Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

386-mashq. O‘qing. Gaplardagi izohlovchilarni topib, izohlanmish bilan birga 
ko‘chiring va izohlovchining ma’nosini tushuntiring. 
1. Usta Olim o‘z uyiga do‘kon qurgan ekan, ginalab yurmasin, deb 
fotihaga kelgan edim. (A. Qodiriy) 2. Mahallada, shoir Shukrullo taxta 


185 
imorat qurib, ko‘chamizning husnini buzdi, unda did yo‘q ekan-ku, de-
gan gap tarqalibdi. (Shukrullo) 3. Butun borliq og‘ir uyquga cho‘mgan-
day. Faqat Begmat boyo‘g‘ligina uxlayolmasdi. (O‘. Usmonov)  
4. Do‘stining dov-daragini surishtirish uchun Qoratoy temirchi yelib-
yugurdi. (Oybek) 5. O‘zbek sistemaviy tilshunosligining shakllanishi va 
rivojlanishi professor Abdulhamid Nurmonovning nomi bilan bevosita 
bog‘liq. (“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali) 6. Biz o‘zimiz yashab 
turgan mamlakatni ona-Vatan deb ataymiz. (M. Hamidova) 7. Qo‘qon-
da nomerda bir o‘ris injener bilan tanishdim. (Oybek) 8. Bilasan-ku
G‘anijon akam mo‘min-qobil, mehnatkash, zehni baland yigit edi. (Oy-
bek) 9. Saodat xola bir bo‘yracha joydagi jo‘xorizordan uch-to‘rtta so‘ta 
olib kelgan edi. (H. Nuriy) 10. Soli sovuq mingboshining o‘ng qo‘li 
bo‘lsa, Juman pismiq Soli sovuqning o‘ng qo‘li. (M. Ismoiliy) 11. Orol-
ni asrash komitetining tashabbusi bilan O‘zbekiston melioratsiya va suv 
xo‘jaligi vaziri K. Sapaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. (Gazetadan)
12. Xolasi chevar-jomado‘z edi. (Oybek) 13. Hovli eshigidan yosh-yosh 
o‘g‘il va qiz bolalar chuvullashib chiqishdi. (Oybek) 14. Yubiley 
komissiyasining raisi – bosh injener Umrzoq minbarga chiqdi. (S. Ah-
mad) 15. Ko‘prikdan qochib ketayotgan oxirgi soldatlar orasida nemis 
kapitanining mundiri ko‘rinib koldi. (I. Rahim) 16. Norin daryosi tog‘ 
oralaridan buralib, ko‘pirib oqib chiqyapti. (S. Ahmad) 17. Men “Tafak-
kur” jurnalini sevib mutolaa qilaman. 18. Navoiy ko‘chasi tun qo‘ynida 
g‘oyatda so‘lim edi: behisob chiroqlar yulduzdek miltirab yonib 
yotibdi. (Mirmuhsin) 19. Ular Kamoliddin Behzod nomidagi Rassomlik 
va dizayn institutiga imtiyozli tarzda, imtihonsiz qabul qilinadilar. 
(Gazetadan) 20. Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat o‘z vatandosh-
larini zamonaviy bilimlarni puxta egallash va ilg‘or xalqlar qatoridan 
o‘rin olishga chaqirgan. 
387-mashq. Berilgan namunalar asosida izohlovchili birikmalarga besh-oltita-
dan misol toping. Topgan misollaringizni qatnashtirib 4-5 ta gap tuzing. 
1) direktor Qodirov, professor Ne’matov, … 
2) qirg‘iz ayol, o‘zbek shoiri, … 
3) ayol qo‘shiqchi, erkak shaxmatchi, … 
4) oshpaz Mamat, Nodir duradgor, shoir Abdulla Oripov, … 
5) Salim chaqqon, Halim puchuq, Ahmad kalla, … 
6) Baykal ko‘li, Zarafshon daryosi, …. 


186 
7) “Yoshlik” jurnali, “Ma’rifat” gazetasi, … 
8) Navoiy ko‘chasi, Muqimiy nomidagi teatr, … 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling