Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 392-mashq.
390-mashq. Sabab va maqsad hollarini topib, ifodalanishini tushuntiring.
1. Kambag‘al dehqonlarning qancha-qancha ziroatlari suvsizlikdan qurib ketgan. (H. Nosirova) 2. Issig‘im balandligidan suv ustiga suv ichar edim. (M. Ismoiliy) 3. Saidg‘ozi o‘tirganlarning diqqatini tortish uchun tomoq qirib yo‘taldi. (S. Anorboyev) 4. Qishlog‘imiz katta bo‘l- magani uchun doktorxona yo‘q. Ammo apteka bor. (A. Ko‘chimov) 5. Maqol fikrni ixcham, lo‘nda, obrazli qilib berganligi sababli uzoq yodda saqlanadi. 6. Minglab kishilar suvning yo‘lini to‘sish maqsadida g‘ov va dambalar qurdi. (“Fan va turmush” jurnalidan) 7. Raketalar tufayli biz Quyosh sistemasini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldik. (“Fan va turmush” jurnalidan) 8. O‘tgan yil bahorda qurtga barg kes- gani tutga chiqdim. (A. Qahhor) 391-mashq. Vaziyat va miqdor-daraja hollarini topib, ifodalanishini tushun- tiring. 1. Ko‘chalar qanotidagi ariqlarda zilol suvlar sharqirab oqib turibdi. (L. Ergashev) 2. Nazokatning yuzi bo‘zdek oqardi. (A. Muxtor) 3. Uy- ro‘zg‘orga ham epchil: yaxshi kiyinadi, yaxshi yeydi. O‘n kulib, bir gapiradi. (Oydin) 4. Derazamning oldida bir tup O‘rik oppoq bo‘lib gulladi. (H. Olimjon) 5. Davron bir necha marta narkoz ta’sirida bo‘ldi, ikki marta operatsiya qilishdi. (T. Rustamov) 6. Oydinda chiroyli yiltiragan chillaki luchchak shaftolilar duv-duv to‘kildi. (Oybek) 7. Bu hazildan faqat Risolat kuldi. Dangal va chiroyli kular edi. (F. Musajonov) 8. Namxush havoda qish 188 uyqusini tark etgan tuproqning mayin isi ohista qanot qoqadi. (O‘. Ho- shimov) 9. Adolat xamirni yoyib, soch tolasiday ingichka, chiroyli qilib kesib berdi. (S. Zunnunova) 10. Gapni kam so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla. (Maqol) 392-mashq. Gaplardagi sifatlovchi aniqlovchi va vaziyat hollarini aniqlab, farqini tushuntiring. 1. Bunaqa chiroyli qizni umrim bino bo‘lib ko‘rmaganman. (O‘. Ho- shimov) 2. Gulandom «siz bilasiz» degan kabi, qoshi bilan chiroyli imo qildi. (Oybek) 3. Hamma yoq serqatnov, ravon yo‘l, hammayoq adil imoratlar, qasrlar, bog‘lar, fontanlar.. (H. G‘ulom) 4. Kechasi charx- palak yangi joyga ko‘chirildi va tongotarda dashtga bir jo‘yak suv ravon oqdi. (I. Rahim) 5. Narigi qirg‘oqdagi mevazorlar-da o‘rik, olcha, olma, shaftolilar qiyg‘os gullab yotibdi. (H. G‘ulom) 6. O‘choqdagi o‘tni asta- sekin kul bosdi. (Oybek) 7. Yarim soatdan keyin haligi yigit, yaydoq ot ustida o‘qday uchib o‘tdi. (A. Muxtor) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling