Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU Maktabgacha ta’lim yo`nalishi sirtqi bo`limi 20/11- guruh talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti”dan sessiya oraliq nazorat ishi
19-variant
Topshiriqlar:
Matnni bo`g`inlarga ajratish va urg`usini qo`yish.
Tagiga chizilgan so`zni fonetik tahlil qilish.
Matndagi so`zlarni morfemik tahlil qilish.
Matndagi gaplarni so`z birikmasiga ajratib tahlil qilish.
Matndagi gaplarni sintaktik tahlil qilish
Matn.
1.Kampir yangi ko’rpacha solib, Abdullani o’tkazar ekan, sevinchi ichiga sig’may, shang’illab gapirar, Abdulla esa javob berishga ulgurolmay jilmayardi. ( O’.U.). 2. Ikkitasi o’lgudek qo’rqoq, darrov juftakni rostlashadi. (V.Sh.) 3. Qitir-qitirdan Umida qayta uyg’onib ketdi shekilli, norozi to’ng’illadi. (O’ Hoshimov). 4. Zohid xotinining amriga bo’ysunib chap tomonga yonboshladi. (T.M.). 5. Endi qo’yib ber, men yashashim kerak. ( O’.U.). 6. Darvoqe, bizgao’xshash ashaddiy kissavurlarni ko’proq kun qushlarimas, tun qushlari deb atashsa, yarashadi. (V.Sh.). 7. 1967-yilning jazirama yoz kunlaridan birida Mingbuloqqa kiraverishdagi oq tunukat omli uyning eshigini yosh bir yigit taqillatdi. ( O’.U.). 8. Yo’q, oshna , men sendan ayrilib qolgim kelmaydi. (T.Murod.).
Do'stlaringiz bilan baham: |