Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi
-mavzu Yozuvchi tarjimai holini o'rganishda multimediya vositalaridan va internet ma'lumotlaridan foydalanish
Download 1.31 Mb.
|
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-asosiy savolning bayoni
9-mavzu Yozuvchi tarjimai holini o'rganishda multimediya vositalaridan va internet ma'lumotlaridan foydalanish
Reja: 1 Ijodkor hayoti va ijodini ta’lim bosqichlarida o’rganishning ahamiyati. Adib hayotini o’rganishning shakl va usullari. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: ijodiy faoliyat, Yozuvchi umrbayoni, adabiy meros, xronologik jadval, sho’rolar mafkurasi siquvi, shakl va usullar 1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Ijodkor tarjimai holini o’rganishning maqsad va asoslari haqida ma’dumot berish. Identiv o’quv maqsadlari:1. Badiiy asarni tahlil qilish jarayonida adibning o’z fikrlaridan foydalanish yo’llarini tushuntiradi. 2. Ijodkor hayoti va ijodini ta’lim bosqichlarida o’rganishning ahamiyati haqida so’zlaydi. Zamondosh ijodkorlarning hayotini o’rganishda qo’shimcha imkoniyatlar foydalanish yo’llari to’g’risida so’zlaydi. 1-asosiy savolning bayoni: Yuqori sinflarda yozuvchilarning tarjimai holi ijodiy faoliyati bilan bog’liq holda o’rganiladi. Bunda o’quvchilarning diqqat-e’tibori yozuvchining adabiyot rivojida, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o’rniga, ijtimoiy yuksalishning asosiy bosqichlariga jalb etiladi. Bu masalalar bo’yicha ma’lumotni o’quvchilar, asosan, darsda, yozuvchining hayoti va ijodi haqida qilinadigan ma’ruzadan oladilar, ayrim asarlarni o’qish va o’rganish bilan u haqida kengroq tushunchaga ega bo’ladilar. Adabiyot o’qituvchisi yuqori sinflarda yozuvchining hayoti va ijodi haqida ma’ruza qilishdan oldin o’quvchilarga uning VI -IX sinflarda va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’qigan asarlarini eslatadi. Chunonichi, IX sinfda Alisher Navoiyning hayoti va ijodini o’rganishga kirishishdan oldin V-VIII sinflarda o’qilgan ruboiy, tuyuq, qit’alarni va dostonlaridan olingan hikoyatlarni, ular haqida berilgan ma’lumotlarni eslatadi. Shundan keyin o’qituvchi Abdulla Qodiriyning o’zbek adabiyotida tutgan o’rni va roman janrining yuzaga kelishi, yozuvchining adabiyotimiz rivojidagi katta xizmatlari haqida ma’lumot beradi. Shundagina o’quvchilar Alisher Navoiy va Abdulla Qodiriyning adabiy va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi mavqei, o’z davrida ilg’or fikrlar targ’ibotchisi bo’lganligi, ularning dunyoqarashi haqida ma’lum tasavvurga ega bo’ladilar. Badiiy asarlarni o’rganishda uning muallifi haqidagi ma’lumotlar ham ayricha ahamiyat kasb etadi. Bu ma’lumotlar ko’pincha, asarning g’oyaviy-badiiy mazmunini teranroq anglashda, asarning ijtimoiy-estetik mohiyatini to’g’ri belgilashda yordam beradi. Mazkur ma’lumotlar qaerlardan olinadi? Ularni adiblarning o’zlari yozib qoldirgan tarjimai hollaridan, adib haqida aytilgan zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish-bilishlari va muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma holda etib kelgan manbalardan olinishi mumkin. Bu boradagi eng yaxshi omillardan yana biri adib va yozuvchilarning asarlarida saqlanib qolgan materiallardir. Masalan, Abdulla Oripov haqida gapirib turib, Erkin Vohidov shunday degan edi: «Barcha isyonkor shoirlar kabi Abdullaga ham oson bo’lgan emas. Qattol tuzum qamchisidan u ham omon qolmagan. Lekin ruhiy azoblar, siquvlar, ming iztiroblar so’nggida shoirga nasib bo’lgan kattakon baxt shuki, u xalqi mehrini qozondi, o’zi kurashgan ozodlik va mustaqillik g’oyasining kurtak yozganiga guvoh bo’ldi. Shoir uchun bundan ortiq saodat yo’q»62. Shoirning baxti uning dardkash qalbidagi inja tuyg’ularning samimiyligida, Vatan degan so’zning butun salmog’ini, zalvorini, shukuhini qalbining tub-tubi bilan teran anglaganidadir. Taniqli shoir Usmon Azim aytganidek, «Uning toza, yuksak, samimiy, hech kimu hech narsadan hayiqmaydigan ovozi birdan O’zbekistonni larzaga soldi. Abdulla Oripovning har bir satri, har bir she’ri bilan Adabiyot o’zbek adabiyotiga qayta boshladi. Shoirning birinchi kitobi misli ko’rilmagan hayajon bilan kutib olindi. G’ayrat va jasorat bilan yo’g’rilgan she’rlar yuraklarga, ruhlarga «Vatan» degan tug’yonning mangu hayot muhabbatini sochib o’tdi. Hozir biz «O’zbekiston - Vatanim manim» deb jo’ngina aytayotganimiz satrlarni, u paytlarda hasratu g’ussalar ichida ko’z yoshlarimiz tirqirab yod aytganlarimiz yodimda... Abdulla Oripov she’riyati sho’rolarning qudratli mafkurasi siquvi ostida sarosimada qolgan yuraklarga sharaf bilan yashashning yagona yo’li -Vatanni sevmoq ekanligini o’rgatishga xizmat qildi. Vatanni ozod ko’rishni istagan va keyinchalik bu yo’lda sa’yi harakatlar qilgan insonlarining ko’pchiligiga ham Abdulla Oripov she’riyati madad bo’lganiga guvohmiz. Abdulla Oripov she’riyati mustamlakachilik davrida ham o’zbekda oru nomus barqaror ekanligi haqida kelajakka ko’rsatadigan o’lmas hujjatlarimizdandir»63. Bunday fikrlardan adabiyot darslari jarayonida foydalanish o’quvchilarning badiiy adabiyotga, uning ijodkoriga nisbatan qiziqish va muhabbatini yanada kuchaytiradi. Badiiy asarni tahlil qilish jarayonida adibning o’z fikrlaridan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Masalan, Yusuf Xos Xojibning hayoti va ijodini o’rganishda bevosita uning o’z asari-«Qutadg’u bilig»ga murojaat qilish o’rinli bo’ladi. Buning asosiy sabablaridan biri adib haqida boshqa ilmiy, tarixiy manbalarda tegishli axborotlarning saqlanib qolinmagani yoki hozircha topilmay turishidir. Kitob muqadimasida adib o’zining tug’ilgan yurtini eslatib o’tadi: Munuqi turug’laq g’uz o’rdu eli, Tub-asli, nasabdin yurumish tili. Buning tug’ilgan eli, g’uz o’rdudir, Tub-asli, nasl-nasabdan tili so’z ochdi. Kitob Qashqar eligi - hukmdori Tavg’ach ulug’ Bug’roxonga tortiq qilinadi. Buning evaziga esa u Xos Xojiblik lavozimi bilan taqdirlanadi. Asardagi nasriy muqaddimada shunday deyiladi: «Ammo bu kitobni Qashg’arda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg’achxon uskinga kekurmish, malik ani ag’irlab, ulug’lab o’z Xos Xojibliki anga bermish turur. aning uchun Yusuf Ulug’ Xos Xojib teb atijavi yazilmish turur (ya’ni), «Ammo bu kitobni Qashqarda tutal qilib, Mashriq maliki Tavg’achxon dargohiga keltiribdi. Malik uni yorlaqab, ulug’lab, o’z (saroyida) Xos Xojiblik (lavozim)ini unga beribdi. Shuning uchun Yusuf Ulug’ Xos Xojib deb mashhur nomi tarqalibdi». Mana bunday muallif izohlari, zslatmalari badiiy ijodning o’ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun ham, adibning shaxsiyatiga aloqador bo’lgan ma’lumotlarni oydinlashtirish uchun ham, o’rni-o’rni bilan esa muayyan bir adabiy hodisaning ijtimoiy-estetik ahamiyatini tasavvur etish uchun ham favqulodda katta yordam berishi mumkin bo’ladi. «Yozuvchi, san’atkor oddiy kishilardan shu bilan ham farq etadiki, uning asarlarida hayot hodisalari, faktlar faqat qayd etilibgina qolmaydi. Har gal biror hodisa, fakt haqidagi hikoya - yozuvchining, san’atkorning shu narsaga, hodisaga, pirovardida- kishilarga ijobiy yoki salbiy munosabati bilan sug’orilgan bo’ladi. Bu «munosabat faktori» shunchalik muhimki, faqat ugina bizga hodisa haqida haqqoniy, mukammal, yorqin tasavvur bera oladi. San’atkorning ijobiy munosabati, mehri va muhabbati bilan qizdirilgan hayotiy fakt, xuddi endigina cho’g’dan olingan temirdek, o’z rangi, harorati, fazilatlari bilan hayratga solishi va tahsinimizga sazovor bo’lishi mumkin»64. Ta’lim jarayonida «Sayohatnoma» o’rganilyapti, deylik. Bunda muallifning tarjimai holiga, yoki yanada aniqrog’i shaxsiyatiga oid qaysi jihatlarga urg’u berilishi maqsadga muvofiq bo’ladi? Asar matni ustida ishlash asnosida muallif nuqtai nazarini aniqlashga imkon beradigan nuqtalarga o’quvchilar e’tiborini tortish, shu asosda muallif aytgan fikrlar zamiridagi aytilmagan nuqtalarni topishga imkon qidirish mumkin bo’ladi65. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling