Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
9-variant
1. So‘zga qo‘shilganda so'zlar imlosida tovush tushish hodisasi ro‘y beradigan qo‘shimchalar turini aniqlang. 1) fe’l nisbati shakli; 2) jamlovchi son shakli; 3) fe’l yasovchi; 4) egalik shakli; 5) kelishik shakli; 6) ravishdosh shakli; 7) sifat yasovchi. A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 7 2. Rentgen apparati, volt, amper kabi so‘z va so‘z birikmalarida ma’no ko‘chishining qaysi usuli mavjud? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 3. U ohista tebrandi. Ushbu gap kesimi haqidagi qaysi fikr xato? A) o‘timsiz fe’l B) ijro maylida C) kesimi o‘zlik nisbatda D) barcha fikrlar to‘g‘ri 4. Farg‘ona vodiysi osmono‘par tog'lar bilan o‘ralgan. Ushbu gapda qanday unli tovushlar qatnashmagan? 1) til oldi o‘rta keng unli; 2) lablanmagan tor unli; 3) til orqa yuqori tor unli; 4) lablangan o‘rta keng unli; 5) til oldi keng unli. A) 2, 4 В) 1, 3
C) 2, 3 D) 3, 4 5. Uyushiq bo‘lak ishtirok etmagan sodda gapni toping.
A) Shu ondayoq ot kishnagani, tuyoqlarning asfaltga taraqlab urilgani eshitildi. B) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing tabarruk. C) Oradan ikki yil o‘tgandan keyin, oltmish yoshga yetgandan keyin, eski kasali yana qo‘zg‘adi. D) O, naqadar sho‘x va quvnoq edik! 6. Til oldi jarangsiz undosh o'rnida til orqa jarangli undosh
ma’no farqlashi mumkin bo’lgan so’zni toping. A) surma B) tirsak C) sovuq D) shanba 7. So‘zlar ma’nosini ikkita keng unli farqlagan qatorni toping. A) tirgak – tirsak B) molik – malik C) urush – urish D) ombor – ombur 8. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra n va l undosh tovushlariga to‘g‘ri tavsif berilgan qatorni toping. A) jarangli undoshlar B) n - til undoshi, 1 - lab undoshi C) n - portlovchi, 1 - sirg‘aluvchi C) sirg‘aluvchilar 9. Qaysi so‘zning paronimi ot so‘z turkumiga mansub emas? A) ganch B) afzal C) adl D) xiyla 10. Shakldosh so‘zlarni toping. A) tort, don, tanho B) karam, yoq, pilla C) g‘amsiz, och, tong D) muzlar, noma, pul 11. Quyidagi misralarda ajratib ko'rsatilgan so'zlarda urg‘u qayerga tushadi? Derazamning oldida bir tup O‘rik oppoq bo‘lib gulladi. A) oppoq so‘zida bir inchi, gulladi so‘zida ikkinchi bo‘g‘inga B) oppoq va gulladi so'zlarida ikkinchi bo‘g‘inga C) oppoq so‘zida birinchi, gulladi so‘zida uchinchi bo‘g‘inga D) oppoq va gulladi so‘zlarida birinchi bo’g’inga 12. Jo’shadi buloqning kumush yoshlari, Ham mungli, ham shirin jildirashlari. Buralib ko‘katlar ustidan chopar, Uzilgan marvarid yarqirashlari. Ushbu she’riy parchadagi fe’llarga oid to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Parchada ikkita yasama fe’l ishtirok etgan. B) Parchadagi fe’llar tarkibida nisbat qo‘shimchasi mavjud emas. C) Parchadagi fe’llarning barchasi kesim vazifasida kelgan. D) Parchadagi yasama fe’llar turli turkumga oid so‘zlardan hosil qilingan. 13. Yigitga qo‘yilgan ayblovlar shundan dalolat beradiki, tergovchilar uning o‘rnatilgan tartibni yaxshi anglamaganini hisobga olmasdan xulosa chiqarishga shoshilgan. Yuqoridagi gapda qo‘llangan ism asosli yasama so‘zlarda qanday tovush o'zgarishlari sodir bo‘lgan? A) 1 ta tovush orttirilishi, 1 ta tovush tushishi va 3 ta tovush almashishi B) 1 ta tovush tushishi va 2 ta tovush almashinishi D) 3 ta tovush almashinishi, 1 ta tovush tushishi 14. Xorazm shevasiga mansub uchak so’zi adabiy tilda qanday ma’noga ega? A) tom B) samolyot C) beshik D) oy
15. Eliboylar bundan ko'chib boradi, Qoldi endi o‘ynab o‘sgan elim deb. Ayriliq o‘tiga bag‘rini dog’lab, Borayotir qalmoq elni so‘roqlab ... . Keltirilgan parchadagi so‘zlar imlosida sodir bo‘lgan fonetik hodisalar haqida berilgan fikrlardan nechtasi noto‘g‘ri? 1) bir o‘rinda sintaktik shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida tovush tushgan; 2) ikki o'rinda so‘z yasovchi qo‘shimcha qo'shilishi natijasida tovush almashgan; 3) ikki o‘rinda lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha qo‘shilishi natijasida tovush tushgan; 4) bir o'rinda sintaktik shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha qo'shilishi natijasida tovush ortgan. A) bittasi B) uchtasi C) to‘rttasi D) ikkitasi
16. Dunyoda birinchi haydovchilik guvohnomasi Germaniyada 1910-yildan boshlab joriy etilgan. Tovush o‘zgarishiga uchragan so‘z haqida to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) portlovchi tovush tushgan B) tor unli keng unliga o'zgargan C) bir quyi keng unli boshqa keng unliga o‘zgargan D) jarangli undosh jarangsizga o‘zgargan 17. Yangidan o'zida kuch-g‘ayrat tuyardi, kelajagiga, o‘z
Maqsadlariga erishishga umid uyg’onardi. Berilgan gap tarkibida fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘zlar haqida to‘g‘ri fikrni toping. 1) Ushbu gap tarkibida fonetik o‘zgarish bo‘lmagan. 2) Fonetik o'zgarishga uchragan so‘zlarda tovush tushgan va almashgan. 3) Fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar soni 3 ta. 4) Fonetik o‘zgarishga uchragan barcha so‘zlarda tovush tushgan. A) 1, 2, 3 B) 2, 3
C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4 18. Qaysi javobda imlo qoidalariga muvofiq keladigan ikkita fonetik o'zgarish yuz bergan gaplar ko‘rsatilgan? 1) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydilar; 2) Fevral oyiga kelib, sovuqning shashti biroz pasaydi; 3) Mehnat bilan inoqlashsang, tan og‘rig‘ini ko‘rmaysan; 4) O‘zbekistonning xalqaro obro‘yi kundan kunga oshib bormoqda. A) 2, 4 В) 1, 2, 4 С) 1, 2 D) 2, 3 19. Faqat jarangli undosh tovushdan tarkib topgan shart bog‘lovchilari berilgan javobni aniqlang. A) basharti, garchi, ya’ni B) agar, gar, mabodo C) -sa, mabodo, go‘yoki D) balki, esa, bo‘lsa 20. Quyidagi berilgan tez aytishlarning qaysi birida faqat lablanmagan unlilar ishtirok etgan? A) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. B) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi. C) To‘p-to‘p ko‘k koptok, har bir to‘pda ko‘k koptok. D) Hali Vali, Soli sholi o‘rdi. 21. Rus shoiri Sergey Yesenin «Shahinam, о mening Shahinam...» she’rida qayerni aziz o'lka deb ataydi? A) Sherozni B) Xurosonni C) Ryazanni D) Tambovni 22. Quyidagi she’riy parchada qaysi badiiy san’atdan foydalangan? Navoiy bilan Pushkin Dardkashdir bu yig‘inda, Ularning suhbatiga Quloq solaman jim-jim... A) tazod
B) talmeh C) irsoli masal D) tashbeh 23. «Sohibqiron» she’riy dramasida madrasaga bekingan Amir Husaynni hokim Kayxusrav qanday tanib qoladi? A) etigining tovushidan B) cho'qqi soqolidan C) yo‘tal ovozidan D) zarbof to‘nidan 24. “... lablarini qattiq qimtib: «Burgut! - dedi ichida. - Qora burgut!» Uning ko‘ngliga yopirilib kelgan mehr izg'irin tekkan shamday so‘nib, yuragi yana muzladi. U ... egilgan boshni qilich kesmas deb, hamiyatini bukib kelgan edi, bu quzg’un esa …”. Farzandidan ranjib, shunday fikrlarni xayolidan kechirgan ota obrazi qaysi asarda uchraydi? A) «Yulduzli tunlar» (Pirimqul Qodirov) B) «Ulug‘bek xazinasi» (Odil Yoqubov) C) «Ufq» (Said Ahmad) D) «Navoiy» (Oybek) 25. «Boburnoma»da qaysi shaxsga nisbatan «Karim ut- tarafayn (ikki taraflama ulug‘) edi...», «Shujo va mardona kishi erdi...», «Tab’i nazmi bor edi. Devon ham tartib qilib edi» degan ta’riflar keltirilgan? A) Sulton Husayn mirzo B) Mironshoh mirzo C) Alisher Navoiy D) Ahmad Hojibek 26. Mazkur qissa sho‘ro davri adabiyotidagi ko‘plab boshqa asarlardan oxiri «umidbaxsh sadolar bilan» tugamasligi jihatidan ham ajralib turardi. Tog‘ay Murodning qaysi asariga shunday ta’rif berilgan? A) «Otamdan qolgan dalalar» B) «Oydinda yurgan odamlar» C) «Yulduzlar mangu yonadi» D) «Ot kishnagan oqshom» 27. She’riyatda qofiyani hosil qiluvchi tirgak tovush nima deb ataladi? A) raviy B) turoq C) radif D) mutlaq qofiya 28. Ne tong, Ogahiy, nazar aylamas esa bog’ sari nigorining, Sochi sunbul-u, ko’zi nargis-u, labi g‘uncha-yu, yuzi loladur. Ushbu baytda qo'llangan san’atni aniqlang. A) tazod B) tanosub C) tajnis D) ruju’ 29. Senga tashvish va alam yetsa, o‘tib ketar deb sabr qil. Qo’lingdan ketgan narsa uchun qayg'urma, unga ozroq achin. Chunki achinish senga (qo‘ldan ketganni) qaytarib bermaydi. Ushbu iboralar qaysi asardan olingan? A) «Qutadg'u bilig» B) «Hibbat-ul haqoyiq» C) «Devon-u lug‘atit-turk» D) «Devoni hikmat» 30. Haynrix Hayne faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotni aniqlang. A) Badiiy adabiyotda birinchi bo‘lib jonivorlarni badiiy asarning bosh qahramoni qilib oldi. B) Angliyaga qilgan sayohatidan keyin «Tubanlik kishilari» degan ocherklar to‘plamini nashr ettirdi. C) Huquqshunoslik fakultetini bitirib, diplom olgan bo‘lsa-da, bu sohada biror kun ishlamagan. D) Ahamiyati jihatidan Nobel mukofotiga teng bo‘lgan Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo’lgan
|
ma'muriyatiga murojaat qiling