Teatr va kino
Teatrlarga ekskursiya qilish, sahna asarlarini jamoa bo’lib ko’rish ma’rifiy, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Xulosa qilib aytganda, kinoga ekskursiya qilish bemaqsad bo’lmasligi kerak, bu ekskursiya ma’lum maqsadni ko’zda tutishi lozim. Shuning uchun adabiyot o’kituvchisi kinoga ekskursiya qilishda o’quv-tarbiya ishini asosiy maqsad qilib olishi lozim.
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1. Sinfdan tashqari o’qishni to’g’ri uyushtirishning yo’llarinini aniqlang.
2. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning maqsad va vazifalarini tushuntiring
Adabiyotlar:
1. Dolimov S., Ubaydullaev H., Ahmedov Q. Adabiyot o’qitish metodikasi. -T.: «O’qituvchi», 1967.
2. Zunnunov A., Hotamov N., Ibrohimov A., Esonov J. Adabiyot o’qitish metodikasi. -T.: «O’qituvchi», 1992.
3. Yo’ldoshev Q., Madayev O., Abdurazzoqov A. Adabiyot o’qitish metodikasi. -T.: «Universitet», 1994.
4. Голубков В. В. Методика преподавания литературы. –Москва: Госучпедиз, 1962. С. 7
12-MAVZU: Adabiyotdan dars turlari. Adabiyot darslarini kuzatish va tahlil qilish
Reja:
1. Dars tahlilining a) ilmiy; b) metodik; v) didaktik; g) umumpedagogik singari turlari.
2. Kuzatilgan darsni to’g’ri qayd etishni o’rganish.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Dars tahlili, darslik materiallari, Ommaviy tusdagi dars, qo’shimcha dars, fakultativ darslar, yillik kalendar reja; 2) chorak bo’yicha reja; 3) tematik reja 4) ayrim dars rejasi, o’kuv qurollari.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Dars tahlilining: ilmiy tahlil, metodik tahlil, didaktik tahlil, umumpedagogik tahlil kabi turlari haqida tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Dars tahlilini guruhlarga bo’linishi haqida ma’lumot beradi.
2. O’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan metodlarning maqsadga muvofiq ekanligini izohlaydi.
3. Umumiy pedagogik tahlilning samaradorligi to’g’risida gapiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |