barcha gaplarda chaqmoq so‘zi bir so‘zning turli ma’nolari sifatida qo‘llangan. D) 1-va 2-gapdagi chaqmoq so‘zi bir so‘zning turli ma’nolari bo‘lib, 3-gapdagi chaqmoq so‘ziga nisbatan shakldosh so‘zlar sanaladi. 21. Qaysi ijodkor huquqshunoslik fakultetini juda yaxshi baholar bilan bitirib, diplom olgan bo‘lsa-da, bu sohada biror kun ishlamagan? A) Janni Rodari C) Haynrix Hayne D) Ernest Seton-Tompson 22. Qaysi qatorda bir xil janrda yozilgan asarlar ko‘rsatilgan? A) H. Olimjon «Oygul bilan Baxtiyor»; Shukrullo “Umr haqida ertak” B) O’lmas Umarbekov “Odam bo’lish qiyin”; Oybek «Quyosh qoraymas» C) Xorazmiy «Muhabbatnoma»; Nodira “Firoqnoma” D) N. Dumbadze «Hellados»; Ch. Aytmatov «Yuzma- yuz»
23. Pahlavon Mahmud haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Ijodkorlarning turli guruhlari haqida «Vasf ul- shuaro» masnaviysini yozgan. B) Shoirning “Kanz ul-haqoyiq” nomli masnaviysi bor.
C) Asarlaridan biri Misr amiri Batxasbekka bag'ishlangan. D) Buxoroga borib, Yusuf Hamadoniy qo‘lida tahsil olgan.
24. Asqad Muxtorning «Chinor» romani qahramonlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. A) Ochil buva, Azimjon, Akbarali, Bektemir B) Bektemir, Ochil buva, Nizomjon, Qoratoy C) Bektemir, Nizomjon, Ochil buva, Mutal D) Nizomjon, To‘lanboy, Bektemir, Akbarali 25. Oybekning «Navoiy» romanida Alisher Navoiy: «Qo'llarini go‘dak qoni bilan bo‘yaganlarni, kimlar bo‘lmasin, hech vaqt oqlamaymen, kechirmaymen. Har vaqt ularga la’nat o‘qiymen! Ammo xalq va davlat aybdor emas. Buni yaxshi fahmlamoq kerak axir... » - deya otasidan ko‘rgan haqsizliklar to‘g‘risida shikoyat qilgan qaysi adabiy qahramonga yurt, xalq oldida, tarix oldida shaxsiy ginalarning hech qiymati yo‘qligini isbot etmoqchi bo‘ladi? A) Badiuzzamonga B) Husayn Boyqaroga C) Nizomulmulkka D) Xo‘ja Afzalga 26. «Kitob qo‘lma-qo‘l o‘qildi, tik turib o‘qildi, ovoz qo‘yib o‘qildi, kecha-yu kunduz o‘qildi». Seton- Tompsonning qaysi kitobiga shunday ta’rif berilgan? A) “Jonivorlar haqida hikoyalar” B) «Shimoliy hayvonlar hayoti» C) «Yovvoyi hayvonlar hayoti» D) «Men bilgan jonivorlar» 27. Qaysi asarda shiroljin o'simligini «sadoqatli do‘st» bilib, unga mehri tushgan, «biror ko‘ngilsizlik yuz berib, pinhona yig‘lagisi kelganda, shiroljin tagidan panoh topa»digan, tengdoshlarsiz, kattalar ichida yolg'izlanib qolgan qahramon ishtirok etadi? A) «Hellados» B) «Oq kema» C) «Shum bola» D) «Alvido, bolalik» 28. «Odam bolasi tug'ilgan paytda pokiza bo‘ladi-ku. Uning umrbod shunaqa pokiza bo‘lib qolishi sizga, menga, hammaga bog’liq emasmi? «Bahor qaytmaydi» qissasida ushbu insonsevarlik ruhida aytilgan so‘zlar qaysi adabiy qahramonga tegishli? A) Anvar B) Mutal C) Kabir D) Alimardon 29. Jahondin menga g‘am bo‘lsa, ulusdin gar alam bo‘lsa, Ne g‘am yuz muncha ham bo‘lsa, seningdek g'amgusorim bor. Ushbu misralarni yozgan, bolalikdanoq hokimiyatning og‘ir yuki gardaniga ortilgan, hayotining ko‘p qismi qirg‘in urushlar qa’rida kechgan adolatparvar shoh va iste’dodli shoir kim? A) Bobur B) Amiriy C) Feruz D) Husayniy 30. Mumtoz adabiyotda «riyo- vu zuhd ahli» deganda qanday kimsalar nazarda tutilgan? A) Allohga ishqning ta’mini totmagan, uni dildan his qilolmaydigan kishilar B) haqiqiy shayxlar C) tasavvuf vakillari D) tasavvufiy qarashdagi kishilar |
ma'muriyatiga murojaat qiling