Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
11-variant
1. Nomingni qaro degan – paxtaginam, senmisan, Lo‘ppi deya yutganim - laxtaginam, senmisan, Avaxtada bosh urgan taxtaginam, senmisan?! Faqatgina xalq yashar, faqtagina qolur xalq. (A.Oripov) Ushbu she’riy parchada asosi faqat keng unli(lar) va til undoshlaridangina tarkib topgan so‘zlar necha o‘rinda qo‘llangan? A) 7 B) 8 C) 13 D) 11 2. Qaysi gapdagi tushum kelishigini belgisiz qo’llab bo’lmaydi? A) Ikki hafta davomida erta tongdan qorong'i tushguncha loyni tashishdi. B) Saidiy o‘zining ish bo‘lmasiga kirib, deraza yonidagi kresloga o‘tirdi-da, kitobni o‘qiy boshladi. C) Onam har gal gilamni qoqqanda qop-qora chang ko'tariladi. D) Tushuntirishning hozirgi ilm-fan uchun, ayniqsa, tarix, falsafa hamda mafkura uchun qanchalar muhim ekanligini hayot ko‘rsatmoqda. 3. Quyidagi gapda sifat yasovchi qo'shimcha necha o'rinda ishtirok etgan? Bekning bilimli, zakovatli, mulohazakor bo'lishi taqozo etiladi. Ochiq yuzli bo‘lish - bekning yaxshi fazilatlaridan biri. A) 4 B) 6 C) 3 D) 5 4. Berilgan qaysi gapda qo‘shimcha qo'llash bilan bog‘liq uslubiy xatolikka yo‘l qo‘yilmagan? A) Kasallikka eng yaxshi davo mehnat ekanligining barchamiz yaxshi anglashimiz maqsadga muvofiqdir. B) Hukmdor dehqonning vaqtning qanchalar qadrlashini ko‘rib, uni afv qildi va unga tasannolar aytdi.
C) Xulqini tarbiya qilgan qiz bola oltinga qimmatli, injuga
qadrli bir boylikdirki, bu kabi qizlarga barcha orzu qiladi. D) O’sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko'rsatib, shon-u shuhrat taratib, o'qituvchilarimni, Otajon Azizovichni hayratda qoldirish niyatida safarga otlandim. 5. yod - yot, sut - sud paronim so‘zlardagi d va t undoshlarning farqlovchi belgisini toping. A) til yoki lab undoshi B) til oldi yoki til orqa undoshi C) jarangli yoki jarangsiz tovush D) portlovchi yoki sirg'aluvchi tovush 6. Ajratish olmoshi qatnashgan gap berilgan qatorni toping.
A) Har kimki so‘zi yolg‘on, yolg‘oni zohir bo‘lg‘och uyolg'on. B) Bog‘imizda uzumning hamma xilidan bor. C) Baxtsizlikning sirini boshqalardan emas, o‘zingdan izla. D) – Bunaqa narsa menga ta’sir qilmaydi, - dedi Mastura. 7. Yasalish asosi fe’lga mansub bo‘lgan otlar berilgan javobni belgilang. A) pishiqchilik, suvoqchilik, kamchilik B) siniq, to'liq, to‘kin C) terimchilik, atamashunos, chidam D) sog'inch, o‘kinch, sevinch 8. Qaysi javobda keltirilgan gapda tarkibida faqat til oldi undoshlari bo‘lgan qo‘shma sifat mavjud? A) Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. B) U juda shirinsuxan odam ekan. C) Qo‘shiqning diltortar navolari hammani o‘ziga rom qildi. D) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g‘oyalar bilan uyg‘unlashib ketgan. 9. Lablangan va lablanmagan unlilar yonma-yon kelgan so‘zlarni toping. 1) okean; 2) tabiat; 3) muallim; 4) material; 5) beaql. A) 2, 4 В) 1, 3, 4 C) 3
10. Paronim juftlik berilmagan javobni toping. A) tahsin-tahsil
B) arosat-asorat C) machit-masjid D) mahrum-marhum 11. Ham omonimlik, ham polisemantiklik xususiyatga ega bo‘lgan so‘zlar ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1) tovon; 2) es; 3) quv; 4) ivitmoq; 5) nufuz; 6) bo‘y. A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 3, 5, 6
D) 1, 2, 4, 5, 6 12. Quyidagi gapda sodda yasama so'zlar tarkibida jarangsiz undosh bilan tugagan yopiq bo‘g‘in nechta? A) Bolalikdan boshlangan do'stlik insonning keyingi ulg‘aygan va kamolga erishgan davrida orttirgan barcha do‘stlari orasida alohida ahamiyatga ega.
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling