194
Savollar:
1. Gapning ajratilgan bo‘lagi deganda nima tushuniladi?
2. Gapning qaysi bo‘laklari ajratilishi mumkin?
407-mashq. Gaplarni o‘qing. Kerakli o‘rinlarga tinish belgilarini qo‘yib ko‘-
chiring.
1. Uzoqda tog‘ yonbag‘irlarida behisob qorako‘l qo‘ylari o‘tlaydi.
(Mirmuhsin) 2. Unsin qo‘lidagi tugunni bir eski paxtalik nimcha, bir
chit ko‘ylak, onasidan qolgan eski shol ro‘molni akasiga berdi.
(Oybek)
3. Toshkentda respublikamiz poytaxtida metro qatnovi yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan. 4. Biz ya’ni ota-bola tramvaydan tushdik.
(G‘. G‘ulom)
5.
Endi odamlar otliq, piyoda, yosh-qari uchray boshladi.
(Oybek).
6. Men G‘ani Jo‘rayev 1978-yilda tug‘ilganman. 7. Otam Safar Barno-
yev bolalar yozuvchisi.
408-mashq. Gaplarni o‘qing. Ajratilgan izoh to‘ldiruvchini aniqlang.
1. Nerv to‘qimasi nerv hujayralaridan, ya’ni neyronlardan hosil bo‘-
ladi, neyronlar esa tana va o‘simtalardan iborat.
(«Anatomiya» kitobi-
dan) 2. Odam tanasida A vitamini faqat boshqa biror moddadan, chu-
nonchi, sabzavotlar, ko‘katlardan ajralib
chiqadigan karotin degan
moddadan hosil bo‘ladi.
(F. Mahkamov) 3. Suvga, uning oynaday tiniq-
ligiga G‘ulomjon juda havaslanib qarab turdi.
(M. Ismoiliy) 4. Siddiqa
dorilarning xillari, dozalarini, ya’ni qaysi dorida qanday aralashmalar
borligini va bu aralashmalar miqdori qancha ekanligini ham ayta oladi.
(N. Hakimova) 5. U kishi rayhonni, ayniqsa Namangan sadarayhonini
juda xush ko‘rardi.
(«Guldasta» to‘plamidan) 6. Smetana tarkibida sut
yog‘idan tashqari oqsil,
sut qandi, organik kislotalar,
mineral tuzlar,
shuningdek, vitaminlar mavjud.
(«O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi»-
dan)
Ajratilgan izoh to‘ldiruvchi ishtirok etgan ikkita gap tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: