Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi
Download 1.31 Mb.
|
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi
1-asosiy savolning bayoni:
Dars tahlilini shartli ravishda quyidagi 4 ta katta guruhga bo’lish mumkin: ilmiy tahlil, metodik tahlil, didaktik tahlil, umumpedagogik tahlil. Ilmiy tahlil berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihatini, o’quvchi bajarayotgan mustaqil ishning esa maqsadga yo’nalishi jihatidan to’g’riligini aniqlash demakdir. Qoida va ta’riflarning to’g’ri bayon etilishi va mavzuga ilmiy yondashish bir-biridan ajralmagan holda tahlil qilinib, biri ikkinchisini to’ldiradi. Ilmiy-nazariy tushuncha, qoida, ta’rif va nazariy bilimlar, malaka va ko’nikmalarga doir savollarga o’quvchilar tomonidan berilgan javoblargina emas, balki sinfda savollarga javob berishdagi o’quvchilar faolligi ham ilmiy dars tahlilida eks etadi. O’qituvchi bayonidagi o’quvchi uchun yangilik bo’lgan qoida va ta’riflar dars tahlilida markaziy o’rinni egallaydi. O’qituvchi bayon etgan ta’rif yoki qoida o’quvchi uchun ilmiy bashorat kabi tuyuladi. Shuning uchun ham darsda bayon etilgan ta’rif va qoidalarga nisbatan bo’lgan o’quvchi va o’qituvchi faoliyati chuqur tahlil etilmog’i zarur. Qoida, ta’riflarning to’g’ri bayon etilishi ko’p jihatdan o’qituvchi nutqining ravonligiga, talaffuzidagi aniqlikka bog’liqdir. Shuni ham aytish kerakki, o’quvchi nutqida kamchilik bo’lsa, u o’z fikrini sinfdoshlariga va o’qituvchiga etkazishga qiynaladi, bu hol dars faolligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun ham dars tahlilida o’quvchi va o’qituvchi nutqini tahlil etish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O’quvchilar tafakkurining faolligi ularning savodini mustahkamlash, so’z boyligini oshirish bilan bevosita bog’liq. Bu o’rinda til darslarining rolini alohida ta’kidlash zarur. Dars tahlil qiluvchi darsning yaratilishidagi operatsiyalarni va ta’limning o’ziga xos xususiyatlarini to’la hisobga olmog’i kerak. O’quv predmetlarining o’ziga xos xususiyatlariga va pedagogik talablariga ko’ra darslar uch ko’rinishda bo’ladi: Ommaviy tusdagi dars. Qo’shimcha dars (ob’ektiv, sub’ektiv sabablarga ko’ra ayrim o’quvchilarning o’zlashtira olmasligining oldini olish. O’qituvchi kasalligi va boshqa sabablarga ko’ra o’tilmay qolib ketgan mavzularni o’tib, o’quv rejalarini me’yorlashtirish maqsadidagi dars). Bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida tashkil etilgan dars (fakultativ darslar). Bularning barchasida ham o’quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, mukammallashtirish nazarda tutiladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling