Ona tili va adabiyoti fanidan diktantlar to’plami diktant


Download 328.5 Kb.
bet3/5
Sana29.10.2020
Hajmi328.5 Kb.
#138361
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-sinf uchun

Rayhon

Shiyponning o‘ng tomoni katta gulzor. Atrofiga jambil, rayhon o‘rtasiga anvoyi xil rangdagi atirgullar ekilgan. Choyxonaga kelgan kishi bir nafas gulzor yonida turib, rayhonlarni silkitishdan, to‘yib-to‘yib hidlashdan o‘zini tiyib turolmaydi. Shu zaylda rayhonlar ertayu kech tinim bilmay silkinadi. Райҳон hidini butun tolzor bo‘ylab taratib, dimoqlarni chog‘ qiladi.

Gul shaydosi Orif otaning-ku, ertayu kech chakkasida rayhon. Tong pallasida bir dastasini do‘ppi tagidan qistirib olganicha, yostiqqa bosh qo‘yadi-yu, rayhonni yoniga tashlaydi. Hidi kelib turmasa ishidan yanglisharmish, uyqusi qocharmish. Orif ota gullar ta’rifini hikoya qilguday bo‘lsa, hamsuhbatining og‘zini ochirib qo‘yadi. Bitta rayhonning necha turini sanab, biridan-birining farqini aytib beradi. Uning nazarida, gullar ichida, nainki gullar, jamiki nabotot olamida rayhondek xushbo‘yi yo‘qmish. Huda-behudaga so‘lib, qurimaydi. Dimog‘ingni chog‘ qilsa, oshingni xushta’m qiladi.

(115 сўз, Rahmat Fayziy)


Vijdon

Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati,qilmishi,fe`l-atvori uchun oila,jamoat ,jamiyat va Vatan oldida ma`naviy mas`uliyat his etishidir. Shu yuksak axloqiy tushuncha shaxsni ijobiy xatti –harakatlarga undab va shunga moyil qilib,o‘z faoliyatiga o‘zi baho berishga olib keladi. Vijdonli kishi nohaq , adolatsiz ishlardan g‘azabga keladi, bularga qarshilik bildiradi; o‘z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand bo‘lsa, yomon tomonlaridan norozi bo‘lib, ruhan eziladi, ya`ni vijdon azobiga uchraydi. Vijdon- tug‘ma xislat deyuvchilar ham bor. Vijdon – kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan ta`lim – tarbiyasiga bog‘liq , deb hisoblovchilar ham mavjud. Biz o‘zimizning turmush tajribamizda aslida vijdonsiz kimsaning voyaga yetib, o‘qimishli, katta odam bo‘lib yetishganidan keyin vijdonli bo‘lib qolganini uchratmadik. Vijdon ko‘p yoki oz bilimlilikka , boy yoki kambag‘al bo‘lishlikka, oddiy yoki mashhurlikka bog‘liq emas.

(120 ta so‘z)

Ota-ona – oltin qanot

Jahonning hamma xalqlari kabi o‘zbek xalqi ham qadim-qadimdan ota-onani olamda eng ulug‘, eng mo‘tabar, eng muqaddas zot deb biladi va o‘z dunyoqarashida, yozma va og‘zaki adabiyotida, san`atda, kundalik muomalasida, ibratli so‘zlarida ota-onaning farzand uchun qanchalar qadr-qimmatli, mehribon, madadkor, ma`naviy tayanch ekanligini qayd etadi.

Ularni umrbod e`zozlash, izzat-hurmat qilish, qadriga yetish, boshiga ko‘tarib yurish, ularning gapini yerda qoldirmaslik, aytganini qilish, nasihatlariga quloq solish, dilini og‘ritmaslik, la`nat-u qarg‘ishiga qolmaslik, aksincha, yaxshilik qilib, oq sutini oqlab, ularni rozi qilib, olqish-u duosiga sazovor bo‘lish, ularning boshlagan ishlarini, an`analarini davom ettirish nihoyatda zarur, eng muqaddas burch ekanligi qayta-qayta uqtiriladi. Buyuk shoirimiz Navoiy bu haqda shunday deganlar:

Boshni fido ayla ato qoshig‘a,

Jismni qil sadqa ano boshig‘a.

Tun-kuningg‘a ylagali nur fosh,

Birisin oy ayla, birisin quyosh.

(127 ta so‘z. “Hikmatnoma” kitobidan)



Ona allasi

Musiqa hayratli va takrorlanmas hodisa. Bu bizning tuyg‘ularimizni junbushga keltiradi, to‘lqinlantirib, ko‘ngillarimizga huzur beradi, ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi, ezgulikka undaydi, ma`naviy boyitadi. Musiqaning mudom “yashashi” uchun tabiiy sharoit va ehtiyoj mavjud. Ajdodlar tomonidan to‘plangan musiqaviy san`atlar muntazam ravishda boyib, takomillashib boradi. Mana shu jarayonda bola ilk qadamlaridanoq hayotbaxsh musiqadan bahramand bo‘ladi. Ona allasini ham san`atning musiqiy-hayotiy shakllari silsilasiga kiritish mumkin.

Alla bolani uxlatish uchungina mo‘ljallangan oddiy qo‘shiq emas. U ona va bola orasidagi umumiy, asrlar davomida saqlangan maxsus munosabatlar uchundir. Ona allasi shaklini olgan bu munosabatlar onadan bolaga o‘tmishdagi ajdodlar donishmandligining o‘tishiga, bolaning hayotga tabiiy kirib kelishiga imkon yaratadi, uni tarbiyalaydi.

Ona allasi faqat onaga xos bo‘lgan hissiy noziklikni ifodalaydi hamda qalbining tub-tubidan chiqib keladi. Ona butun vujudi, ruhiyati bilan sug‘orilgan ohanglar vositasida o‘zining eng muqaddas, eng ezgu tuyg‘ularini, orzu-istaklarini farzandiga yetkazadi, ana shu asnoda uni tarbiyalaydi.



Vatan tarixi

Har bir viloyatda yoki qishloqda tariximiz zarvaraqlariga oltin harflar ila bitilsa arzigulik kashfiyotlar yashirin . Bular odob va odatimizda ,tabiatimizda yashaydi .

Rahmatlik bobom aytgan edilar:Forobiy Toshkentga kelganida Beshyogochdagi madrasada tahsil olgan ekan .

Abdulla Avloniy uning ruhini shod etib , xuddi o‘sha yerga o‘z maktabini qurdi .

Chirchiq daryosi toshib , Forobiy kitob mutolaa qilgan kutubxona binosi buzilganda bir hafta suvda kitob oqqan ekan. O‘sha kitoblarni kim o‘qigan ?

Qadimshunoslar uzoq Surxondaryodagi Dalvarzintepadan Budda haykalini topishibdi.Budda dini hukmron bo‘lmish Yaponiya ziyolilari esa hayratda qolishibdi.Endi esa o‘sha yapon olimlari o‘zbek arxeologlari bilan hamkorlikda Dalvarzintepani o‘rganishmoqda.

Budda dini bizning sarhadlarimizga qaysi yo‘l bilan tarqalgani-yu u Yaponiyaga qanday borib qolganini aniqlashmoqda.Sarhadimizda qanday qonunlar kashf qilingan yoki hukm surgan bo‘lsa, o‘sha odatimizda qolgan desam ishonasizmi? (117 so‘z)

Vaqting ketdi — baxting ketdi



Insonning hamma vaqti ham ish, o‘qish bilan band bo‘lavermaydi. Aytaylik, ota-onaga qarashish, darsda bo‘lish, darsga tayyorlanish, maktab yoki boshqa muassasalarda, jamoat ishlarida qatnashish bilan bir qatorda orada bo‘sh vaqt ham bo‘ladi. Ana shu bo‘sh vaqtdan unumli, maqsadli foydalana bilish, uni bekorga ketkazmaslik ham oqilona ishlardandir. Ammo, ayrim bolalar bo‘sh vaqtlaridan to‘g‘ri foydalanmaydilar. Eng noyob boylik — bo‘sh vaqtini behudaga o‘tkazib, bir-birlari bilan gaplashib o‘tirish, arzimagan mayda-chuyda narsalar ustida bahslashish, ko‘cha-ko‘yda sanqib yurish bilan kun o‘tkazuvchi bolalarni ko‘rib afsuslanasan, kishi. Жismoniy va aqliy yetuk inson bo‘lib yetishuvida bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, undan oqilona foydalana bilish muhimдир. Dono xalqimizning: «Vaqtning qadriga yet», «Vaqting ketdi — baxting ketdi» deyishi xuddi ana shu bo‘sh vaqtni qadrlay olish, undan unumli foydalanishni ko‘zda tutib aytilgan.

( 114 So‘z, Malik Murodov “Oltin sandiq ochildi” to‘plamdan

Ajoyib qo’lyozma

G‘iyosiddin kichkina qish kunlari o‘z uyida bo‘lgan o‘tirishlardan birini unutmaydi. Anchagina mehmonlar yig‘ilgan. Shirin suhbat boshlangan.

-Aziz mehmonlar, bugun men sizlarga san’atning nodir bir asarini ko‘rsatmoqchiman.

G‘iyosiddin shunday dedi-yu, tokchadan bir ajoyib qo‘lyozma asarini oldi. Kitobga xattotning ham, naqqoshning ham, muqovasozning ham xiylagina mehnati singganligi ko‘rinib turardi. Shohidbek silliq qog‘oz betiga zo‘r mahorat bilan zarhal naqsh chizilgan. Sahifaning keng havorang hoshiyalari zarhal kumush rasmlar bilan bezalgan.

Qo‘lyozma qo‘ldan qo‘lga o‘tar ekan yuqoridanmi, o‘ymakor eshik ortidanmi mayin musiqa eshitildi. Kuy gohi yaqinlashar, goh yana uzoqlashardi. Uyga naychi kirib keldi. Unga javob qilganday, uyning bir burchagida o‘tirgan yana bir sozanda g‘ijjak chalib yubordi. Hamma jim bo‘lib, mungli, lekin orombaxsh kuyga quloq soldi.

(110 ta so‘z)

Uloqda

Handalak tilimi shaklidagi jarlik tepasida tumonat odam. Baqir-chaqiriqlar avjida. Ko‘pchilikning ko‘zi uloq olib ketayotgan chavandozga qadaldi. Chavandozning birinchi bor omadi yurgan bo‘lsa kerak, otining tez chopayotganiga ham qoniqmay, qamchilagani-qamchilagan. Hovliqqanidan atrofdagilarga qo‘shilib ovozi boricha “hayt-huyt” lab, o‘zini ko‘rsatish uchun pakkaga to‘g‘ri yo‘l qolib, egri yo‘ldan aylanib borardi.

Yigit uloqni pakkaga tashlagach, ortidan quyundek yopirilib kelgan uloqchilar uymalashib qolishdi. Ular yerdan echkini olgunlariga qadar orqadan yana bir to‘da uloqchilar ham yetib kelishdi.

Chavandozlar uloqqa yopishar, otlar tuyog‘idan qadam bosishga joy yo‘q. G‘ij-gij to‘daning ustidan quyuq hovur ko‘tariladi. Ur-sur, to‘polon. Qamchilar havoda uchar, otlar jon-jahdlari bilan kishnar, chavandozlar baqirardi. Qo‘llar uloqqa cho‘zilgan, ba’zilar tutgan, ba’zilari tutolmagan.

Chavandozlar soydan esayotgan izg‘irinni ham, kutilmaganda kelib tushgan qamchi zarbini ham o‘yin qizig‘ida sezishmasdi. Go‘yo ular tasodiflarga boy mana shu uloq o‘yini uchun tug‘ilishgandek.

(133 ta so‘z)



Navro‘z

Navro‘z juda ham qadimiy, shu bilan birga muttasil yangilanib borayotgan bayramlarimizdan biridir. U sharq xalqlarining muhtarak ijodi bo‘lib, har bir millat va elat o‘z turmush va yashash tarzi, uf-odatalri doirasida uni nishonlab keladi. Shuning uchun ham Navro‘z, bir tomondan sof milliy, ikkinchi tomondan, baynalminal bayram sifatida rivojlanishda davom etmoqda. U uzoq o‘tmishdan bizning kunimizgacha ulug‘vor qadryatlarimizdan biriga aylandi.

Navro‘z bayrami, uning tarkibi va ota-bobolarimizning ko‘klamni e’zozlashi, suv, olov, tuproq, quyoshga e’tiqod bilan bog‘liq urf-odatlari, marasimlari, qadimiy e’tiqodlardan tortib, bugungi zamondoshlarimizning ilmiy, badiiy qarashlarigacha bo‘lgan ma’naviyat olami singib ketgan bo‘lib, bu bayramn insoniyat, madaniyat rivojining har bir yutug‘idan doimo, kuch va quvvat olib turdi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va insoniyat falsafiy-estetik tafakkuri darajasiga ko‘ra doimo boyib boradi.

(117 so‘z)



To‘g‘rilik

Aytishlaricha, qadim-qadim zamonda bir podsho koshona qurdirishni ixtiyor etibdi. U mashhur hunarmand ustalarni huzuriga chaqirib, maqsadini aytibdi. Ustalar reja tuzib, eng to‘g‘ri, kam-ko‘sti yo‘q, baland ustun axtarishib, shahar-u qishloqlarni kezib chiqishibdi. Nihoyat, yolg‘iz yashovchi keksa ayol hovlisidagi azim terakni tanlashibdi. Ular kampirga tilla tangalar berib, terakni kesib olib ketibdilar.

Uni saroyning o‘rtasiga o‘rnatibdilar, zarhal naqshlar bilan-ishlov beribdilar. Ustun esa saroy chiroyini yana ham ochib yuboribdi. Saroy bitgach, odamlar uni tomosha qilgani kelishibdi. Saroyni ko‘rish uchun kelgan kampir ham ustunga qarab: «To‘g‘ri o‘sganing uchun mana shunday bezanib, el e'tiborini tortib turibsan. Egri bo‘lib o‘sganingda o‘tin bo‘lib, yonib kul bo‘larding. To‘g‘rilik senga shunchalar izzat-ikrom baxsh etdi. Shu tufayli men ham yo‘qchilikdan qutulib, turmushim yaxshilanib ketdi», - degan ekan.

Demak, to‘g‘rilik, halollik insonni kamolot sari yetaklaydi.



Maktab-ulug‘ dargoh

Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l avvalo ta`lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqida gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot- o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.

Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas`uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma`naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini yaxshi tasavvur qilamiz.

Bu yorug‘ olamda har bir odam o‘zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimiga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi. Inson o‘z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz.

Muxtasar aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o‘ylaymanki , ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Chindan ham, o‘qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, o‘z o‘quvchilariga haqiqatdan ham hayot maktabini beradigan mo‘tabar zotdir. Ona tilimizda “maktab ko‘rgan”, “maktab yaratgan” degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning , zahmatkash o‘qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o‘rin tutishidan dalolat beradi.

(I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asaridan)

Har narsadan aziz

Olam gultoji hisoblanmish inson uchun tabiat bitmas-tuganmas ne`matlar ato etgan. Bug`doy-shu ne`matlarning bittasi xolos, oltinday sarg`ayib egilgan, hududsiz maydonlarda mavjlanib yotgan bugdoyzorlar ming yillardan buyon odamzot rizqining manbai hisoblanib kelgan.

Bug`doyning inson hayotidagi ahamiyati haqiqatan beqiyos. Hozirgina tegirmonda tortilgan undan yopilgan yangi nonning xushbo`y ta`mini tasavvur etib ko`ring. U har bir kishida qaytarilmas, latif xotiralarni uyg`otadi.

O`zbek xalqining milly belgilaridan biri tandir bo`lsa, ikkinchi belgi, shubhasiz, nondir. Nonning turfa xil turlari bor: patir, gijda ,shirmon, gulobi, obinon, yog`lama, kulcha, xon noni, lochira…

Ularni sanab chiqishning iloji bormikin?

Nima bo`lganda ham ajdodlarimiz asrlar bo`yi ko`zga surtib, e`zozlab kelgan nonda chindan ham g`aroyib xususiyatlar bor. U zakovatning takrorlanmas mo`jizasi, quyoshning kichik bir ramzidir. U hech qachon ko`ngilga urmaydi, aziz-u mo`tabar ne`mat bo`lib qolaveradi.

(123 so’z)

Yil fasllari

Yer quyosh atrofini bir yilda bir marta aylanib chiqadi.Shu davrda u o`z sirtini quyoshga har tomonlama tutib beradi.Quyosh osmonda baland ko`tarilganda uning nurlari yerga to`g`ri tushib,uni kuchliroq qizdiradi va yer yuzi issiq bo`ladi.Quyosh uncha baland ko`tarilmay,uning nurlari yerga qiyalab tushganda,u yerni paypaslab o`tib ketgandek bo`ladi va yer yuzida sovuq turadi.qishdan keyin bahor,bahordan keyin yoz keladi.Yozning qoq o`rtasida,22-iyunda yozgi quyosh turishi yuz beradi.Endi yoz o`zining haqiqiy kuchini ko`rsaatdi.Kunlar juda isiydi,bolalar suvdan chiqmay qolishadi.Meva va sabzavotlar,poliz ekinlari g`arq pishadi.Bozor va ko`chalar qovun,tarvuzlarga to`lib toshib ketadi.Biroq hademay kuz yaqinlashib,uning ba’zi alomatlari paydo bo`la boshlaydi.

(110 ta so`z)

Ona yurt sog`inchi

Tug`ilib o`sgan uyim,mushtipar onajonim,bolaligim o`tgan qishlog`imni,mehridaryo hamqishloqlarimni sog`indim.

Qishlog`imni eslaganimda yuzidan nur yog`ilib turuvchi,oppoq ro`molli momolar,nuroniy bobolar,qoshlariga o`sma tortgan dilbar kelinchaklar,tog`ni ursa talqon qiladigan,Alpomishdek hushsurat yigitlar ko`z oldimda gavdalanadi.U yerda shirinso`z,qalbi qaynoq,bir-biriga mehribon insonlar bir-birining baxtidan quvonib,g`amlariga sherik bo`lib yashashadi. Qishloqning sho`x,chaqqon kelinchaklari hali quyosh ko`tarilmay turib,hovli va ko`chalarni orasta qiladilar.Qishloq shunisi bilan qadrdon,shunisi bilan sevimli…

Ona qishlog`im,sening so`lim go`shalaringni,shildirab oqib turgan jilg`alaringni ko`cha to`la bolalaringni qo’msayman.Ajabo,qanchalar shirin-a,vatan tuyg`usi…(96 so’z)



Milliy bog`

O`zbekiston poytaxti Toshkentdagi katta Milliy bog` har kuni dam oluvchilar va bolalar bilan gavjum. Bog`ning kiraverishidagi yangi oshxona mijozlar xizmatiga shay.Baquvvat to`sinlarga o`rnatilgan oshxona tomi ertaklardagi bahaybat qo`ziqoringa o`xshaydi.Suv to`ldirilgan marmar hovuzda tanga baliq va xon baliqlar suzib yurishibdi.Orqa tarafdagi archazor xiyobonda oq,qizil,sariq atirgullar barq urib ochilgan.Bahor tashrifidan yashnagan gulzor,hazrati inson mehnatiga tasannolar aytayotgandek,mayin,yoqimli hidlar taratib asta tebranadi.Atirgullar iforiga maftun turfarang kapalaklar guldan gulga qo`nib,yayraydilar…

Har xil attraksionlar bolalarga quvonch ulashadi.Ularning shodon qichqiriqlari

farovonlik, tinchlikdan darak beradi. Bolalarning beg’ubor ko’zlaridagi quvonchni ko’rib, ota-onalar shunday kunlarga shukronalar aytadilar. Jannatmakon yurtimizda tinchlik barqaror bo’lsin!


Alla

O`tgan zamonda bir oilaning qizchasi yo`qolib qoladi.Qizchasi katta bo`lib voyaga yetgan chog`ida ota-onasi uni topishga muvaffaq bo`lishadi.Biroq qizcha ota-onasiga yotsirab qaraydi,uydan chiqib ketishini hamda avvalgi joyiga qaytishini istaydi.Shunda bechora ota-onasi hech bo`lmasa bir kecha tunab ketishini undan iltimos qiladi.Qiz rozi bo`ladi.Yarim kechada onasi uyqudan turib beshikda yotgan ukasini uxlatish maqsadida alla aytadi.Shu payt qizning uyqusi qochib allaga quloq tutadi va ona mehrini tuyib,o`zini ona bag`riga otadi. Siz mening chin onam ekansiz,-deydi u onaizorni quchoqlab.Chunki uni ham yoshligida onasi alla aytib uxlatar edi.Alla sehri orqali ular murod-maqsadiga yetishadi.

(100 ta so`z)

Samoviy “radioko`z”

Yaqinda Ukraina Fanlar akademiyasining radiofizika va elektronika institutida samoviy “radioko`z” yaratildi.Ko`zning o`tkirligi bilan endi u shimol yo`llarida har qanday navbatchining ishini bajarishi mumkin.Bu yo`l bilan kemalar kuzatuvini ta’minlasa ham bo`ladi.Yer sathining tuzilishini masofada o`rganadigan radiolokatsio sistemaning yangi,sanoat uchun mo`ljallangan nusxasi yerning “Kosmos-1976” sun’iy yo`ldoshiga o`rnatilgan.

“Radioko`z” qorong`uda ham qalin butalar orasida Qutb kechasini ko`ra oladi.Radio to`lqinlar yer sathidan bir xil bo`lib qaytmaydi.Signallarning intensiv oqimidan quruqlik hamda suvni,har xil qalinlikdagi muzliklarni,yoriqlarni,tepaliklarni,muzdagi kanallarni,aniq ilg`ash mumkin.Yangi lokator birinchi sinovdayoq Antarktida muzliklarida yo`qolib qolgan “Mixail Somov”dizelelektroxodini qutqarishda katta yordam berib,o`zini oqladi.(95 ta so`z)
Yangi yil dasturxoni

Yangi yil dasturxoni alohida did va mahorat bilan bezatilgan bo`lishi kerak.Ziyofatning chiroyli va serfayz o`tishi uchun qanday mahsulotlar,taomlar tayyorlash kerak ? Axir yangi yildagi har bir taom o`zining ramziy mazmuniga ega.Go`shtli,baliqdan tayyorlangan taomlar yangi baxt-saodat va to`kinlik timsolidir.Agar dasturxon shirinliklar va noz-ne’matlarga to`la bo`lsa, butun yil bo`yi hayot shirin kechadi, degan naql bor.Uzum shingili esa mo`l-ko`llik,xonadondagi tinchlik va baxtiyorlik ramzidir.Naq soat 12 da, soat bong urishi bilan 12 dona uzumni yeyish kerak,deb hisoblashadi.Bunda har bir dona uzum bir niyatni ko`zlab yeyilar emish.Bayram ko`ngildagiday o`tishi uchun kuyunchak uy bekalari oldindan qizg`in taraddud ko`rishlariga to`g`ri keladi.Mana, keeling, ularning pazandalik mahoratlariga baho bering: bu yerdan sarxil mevalar va chiroyli tortlar,baliq va xamirdan tayyorlangan taomlar,shakarpazlik mahsulotlarini va yangi salatlarni tanlab olishingiz mumkin.



DAVLAT MADHIYASI

Jahondagi har bir mustaqil davlat o'z madhiyasiga-gimniga ega.

Madhiya - muayyan maqsadni ko'zlab bitilgan she'r asosida yaratilgan tantanali qo'shiq.

O'zbekiston Respublikasi mustaqil bo'lgach, Davlat madhiyasiga tanlov e'lon qilindi.



Tanlovda musiqasini mashhur bastakor Mutal Burxonov, she'rini taniqli shoir

Abdulla Oripov yozgan madhiya g'olib chiqdi.

Bu madhiya 1992-yil 10-dekabrda O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi sifatida tasdiqlandi.

Madhiyada buyuk Vatanimiz, ozod va obod yurtimiz, buyuk tariximiz,porloq kelajagimiz kuylanadi. O'zbek zaminining boyliklar-ga konligi, xalqimizning ilm va ma'rifat bayroqdori ekanligi tarannum etiladi. Tinchliksevar elning asosiy boyligi uning istiqloli ekanligi mad­hiya mazmunining negizini tashkil qiladi.



O`zbеk udumlаri

O`zbеk milliy udumlаri qаdimiy qаdriyatlаrimiz singаri uzоq o`tmishgа egа. Хаlqpаrvаr vа mа’rifаtpаrvаr hukmdоrlаr аjdоddаn аjdоdgа o`tib kеlаyotgаn bundаy mаrоsimlаrni аvlоdlаrgа yеtkаzish, ulаrni ulug`lаshgа bоsh-qоsh bo`lgаnlаr. Shu tufаyli bu udumlаr хаlqimiz yurаgidаn jоy оlib, shоdlik kunlаrigа аylаnib qоlgаn.

O`zbеk хаlqidаy bоlаjоn vа оrzu-hаvаsli хаlq bo`lmаsа kеrаk. Fаrzаnd ko`rish bilаn uning quvоnchi vа unutilmаs kunlаri bоshlаnаdi. Аqiqа to`yi, sunnаt to`yi, fоtihа to`yi, nikоh to`yi shulаr jumlаsidаndir. Bоlа tug`ilgаndа uning qulоg`igа аzоn аytish, to`ylаrdа ko`pkарi chоptirish, qiz bоlаni uzаtishdа yor-yor аytish kаbi udumlаr hеch qаchоn o`lmаydigаn, umrbоqiy аn’аnаlаrdir. Bulаrsiz o`zbеklаr hаyotini tаsаvvur qilish mumkin emаs. O`zbеk udumlаrigа bоshqа millаt vаkillаri hаm kаttа qiziqish bilаn qаrаshmоqdа. Bu udumlаr o`zbеk millаtining shоn-shаrаfi, fахr-iftiхоridir. (98 tа so`z)

Navro`z tashrifi

Ma'lumki, navro`z kelishi bilan butun tabiat uyg`onadi… Navro`z bizning zamonamizda yangicha mazmun kasb etmoqda. Bu davlat bayrami, uni qanday millatga mansubligidan qat'iy nazar, har bir xalq-elat birgalikda baham ko`rib, tantana qiladi.

O`zbek xalqi qadimdan bag`rikengligi va mehmondo`stligi bilan tanilgan. Navro`z bahor bayramidan mehmondo`stlik ayyomiga aylanadi. Shuning uchun u baynalminal bayramga aylangan.

Xalqimiz yaxshi niyat bildirganda: «Tinchlik xotirjamlik bo`lsin, el-yurtimiz omon bo`lsin», - deb niyat bildiradi. Navro`zda inson ulug`lanadi va dillarda ezgu niyatlar tug`iladi.

Aytishlaricha, Navro`z tongi nimani orzu etsang, albatta, maqsadingga yetgaysan. Bobodehqonlarimiz to`kin-sochinlik bo`lsin, hosilimiz mo`l bo`lsin, deb duo qiladilar, biz yoshlar, ota-bobolarimizning eng yaxshi an'analarini, urf-odatlarini davom ettiramiz. Bahorni, Navro`zi olamni katta xursandchilik bilan kutib olamiz. (99 tа so`z)

Nаvro`z udumlаri

Shаrq хаlqlаridа Nаvro`z bilаn bоg`liq judа ko`p udumlар bор. Nаvro`z kuni оdаmlаr оtа-оnаsi, yaqin kishilаri bilаn diydоrlаshgаnlаr. Nаvro`z kuni оsh bеrilgаn, urushlаr to`хtаtilgаn, оdаmlаr bir-birlаrining gunоhidаn kечib, bаyrаmni хursаndchilik bilаn nishоnlаshgаn.

Nаvro`zdа аtrоf-muhit, аriq-zоvurlаr tоzаlаnаdi, hоvli-bоg`lаr tаrtibgа kеltirilаdi.

Nаvro`z dаsturхоnigа yеtti хil dаrахt shоhidаn nаmunа kеltirib qo`yilаdi. Ulаr: mаjnuntоl, zаytun, bеhi, аnоr, bоdоm, pistа, yong`оqdir. Shulаr qаtоridа qаtiq, sut, pishlоq, tuхum, bаliq vа yonib tuрgаn shаmlаr hаm qo`yilgаn. Sumаlаk Nаvro`zning аsоsiy tаоmi hisоblаnаdi.

Sumаlаk ko`pчilik bo`lib tаyyorlаnаdi. Qishdаn esоn-оmоn chiqib оldik, dеb хоnаdоnlаrdаn bir kоsаdаn bug`dоy yig`ib оlinаdi. Аytishlаrichа, bir qоzоndаn tаоm еgаnlаr bir-birigа qаrindоshdеk yaqin bo`lib qоlishаr ekаn.

(98 tа so`z)



Musiqa

Musiqa odamlar e'tiboridagi san'at bo`lgani holda, uning o`ziga xos yashirin, sirli jihatlari ham bor.

Yaratgan biz – insonlarga ko`rish, hid bilish, ta'm bilish, sezish kabi xislatlar bilan bir qatorda eshitish, tinglash ne'matini ham ato etgan. Og`zaki nutq orqali bayon qilingan fikrlarni eshitib idrok etamiz. Lekin musiqa ba'zan til tasvirlashga ojiz tuyg`ularni kishi qalbiga, ongiga osongina yetkaza oladi. Musiqalar turlicha bo`lib, ba'zilari insonni ruhlantirib, qalbini yumshatib, ezgu his-tuyg`ular uyg`otgani holda, ba'zilari odamlarning asabiga tegib, ongida parokandalik uyg`otadi. (75 tа so`z)

Navoiy obidalari

Ular atrofga ko`z yugurtirishdi. Uzoqda qorli Muxtor tog`lari. Pastda kuz kirib, suvi shildirab qolgan Injil anhori. Uning chap sohilida mashhur Gavharshod begim madrasasi savlat to`kib turibdi. Navoiy qurdirgan Ixlosiya madrasasi Injilning o`ng qirg`og`ida –Gavharshod begim madrasasiga yuzma-yuz tushgan edi. Ixlosiyadan narida bemorlar davolanadigan, ayni vaqtda yoshlarga tibbiyot o`rgatadigan Infoiya nomli shifoxona-madrasa. Undan narida ulkan gumbazli Xosiya xonaqohi. Katta bir mahallaning o`rnini oladigan joy Alisher Navoiy qurdirgan nodir obidalarga to`lib, Hirotning salobatiga salobat qo`shgan edi.


Rivoyat

Buyuk alloma Abu Rayxon Beruniy haqida shunday rivoyat bor. Olim o`lim to`shagida yotganida huzuriga shogirdlaridan biri kiribdi. Bilibdiki, ustozining sanoqli daqiqalari qolibdi. Kutilmaganda ustozi xuquqshunoslikka oid bir masalani sharhlab berishni so`rabdi. Bu ancha chigal masala ekan. Shogird uning qiynalishini istamabdi.

«Avval sog`ayib oling, keyin bir gap bo`lar, hozir shu muammoni bilishingiz shartmi?-debdi.

Beruniy hazil qilibdi.

«Bilaman, ahvolim og`ir, ammo ketadigan bo`lsam, shu narsani bilmasdan ketgandan ko`ra bilib ketganim yaxshida!!-debdi.

Shogird Beruniyning huzuridan chiqib ellik qadam yurar-yurmas, chopar kelib alloma hayotdan ko`z yumganini aytdi.


Download 328.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling