Ona tili va adabiyoti fanidan diktantlar to’plami diktant


Download 328.5 Kb.
bet2/5
Sana29.10.2020
Hajmi328.5 Kb.
#138361
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-sinf uchun

Qаlаm


Аjdоdlаrimiz siyoh bilаn yozilаdigаn qаmish yoki sаvаg`ich qаlаmdаn kеng fоydаlаnishgаn. Bu mumtоz аdаbiyotimizdа хоmа dеb tilgа оlinаdi. Qаlаmning o`qqаlаm, tеmirqаlаm, tоshqаlаm dеgаn turlаri hаm bоr. Mo`yqаlаm tаsviriy sаn’аtdа ishlаtilsа, tоshqаlаm vа tеmirqаlаmlаrdаn qаttiq jismlаrni o`yish, kеsish, birоr nаrsаni tаsvirlаsh, yog`оchlаrgа gul sоlishdа fоydаlаnilgаn.

Qаlаmning tаkоmil yo`li insоniyatning rаvnаq etа bоrishi bilаn chаmbаrchаs bоg`liqdir. Bugungi mаdаniyatning ibtidоsi qаlаmgа bоrib tаqаlаdi. Ilk qаlаm- tоshqаlаm. Hоzir esа eng kеng tаrqаlgаn turi stеrjеnli ruchkаdir.

Yo`l usti bo`lsа-dа, tilimizning bоyligini ko`rsаtish mаqsаdidа, qаlаm so`zining ko`chmа mа’nоlаrigа qisqаchа to`хtаlib, bir nеchа misоl kеltirаmiz. Mаsаlаn, qаlаm аhli: yozuvchi vа shоirlаr, jurnаlist vа оlimlаr. Qаlаmi o`tkir: fikrini tа’sirchаn qilib yozа оlаdi.

(101 so`z. А.Ibrоhimоv «Yorug`lug`» kitоbidаn)


Odobli bola

Оdоbli bоlа ko`chаdа yurgаnidа оyoq оstigа qаrаb yurаdi. Tо mаktаbgа bоrgunchа bir rаvishdа bоrsinki, hаr bir ko`rgаn kishi ungа tаhsin qilib, rаhmаt аytsin. Оdоbli bоlа mаktаbgа kirgаndа, kаmоli tа’zim ilа ustоzu dоmlаsigа sаlоm bеrаr vа hаr kuni o`tirаdigаn jоyigа o`tirаr. Sаlоmаtlik ilа shukurlаr izhоr etib, hоl so`rаshаr...

Оdоbli bоlа mаktаbdа hаmmа vаqt o`z ishigа mаshg`ul bo`lаr. Birоr vаqt umrini bеkоr o`tkаzmаs. Hаr nаfаsdа bir ishni shаhоnа qilib mаktаbdаn tаshqаri chiqib, bеhudа so`zlаrni so`zlаb yurmаs. Mаktаbdа bоlаlаr rоhаtlаnmоq uchun hаm bir оz vаqt bоrdir. O`shа vаqtdа ustоzlаrning ijоzаti bilаn rоhаtlаnib o`ynаshlаri kеrаk. U ota-onasiga doimo rahmatlar yodiradi. Odobli bola har joyda el nazaridan qolmay yurar.

(105 so`z)(“Nаsihаtnоmа” dаn)



Vatan

Vatan - keng va ko’p miqyosli tushuncha. Vatan ostonadan boshlanadi. Vatan sen yashab kelayotgan, ulg’ayayotgan uy , ota-onang, aka-uka, opa-singillaring, xovlidagi daraxtlar, har kuni non yopiladigan tandir. Vatan - katta-kichik to’yga keladigan, azada jamlanadigan, chollari guzarda gurunglashadigan, maschitlaridan azon eshitiladigan qadrdon mahalla.

Vatan – paxta rejasi sal ilgariroq bajarilsa, boshing osmonga yetadigan viloyat. Vatan tuprog’idan oltin unuvchi, tog’larining boshi ko’kka yetgan, bog’-bo’stonga to’la O’zbekiston.

Vatan - biz yashab turgan kurrai zamin. Besh barmoq bir bo’lsa musht bo’ladi. Kim g’araz va adovat bilan tajovuz qilsa, ta’zirini berishadi. Neki yumish, neki mushkul ish bo’lsa, osongina xal etadilar. O’zbek, tojik, qozoq, qirg’iz, turkman – besh barmoqqa qiyos. Islom Karimovning “Bu aziz Vatan, ko’hna Turkiston barchamizniki”,- deyishlari shunga joizdir.



Aqlli bola

Bir kuni kechasi ot ustida borayotgan Alisherni uyqu bosib, ko’ziga qum tiqila boshladi. Kunduz kuni salqin bir buloq bo’yida chodir tikib, hamma orom olgan paytda, Alisher bir- ikki bola bilan saxrodagi katta kaltakesaklarni quvib, juda charchadi. Mana endi yarim kechada uyqu bosib, boshi garang bo’lib qoldi. Kichkina chavandozning egar ustida uxlab qolganini sezgan ot esa yurishini sekinlatib orqada qolib ketdi. Tong payti Alisherning oti nimanidir xurkib ketib, uni yiqitib yubordi. U qaerdaligini bilmay hayron bo’lib o’tirdi. Nihoyat, xushi o’ziga kelgach, bepoyon cho’lda bir o’zi qolganini ko’rib, juda qo’rqdi. Alisher otasidan, Iroq viloyati kun botish tomonda, Hirot- kun chiqishda, degan gapni eshitgan edi. Aqlli bola kun yorishib kelayotgan tomonga qarab yurib ketdi



Insonning eng qudratli boyligi

Inson o’z aql-idroki,bilimi bilan barcha qiyinchiliklarni yengib o’tishga qodir. Bilim insonlarni barcha yomon,yaramas ishlardan tiyib turadi. Bilim egalari hamisha elda aziz bo’lganlar va hurmat qozonganlar. Mamlakat ishiga nafi tegadigan kishilar avvalo bilimli va donishmand kishilardir. Jahonda bilimdan ulug,bilimdan aziz narsa yo’q. Insoniyat rivojiga o’z hissasini qo’shadigan bilimli kishilar hozir olimlar deb ataladilar. Olimlar tabiat va jamiyat bilan bog’liq hodisalarni o’rganadigan,ulardan xulosa chiqaradigan va qonuniyatlarni aniqlab,o’zidan keying avlodlarga yetkazadigan insonlardir. Ularning mehnati bilan bebaho fikrlar xazinasi bo’lmish kitoblar dunyoga kelgan. Qadimgi vaqtda esa olimlar donishmandlar deb atalib,ular bir necha sohalar bilan shug’ullanganlar. Shunday qomusiy sharq olimlaridan Abu Ali ibn Sino,Muhammad al-Xorazmiy,Abu Rayhon Beruniylarning yaratgan asarlari jahon ilm xazinasining poydevorlari hisoblanadi. Barcha kashfiyotlar,insoniyat erishgan yutuqlar va hozirgi taraqqiyot olimlarining mehnati natijasidir.

(130 so’z ,,O’zbek tili’’ darsligi)

Ilm xosiyati haqida

Hadisi Sharif va islomning boshqa muqaddas kitoblarida ilm ezgulik, poklik, insonlarni turli ofatlardan asrovchi vosita sifatida qaraladi. Ilm – bu hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik jaholatdir, deb uqtiriladi.

Ilm - imon-e’tiqoddir va ular egizak sanaladi. Har qanday ilmli kishi esa o’z bilimiga amal qilgan holda odamlarga to’g’ri yo’l ko’rsatib, maslahat bermog’i lozim. Ilm-u hikmatlar o’tkinchi bir narsa emas, u uzoq yillar insonlar bilan birga yashaydi.

Hikmatlarda ilmli kishi mevali daraxtga o’xshatiladi. Ilm kishilarni odillik va odamiylikka undaydi. Suv yer chanqog’ini qondirganidek, ilm ham kishilarga ezgulik,yaxshilik keltiradi.

Ilm va hikmat o’rganmoq mo’min kishining yuksak fazilatidir. Chunki ilm-kishilarga tayanch, rahnamo, zeb-u ziynat.

Ilm - sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg’uli onlarda madadkor.

(115 so’z. “Oz-oz o’rganib dono bo’lur”)

Sumalak

Sumalak – xushxo`r va tansiq taom. Sumalak tayyorlash uchun bug`doy tozalanib, sovuq suv bilan yuviladi. So`ng uch kun ivitib qo`yiladi. Bug`doy nish urgach, toza taxta ustiga 1-1,5 santimetr qalinlikda yoyilib, quyosh tushmaydigan joyga qo`yiladi. Bug`doy unib chiqqunga qadar har kuni ertalab suv sepib turiladi. Bug`doy maysasi igna bo`yi bo`lgach, maysa qiymalanadi, ustidan suv quyib aralashtiriladi, sharbati dokadan suzib olinadi. Shu tariqa sharbati uch marta olinadi. Qozonda paxta yog`i dog`lanadi, yoqqa un va birinchi suzilgan sharbat aralashtiriladi va baland olovda qaynatiladi. So`ngra, ikkinchi, uchinchi suzilgan sharbat quyilib, baland olovda qaynatish davom ettiriladi. Sumalak tagiga olmasligi uchun qozonga 15-20 ta yong`oq yoki silliq toshchalar yuvib solinadi va beto`xtov kovlab turiladi. Sumalak 10-12 soat qaynashi lozim. Sumalak pishgach, qozonning olovi olinib, 2-3 soat davomida dimlab qo`yiladi.



Inson quvvatlari

Odamzod ibtidosidan bo`ladigan quvvatlar so`zlash quvvati, tanlash quvvati, xayol quvvati, sezish quvvatlaridir. Bulardan so`zlash quvvati shunday quvvatki uning yordamida inson bilim va hunar egallaydi, uning yordamida xulq-atvoridagi xunuk va go`zal harakatlarni ajrata biladi va bajarilishi zarur bo`lgan –bo`lmagan ishlarni ado etadi, shu bilan birga zararli yoki foydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni fahmlaydi.

Tanlab olish xosiyatiga kelsak buning yordamida inson biror narsani istaydi yoki undan qochadi, unga beriladi yoki undan jirkanadi, undan ta’sirlanadi yoki tortinadi. Buning natijasida nafrat va muhabbat, do`stlik va dushmanlik, qo`rqinch va qo`rqmaslik, g`azab va rozilik kabi his–tuyg`uga oid holatlar paydo bo`ladi. Xayol etish xosiyati esa his etilgan, sezilgan narsalar ko`zdan yo`qolgandan keyin uning shakli va qiyofsini xotirada saqlab qolishdir.
Kitob – oftob

Kechqurunlari uyimizda hamma kechki ovqatga yig‘ilganida dasturxon atrofida suhbat qizib ketar edi.

Dadam shunda o‘zlarining yoshliklari o‘tgan zamondan, o‘sha biz uchun afsonaga o‘xshagan voqealarni aytib, ba`zan kuldirib, ba`zan o‘yga toldirib qo‘yar edilar.

Bu suhbatlar bir xil mavzularda bo‘lar edi.Ba`zan suhbatlar munozara, bahsga aylanib ketar edi.

Dadam bir pas bo‘sh vaqtlari bo‘lsa o‘qirdilar, mashinada ketayotib ham, samolyotda uchayotib ham, kemada suzayotib ham kitob o‘qir edilar. Agar bizning uyimizga keladigan gazeta, jurnallarning nomini eshitsangiz hayron bo‘lardingiz. Dadam obuna uchun pul ayamas edilar. Shuncha yozishlari, do‘stlari, qarindosh-urug‘lari, yor-birodarlari bilan muloqotda bo‘lishlaridan tashqari o‘qishga, albatta, vaqt topar edilar. Eng yaxshi ko‘rganlari kechasi o‘qish edi. Yotoqxonalarida tumboсhkada har kuni kechasi o‘qish uchun kitob g‘amlab qo‘yar edilar.

(113 ta so‘z)



Download 328.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling