Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi


Download 1.31 Mb.
bet40/60
Sana21.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1790692
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi

Adabiy ekskursiya, tashkil etishdan oldin, o’qituvchi asosiy maqsadni belgilab oladi. Mas.: VI-VII sinflarda biror yozuvchi tarjimai holini o’tgandan keyin, shu bobni mustahkamlash uchun muzeyga ekskursiya uyushtirishi mumkin.
Muhokama uchun savollar:
1. Adabiyot bo’yicha sinfdan tashqari ishlar, deganda nimalarni tushunasiz?
2. Nima uchun fakultativ mashg’ulotlarni tanlash ixtiyoriy, qatnashish majburiy?
3. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning qanday to’garaklar tuzish mumkin.
4. Adabiy ekskursiya qayerlarda o’tkiziladi?
5. Nima uchun fakultativ mashg’ulotlarda o’quvchilarga odatdagi yo’nalishda baho qo’yilmasligi kerak?


2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Dars jarayonida olgan bilimlarni to’ldirish hamda mustahkamlashga xizmat qiladigan sinfdan tashqari ishlar haqida ma’lumot berish.

Identiv o’quv maqsadlari:


1. Maktabdan tashqari ishlarni to’g’ri yo’lga qo’yishning ahamiyati haqida so’z yuritadi.
2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning eng muhimi sinfdan tashqari o’qishning pedagogika talablari xususida gapiradi.
3. Kitobxonlar konferentsiyalarini tashkil qilish yuzasidan fikrlarini umumlashtiradi.
2-asosiy savolning bayoni:
Adabiy o’qish va adabiyot yuzasidan sinf, maktabdan tashqari ishlar asosan sinfda dars jarayonida olgan bilimlarni to’ldirish hamda mustahkamlashga, o’quvchilarning dunyoqarashini yanada aniqroq, to’liqroq shakllantirishga xizmat qiladi.
Adabiyot darslarida o’quvchilarni qiziqtirishning muhim shartlaridan biri maktabdan tashqari ishlarni to’g’ri yo’lga qo’yishdir. Sinfdan tashqari o’qish, to’garak ishlari, o’quvchilarning adabiy – ijodiy mashg’ulotlari, adabiy – badiiy kechalar hamda ekskursiyalarga etarli darajada ahamiyat bermaslik, shubhasiz, o’quvchilar malakasiga, ulardagi bilimning chuqur va mustahkam bo’lishiga yomon ta’sir ko’rsatadi.
Maktabdan tashqari mashg’ulotlarning turlarini to’g’ri tashkil qilish va uyushtirish uchun o’quvchining sharoitini, maktabdan tashqaridagi mashg’ulotini, qisqacha aytganda, maktabdan tashqaridagi muhitini o’rganib chiqish va shularni hisobga olgan holda ish olib borish lozim.
O’quvchining qanday kitoblar o’qishi, bu kitoblarni qaerdan olishi, uning shaxsiy kutubxonasidagi kitoblarning xarakteri, kitob o’qishda kimlardan maslahat olishi, shu kitoblar uning yosh xususiyatiga qanchalik mosligi masalalarini puxta o’rganish har bir o’qituvchining muhim vazifasidir.
Adabiy o’qish va adabiyot yuzasidan mashg’ulot olib boradigan har bir o’qituvchi o’z predmeti doirasida maktabdan tashqari ishlarni o’rganishi, shunga qarab mashg’ulot davomida ayrim momentlarga e’tibor berishi, suhbatlar va o’quvchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan yozma insholar, ijodiy ishlar uyushtirish yo’li bilan o’z o’quvchisiga puxta bilim berishi zarur.
O’quvchilarning maktabdan tashqari mashg’ulotlarini o’rganish va uni to’g’ri uyushtirish maqsadida o’qituvchi maktab kutubxonasi bilan yaqin aloqada bo’lishi kerak. O’qituvchi o’z o’quvchilarining kutubxonaga a’zolik kartochkalarida yozilgan kitoblar bilan tanishadi, o’quvchilarning qanday kitoblarga qiziqishlarini kutubxona xodimlaridan aniqlaydi va, nihoyat, qanday kitoblarni berish lozimligini ko’rsatadi. O’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olish maqsadida ayrim asarlar yoki mavzular yuzasidan muhokamalar uyushtiradi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling