Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
5-variant
1. «Dunyo» qo‘shig‘ining so'zlarini farg‘onalik shoir Oxunjon Hakimov ipga terilgan dur misol qog‘ozga tushirgan. «Bir kam dunyo, kimni sevib, kimni xor qilasan?» Darhaqiqat, insoniyat yaratilibdiki, oddiygina, jo‘ngina, soddagina tuyulgan shu jumboq yechimini topolmay ovora. Berilgan matndagi fe’l nisbatlari soni va turini aniqlang. A) 4 ta aniq, 2 ta majhul, 1 ta orttirma nisbat B) 3 ta aniq, 2 ta majhul, 1 ta o‘zlik, 1 ta orttirma nisbat C) 3 ta aniq, 3 ta majhul, 1 ta orttirma nisbat D) 3 ta aniq, 1 ta majhul, 1 ta o‘zlik, 2 ta orttirma nisbat
2. Har ikkala qismi ham yasama, ham tovush o‘zgarishiga uchragan so'zlarning o‘zaro tobe aloqaga kirishishi qaysi gapda uchraydi? A) Vaqt o‘tgan sari odam yaxshilik, ezgulik kabi umr ishlariga tashna bo'lib yashaydi. B) Is’hoq birdaniga kecha bo‘lib o‘tgan voqeani esladi. C) Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atalgan tortig'idir. D) Shuni bilki, yalqovlik muhtojlik eshigidir. 3. Meni kutayotir ajib kelajak, U mening iqbolim, mening baxtimdir, Men ko’rmagan baxtni kimdir ko’rajak, Men aytmagan so'zni aytajak kimdir. Ushbu parchada qatnashgan olmoshlar haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) III shaxs kishilik olmoshi aniqlovchi vazifasini bajargan. B) Ushbu parchada sodda va qo‘shma olmoshlar qatnashgan. C) Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan olmoshlar kishilik olmoshlari sanaladi. D) Ushbu parchada kesim vazifasini bajargan gumon olmoshi qatnashgan. 4. Quyida berilgan so‘zlardan nechtasida qo‘sh undoshlar to‘g‘ri qo‘llangan? Gallaktika, inkassator, kilovatt, gippoteza, plastillin, kristall. A) 4 tasida B) 5 tasida C) 6 tasida D) 3 tasida 5. Qaysi javobdagi so‘zlar tarkibida shovqinlilarga mansub bo‘lmagan lab undoshi qatnashgan? A) kabutar, baraka B) rivoyat, qovun C) avvalambor, muvaffaqiyat D) afsona, nafosat 6. Qaysi gapda fonetik o'zgarish asosida yozilgan sodda yasama fe’l ot so‘z turkumidan hosil qilingan? A) U do‘stining bu darajada astoydil harakat qilishidan juda quvondi. B) Saroy ahli hovli o’rtasida o’rnatilgan so’rida choyxo’rlik qilishardi C) Shundoq chiroyli qiz ham bunaqa yig‘loqi bo'ladimi? D) Yolg‘iz sen emassan, otam, vujuddagi o'qdan qiynalib tolgan. 7. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» asarida turklar asli nechta qabila ekanligi aytilgan? A) 24 ta B) 30 ta C) 20 ta D) 25 ta 8. Faqat bir qismida keng va tor unli qatnashmagan qo‘shma otni toping. A) shaftoliqoqi B) tuyapaypoq C) kinomexanik D) xomsemiz 9. Xorazm shevasiga mansub uchak so‘zi adabiy tilda qanday ma’noga ega? A) tom
B) samolyot C) beshik D) oy
10. Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo'lmaydi. Berilgan gapdagi tovush o‘zgarishiga uchragan so‘z haqida to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. 1) Fonetik o‘zgarish ham asosda, ham qo‘shimchada kuzatilgan. 2) Keng unlilar fonetik o‘zgarishga uchragan. 3) Tor unli keng unliga almashishi bilan bog’liq fonetik o’zgarish kuzatilgan; 4) Gapda bitta tovush tushgan, bitta tovush almashgan A) 1,2,3 B) 1,4 C) 1,2 D) 3,4
11. Jarangli va jarangsizligiga ko‘ra bir guruhga kiruvchi undoshlar qatnashgan vazifadosh ko‘makchi mavjud bo‘lgan gapni aniqlang. A) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar. B) Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. C) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. D) Tinchlik deb kurashgan ota- bobolarimiz tufayli shu yorug* kunlarga yetib keldik. 12. Yo‘lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtning chiroyli barglari iliq quyosh nurida tovlanardi. Sifatlar haqidagi to‘g‘ri hukmlarni aniqlang. 1) asliy sifat; 2) nisbiy sifat; 3) tub sifat; 4) yasama sifat; 5) aniqlovchi vazifasida; 6) hoi vazifasida. A) 1, 3, 4, 5 В) 1, 4, 5 С) 1, 2, 3, 5 D) 2, 4, 6 13. Sodda so‘zlar bilan sinonimlik hosil qiladigan so‘zlar berilgan qatorni toping. A) qishin-yozin, bayon qilmoq, nari-beri B) tasdiq qilmoq, uzoq- yaqindan, e’tirof etmoq C) bugun-erta, ehtiyot qilmoq, e’tiroz bildirmoq D) qishin-yozin, yosh-u qari, ruxsat bermoq 14. Qaysi gapda ko’makchi to’ldiruvchi(lar)ni shakllantirgan? A) Yuz bergan tabiiy ofat tufayli uyimizning hamma yog‘i buzilib-yorilib ketib, mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgandi. B) Agar o‘sha qizning ro‘molchasiga solgan somon va qand orqali ularga nima demoqchiligini bilmasang, bor davlatingga o‘t qo‘yaman! C) Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi. D) Klinikaning bosh shifokori Mirsiddiq Jalilov bir haftadan beri Namanganda dam olardi. 15. Qaysi javobda tarkibi jarangli undoshlardan iborat bo‘lgan ravish yasovchi va lug‘aviy shakl yasovchilar omonimlik hosil qilgan so'zlar berilgan?
A) qo‘zichoq-o‘yinchoq B) yugurik-ko‘rik C) yuzlab-haftalab D) qadrdonlarcha-yuzlarcha 16. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so'zlar qatorini aniqlang. A) sazavor, mulaqot B) sazovar, muloqat C) sazovor, muloqot D) sozovor, muloqot 17. Qaysi javobdagi juftliklarda ot va sifat yasovchi qo‘shimchalar o'zaro omonimlik hosil qilgan? A) supurgi-kuzgi B) kelinchak-kuyunchak C) qarsak-o’ksik D) to’lin-to’kin 18. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rnida bo‘g‘iz undoshi yoziladi? 1) ...iqildoq; 2) ...ayol; 3) ... ufton; 4) ...adiksiramoq; 5) ... angomatalab. A) 3, 4, 5 В) 1, 4, 5 С) 1, 2, 4 D) 2, 4, 5 19. O'tganlarni esladim va snundan go‘yat afsuslandimki, insonning irodasi eskirmas ekan-u, o‘zi charchab qolar ekan. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqida berilgan noto‘g‘ri fikrni toping. A) yasama so'zlar bir xil gap bo'lagi vazifasini bajargan B) barcha yasama so‘zlar tuzilishiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub C) yasama so‘zlarning ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasini bajarishi kuzatilmaydi D) barcha yasama so‘zlarning yasalish asosi o‘zaro bir xil so‘z turkumiga mansub 20. Qaysi javobda sifat yasovchi qo‘shimcha jarangli undoshdan so‘ng qo‘shilgan so‘zlar ko‘rsatilgan? 1) iliq; 2) siniq; 3) egik; 4) tiniq; 5) ochiq; 6) yoyiq; 7) yopiq; 8) teshik. A) 2, 3, 4, 5, 8 B) 2, 3, 4, 6 C) 2, 3, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 6 21. “Kitob qo‘lma-qo‘l o‘qildi, tik turib o‘qildi, ovoz qo‘yib o’qildi, kecha-yu kunduz o’qildi”. Seton Tompsonning qaysi kitobiga shunday ta’rif berilgan? A) «Jonivorlar haqida hikoyalar» B) «Shimoliy hayvonlar hayoti» C) «Yovvoyi hayvonlar hayoti» D) «Men bilgan jonivorlar» 22. Sel emasdur yer yuzin tutqon - ko‘zimning yoshidur! Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon - ko‘ngul afg‘onidur! (Bobur) Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping. A) talmeh B) radd ul-matla’ C) iyhom D) mubolag‘a 23. Qaysi javobda Alisher Navoiy «Xamsa»siga kiruvchi ikkinchi doston qahramoni haqidagi ma’lumot berilgan? A) U suv va quruqlikda zulmni o‘ziga kasb qilib olgan edi Shavkatidan unda na do‘st, na o‘rtoq bor edi, yolg‘iz o‘zi yo‘lto‘sar!ik qilar edi. B) Ishq dardiga mubtalo bo‘lgan asar qahramonini otasi bu darddan xalos etish niyatida uni Ka’baga olib boradi. C) Asar qahramoni to‘y taraddudida dengizdan yo‘lga chiqadi va hiyla domiga bandi bo‘ladi, jasorati, mardligi tufayli omon qoladi. D) Ishq unga favqulodda iste’dod, tug‘ma qobiliyat ato etgan edi. Buning natijasi o‘laroq ta’limning dastlabki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur’oni karimni yod oldi. 24. Qaysi asar qahramoni: Tokaygacha insonlar vahshat sahrosida qolurlar! Inson barcha maxluqotning tojidir. U sharafli, sof, go‘zal yashamog‘i kerak. Davlat arboblari aql va adolatni shior qilsalar, xalqni parvarish etsalar, hayotning zangini oltinga aylantirmoq mumkin», - deya kuyinib gapiradi? A) «Navoiy» (Alisher Navoiy) B) «Yulduzli tunlar» (Mirzo Bobur) C) «Ulug‘bek xazinasi» (Mirzo Ulug‘bek) D) «Mirzo Ulug'bek» (Ali Qushchi) 25. Ogahiyning «Ta’viz ul-oshiqin» devonidagi she’rlarning qanchasi fors tilida bitilgan? A) 1300 misradan ortig'i B) sal kam 2100 misrasi C) qariyb 4500 misrasi D) 2500 misradan ortig‘i 26. Quyidagi baytda qo‘llangan she’riy san’at turlari to‘g‘ri berilgan javobni toping. Shakar erning nobati Xizra o‘xshar, Oyog‘ing kimki o‘psa mangu yashar. A) tazod B) talmeh C) tajnis D) ruju 27. Rus shori Sergey Yeseninning qaysi she’rida tinch, erkalovchi oy timsoli berilgan? A) «Bu dunyoda men bir yo‘lovchi» B) «Xurosonda bir darvoza bor» C) “Singlimga xat” D) “Dog’lar ketmish majruh ko’ngildan” 28. Saida Zunnunovaning ilk she’ri nomi berilgan javobni aniqlang. A) «Tuyg‘ular» B) «Gulxan» C) «Qizingiz yozdi» D) «Salom senga» 29. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» romani necha yil davomida yozilgan? A) 10 yil B) 9 yil C) 8 yil D) 7 yil 30. «... lablarini qattiq qimtib: “Burgut” - dedi ichida. - Qora burgut!» Uning ko‘ngliga yopirilib kelgan mehr izg‘irin tekkan shamday so‘nib, yuragi yana muzladi. U ... egilgan boshni qilich kesmas deb, hamiyatini bukib kelgan edi, bu quzg‘un esa ...» Farzandidan ranjib, shunday fikrlarni xayolidan kechirgan ota obrazi qaysi asarda uchraydi? A) «Yulduzli tunlar» (Pirimqul Qodirov) B) «Ulug‘bek xazinasi» (Odil Yoqubov) C) «Ufq» (Said Ahmad) D) «Navoiy» (Oybek)
|
ma'muriyatiga murojaat qiling