Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 415-mashq.
412-mashq. O‘qing. Ajratilgan bo‘laklarni topib, tinish belgilariga diqqat qi- ling. Namunadan foydalanib, tarjimayi holingizni yozing. Men – Zarina Tursunova, 1992-yil 23-martda Buxoro viloyatining Jondor tumanida tug‘ilganman. Otam – Ochil Tursunov, kasalxonada shifokor bo‘lib ishlaydi. Onam – Nazira Tursunova, maktabda o‘qituvchi. Akam – Nodir Tursunov, fermer. 196 Men 2013-yilda Buxoro davlat universitetining boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirdim. Hozir shu yo‘nalishning 3-kursida o‘qiyapman. 2015. 20. 11 (imzo) Z. Tursunova Undalma 413-mashq. Gaplarni o‘qing. Undalmani aniqlab, nutq kim yoki nimaga qara- tilayotganini izohlang. 1. – Tog‘a, bu uzumlarni qanday qilib yetishtirdingiz? (N. Maqsudiy) 2. Quyosh, nuring to‘ka ber mo‘l-ko‘l! Bahor, ketma bizning bog‘lardan. (Oybek) 3. Bu tol ilgari yo‘q edi-ku, qachon ekkansiz, dada? (O. Husanov) 4. – Hoy, qo‘shni, turing, qochamiz! – Yurtdan, eldan ayrilib qayerga qochamiz, qo‘shni! (“Oltmish gaz arqon” ertagidan) 5. – Ey, soy, menga suv ber. Ekinimni sug‘oray. (“Soy suvi haqida ertakdan”) 6. – Chida, o‘g‘lim, chida. Shaharga tushaverishda buloq bor. (Sh. Xolmir- zayev) 7. – Yo‘lda charchagan ko‘rinasiz, Kumush. (A. Qodiriy) 7. Qani ayt, maqsading nimadir sening? Nechun tilkalaysan bag‘rimni, ohang? (A. Oripov) Savollar: 1. Undalma deganda nimani tushunasiz? 2. Insondan boshqa narsalarning nomini bildirgan so‘zlar ham undalma bo‘lib kelishi mumkinmi? 3. Undalmaning egadan farqi nimada? 414-mashq. Undalmalarni topib, tinish belgilarini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. 1. – Oyi sariq gulli ko‘ylagim qani? Tezroq topib bering. (M. Muro- dov) 2. – Bobo, bobo Kim odobli, menmi yoki Shuhratmi? (X. To‘xta- boyev) 3. – Tur o‘glim shaharni yov bosdi. El-yurt qo‘zg‘aldi. “Oltmish gaz arqon” ertagidan) 4. – O‘-o‘ Yolqinjon kelganing juda yaxshi bo‘- libdi-da. (N. Maqsudiy) 5. Shunday qilsang, xafa bo‘lmayman bolam. (M. Ismoiliy) 6. Endi mehmonlar aybga buyurmaysizlar, mening qila- digan ishim, boradigan yerim ko‘p. (A. Qahhor) 197 415-mashq. Gap boshida kelgan undalmalarni gap o‘rtasida va gap oxirida keltirib, gaplarni ko‘chiring, zarur tinish belgilarini qo‘ying. 1. Do‘stim, hayotga chuqurroq qarasangiz, to‘g‘ri bilan egrini ayira bilasiz. (Oybek) 2. Ota, tashvish tortmang, sal o‘tmay otday bo‘lib keta- siz. 3. Bilasizmi, Mansur aka, maktabni bitirib, institutga kirmoqchi- man. (O‘. Hoshimov) 416-mashq. Har bir gapning egasini undalmaga aylantirib, gapni qayta tuzib ko‘chiring, zarur tinish belgilarini qo‘ying. 1. Talabalar badiiy asarlarni muntazam ravishda o‘qib turibdi. 2. Dil- dora maqola yozishni o‘rganyapti. 3. O‘g‘lim xushfe’l va xushmuo- mala. 4. Talabalar gazeta va jurnallarga obuna bo‘lyapti. 5. G‘ani xola- sini bekatgacha kuzatib qo‘ydi. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling