Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

400-mashq. Uyushiq to‘ldiruvchilarni aniqlab, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga 
ko‘chiring. 
1. Sidiqjon bolaligi o‘tgan tor ko‘chalarni, qishloq, anhor bo‘ylarini, 
sigir boqqan joylarini borib ko‘rdi. (A. Qahhor) 2. Xiyobonlar bola ye-
taklagan ayollar, qo‘ltiqlashib yurgan yosh-yalanglar bilan to‘la.
(S. Zunnunova) 3. Azizbek bo‘lsa javohir qadalgan tojlar, oltin taxtlar, 
nozanin parivashlar, dongdor mahramlar haqidagina o‘ylar edi. (A. Qo-
diriy) 4. Do‘stim, hayotga chuqurroq qarasangiz, to‘g‘ri bilan egrini 
ayira bilasiz.. (Oybek) 5. Men sizga o‘g‘ilman, farzandingizman. Uri-
shishga, so‘kishga, tergashga haqqingiz bor. (S. Ahmad) 6. Elmurod-
ning qalbini bu xat ezib yubordi. Onasining tog‘day yuragi, quyoshday 
issiq mehri oldida o‘zini ojiz sezganday bo‘ldi. (Shuhrat) 
401-mashq. Uyushiq aniqlovchilarni topib, ma’no turi va qaysi so‘zga bog‘-
lanayotganini ayting. 
1. Yoz kunlari Maxdumning hovlisi oq, nimrang, ola, zangor, malla, 
lojuvard va boshqa tus kapalaklarning yalt-yult uchishlari bilan alohida 
bir ko‘rinishga kirar edi. (A. Qodiriy) 2. Jambil, rayhonning isi yetti 
mahalla naridan dimoqqa uriladi. (Shukrullo) 3. Alifbo – inson hayoti-
ning, inson kamolining eng buyuk ijodiyoti; jahon madaniyati, butun 
ilm, o‘lmas badiiy, falsafiy, axloqiy boyliklar shu harflarga asoslangan. 
(K. Yashin) 4. Qurbon ota yelib-yugurib, sal kunda qishki va yozgi 
choyxonaning kam-ko‘stini to‘g‘rilab oldi. (A. Qahhor) 
402-mashq. Uyushiq va uyushmagan aniqlovchilarni topib, farqini tushun-
tiring. 
1. Keng, tekis ko‘chaga uzoqdan chiroqlar tuman ichida xira, sovuq 
nur sepadi. (Oybek) 2. Ikki yonida adil teraklar shovullagan keng asfalt 
yo‘l. (H. G‘ulom) 3. Naq shu pallada darvozadan katta qora sigir shata-
loq otib, orqasidan bir kishini surib kirdi. (Oybek) 4. Katta, keng gulzor-
lar orasidan o‘tib, serpanjara, hashamatli bino oldida to‘xtadilar. (Oy-
bek) 5. Erta nahor chog‘ida, dengizning yoqimli orombaxsh mayin sha-
moli esib turganda.. Kaspiy ajib jilvagar ko‘rinardi. (N. Safarov)  
6. Juvon yoqimli, shikasta tovush bilan xirgoyi qilardi. (S. Ahmad)
7. Poytaxtimizda ko‘p qavatli osmono‘par binolar, istirohat bog‘lari, 


192 
mehmonxonalar bor. (M. Hamidova) 8. Tol kurtaklari yorilib, undan 
bo‘z momiq g‘unchalar chiqadi. (M. Alaviya)  

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling