206
438-mashq. 1-topshiriq. Berilgan qo‘shma
gaplardagi kesim ergash gap
qismini aniqlang. Bosh gap tarkibidagi kesim tobe gapga ishora qiluvchi qismni
aniqlang.
1. Ona tilini maktabda o‘qitishdan maqsad shuki, o‘quvchilar mus-
taqil fikrlashni o‘rganishsin, ona tilining cheksiz imkoniyatlaridan foy-
dalana olishsin. 2. Kitob oyligining o‘ziga
xos xususiyati shundaki,
ko‘pdan buyon harakatsiz yotgan eski kitoblarga
ikkinchi umr baxsh
etiladi. 3. Kishi ismlari imlosiga xos bo‘lgan yana bir xususiyat shun-
daki, ba’zi so‘zlar ismga ko‘chgach, so‘zning
talaffuzida ham ayrim
o‘zgarishlar yuz beradi.
(E.
Begmatov) 4. Senga beradigan maslahatim
va nasihatim shuki, umidsizlikka tushma.
(S. Ayniy) 5. Vazifa shundan
iboratki, poytaxtimizning har muyulishi, har ko‘chasi doim ozoda, do-
im botartib bo‘lishi zarur. 6.
Shunday qilish kerakki,
xamirdan qilni
beozor tortib olishday bo‘lsin.
(A. Hakimov)
2-topshiriq.Yuqoridagi gaplardan kesimi kengaygan birikma bilan ifodalangan
sodda gaplar hosil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: