Metodik tahlil
O’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan metodlarning maqsadga muvofiq ekanligi ta’limning turiga va yo’nalishiga qarab belgilanadi. O’quv materialini o’quvchilarga tushuntirish jarayonida qo’llanilgan metodlarning shu materialga mosligi yoki mos emasligi metodik tahlil davomida aniqlanadi.
U yoki bu fanning o’qitilishi metodik jihatdan tahlil etilganda, bir-biri bilan bog’liq bo’lgan quyidagi masalalar e’tiborda bo’lishi mumkin:
a) ta’limning maqsadi;
b) ta’limning mazmuni;
v)ta’limni tashkil etish shakllari;
g) ta’lim manbalari;
d) ta’lim metodlari.
Didaktik tahlil
Didaktik tahlil ta’lim turlari samaradorligini va uni belgilovchi qonunlarning darsda qanchalik to’g’ri va mukammal bajarilganligini tahlil qilish demakdir.
Didaktik vazifa – o’quvchilar faoliyatini boshqarish, u yoki bu fanni o’zlashtirish vositasi vazifasini bajaradi.
O’qituvchi tomonidan didaktik vazifani echish jarayoni – sub’ekt va ob’ekt o’rtasidagi o’zaro ta’sir jarayonidir. Ma’lumki, o’zaro ta’sir etish sub’ektni ham, ob’ektni ham o’zgartiradi. Bu esa nazariy bilim, ma’lum tushuncha, ko’nikma, malakalarni egallashga imkoniyat yaratadi.
Darsni didaktik jihatdan tahlil etishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
a) o’qituvchi bayonining sinf jamoasiga to’la tushunarli (ommabop) bo’lishi va bu bayonning o’quvchi ongiga etib borishi;
b) fikrning g’oyaviy jihatdan bugungi tarbiya talabiga mos bo’lishi;
v) barcha o’quvchilarning ongli ravishda o’zlashtirishlari;
g) fikrning izchilligi;
d) ko’rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan to’g’ri foydalanish;
e) ekskursiya, tajriba, laboratoriya ishlarining maqsadga yo’naltirilgan holda o’tishiga erishish;
yo) darslik bilan ishlashning to’g’ri bo’lishi;
j) misollarning ta’lim-tarbiya birligi mazmunining fonida yo’nalishi va boshqalar.
Shuningdek, dars tahlili davomida ta’lim-tarbiya birligi masalasiga ham diqqatni qaratish zarur, chunki u didaktik printsiplardan biri bo’lib, darslik, o’quv dasturlarining g’oyaviy negizidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |