193
daraxtlar: nok, o‘rik, behi, jiyda va hokazo anchagina.
(Oybek) 3. Ilon-
lardan tashqari turli xil hasharotlar:
beshiktervatar, qora chigirtka,
ninachi va boshqalar ham o‘z rivojlanishi davomida qobig‘ini yangi-
laydi.
(«Fan va turmush» jurnalidan) 4.
Fidokorlik, tashkilotchilik,
kamtarlik, odamshavandalik – bularning hammasi talantli olimlarga xos
fazilat.
(«Yoshlik» jurnalidan)
405-mashq. Umumlashtiruvchi bo‘laklarni toping va
tushirilgan tinish belgi-
larini qo‘yib ko‘chiring.
1. Olimovning hikoyasi bolalarning zehnida shunday taassurot qol-
dirdi: issiq bilan sovuq, qor bilan yomg‘ir, suv bilan havo, o‘simlik va
hayvonlar bularning hammasi tabiatdagi qazish, o‘yish, yemirish kuch-
lari hisoblanar ekan..
(H. Nazir) 2. Xonaning burchagida Me’morning
asboblari o‘lchovlar.. andoza, kurak, tesha, tabar, cho‘qmorlar ham
to‘plab qo‘yilgan.
(Mirmuhsin) 3. Yo‘lning ikki chetida esa har xil
daraxtlar: sambittollar, kallakdor tutlar qad ko‘targan.
(Sh. Toshmatov)
4.
Ichkilik, bezorilik,
buzilish, odobsizlik hammasi bekorchilikdan
kelib chiqadi.
(A. Muxtor) 5.
Gilmoya tabiatda har xil oq, kulrang,
qo‘ng‘ir va boshqa ranglarda uchraydi.
(M. Zokirov) 6. O‘sh tog‘lari,
qo‘rqinch jarlari, jilg‘alari, adirlari barchasi bizga ko‘pdan oshna.
(Mirtemir) 7. Har qanday yaraga dori bo‘lgan balzammoy,
qalam-
pirmunchoq, tomirdori, qo‘yingchi, hamma narsa bor.
(G‘. G‘ulom)
Do'stlaringiz bilan baham: