Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Savollar:
1. Kirish so‘z nima? 
2. Kirish so‘z qanday tinish belgisi bilan ajratiladi? 
3. Kirish so‘zlarni ma’nosiga ko‘ra qanday guruhlarga ajratish mumkin? 
419-mashq. “Kitob – hayotni o‘rgatuvchi ustoz” mavzusida matn tuzing. Unda 
kirish so‘zlardan foydalaning. 
 
420-mashq. O‘qing. Kiritma gaplarni aniqlab, ularning gap mazmuniga qan-
day qo‘shimcha axborot kiritayotganini izohlang. 
1. Bu gapni Anvarga (sen uni bilasan) aytgan edim. 2. Mirzakarim-
boy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko‘rar 
edi), ba’zan ichida faxrlanardi. (Oybek) 3. Azamatlar o‘nlab aravalarga 
va ikki mashinaga (o‘n kun avval yana bir yuk mashinasi olingan edi) 
har nav yuklarni ildamlik bilan ortmoqda edilar. (Oybek) 4. Toshkent 
tinchlangandan keyin (agar salomat bo‘lsam) o‘zim xabar yuboraman. 
(A. Qodiriy) 
Bir bosh bo‘lakli gap 
421-mashq. O‘qing. Bir bosh bo‘lakli va ikki bosh bo‘lakli gaplarni aniqlang. 
1. Anavi kuni mendan xafa bo‘ldingiz-a.. (O‘. Hoshimov) 2. Endi 
men Husan aka bilan baqamti o‘tirib gaplashishni istardim. (Sh. Xol-
mirzayev) 3. Oldin daryoning chuqur, sayoz joylarini bilish kerak. 
(Oybek) 4. Har kim o‘z vazifasini bilishi kerak. 5. Qushlar parr etib 
osmonga ko‘tarildi. (Oybek) 6. Tag‘in bir marta Tal’atning oldiga bori-
shiga to‘g‘ri keladi. (O‘. Hoshimov) 7. Otabek o‘zining yolg‘onlashidan 
vijdoni oldida qizarindi. (A. Qodiriy) 8. Marhumlarning xotirasiga 
o‘tkaziladigan ma’rakalarga azadordan ko‘ngil so‘rash uchun boriladi, 
aslida. 9. Kimningdir ko‘nglida bahor gulladi. Kimdir kimgadir intizor 
bo‘ldi. (O‘. Hoshimov) 

 Savollar: 
1. Bir bosh bo‘lakli gap deganda nimani tushunasiz? 
2. Bir bosh bo‘lakli gapning qanday turlari bor? 
422-mashq. O‘qing. Shaxsi ma’lum gaplarni ko‘chirib yozing. 


200 
1. Men bo‘lgan voqeani aytib berdim. (T. Ashurov)
2. Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo. (A. Oripov) 
3. Sinfimiz bolalar kulgisidan zirillab ketdi. (T. Murod) 4. Be, bo‘l-
mag‘ur gapni qo‘ysangiz-chi. Eshitmasangiz, ko‘rmasangiz, qayoqdan 
bilasiz! (P. Tursun) 5. Biz bari bir bahorni har gal sog‘inib kutib olamiz. 
(«Saodat» jurnalidan) 6. Ovqatni Komiljon kelganda suzasan, jamoat 
jam bo‘lib ichamiz. (I. Rahim) 7. Yo‘lning ikki yoqasida teraklar sho-
vullaydi, bulbullar sayraydi. (H. G‘ulom)  
423-mashq. Shaxsi ma’lum gaplar tuzing. So‘ng ulardan egasi ifodalangan 
gaplar hosil qiling. 
Namuna: Xalqimiz an’analarini chuqur o‘rganamiz. – Biz xalqimiz an’ana-
larini chuqur o‘rganamiz. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling