Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
435-mashq. Berilgan gaplardagi ayiruv bog‘lovchilarining vazifasi va ifoda-
layotgan ma’nosini izohlang. Zarur o‘rinda tinish belgisini qo‘yib gaplarni ko‘chi-
ring. 
1. Narigi uydan dam pianino ovozi eshitilar, dam qizlarning kulgisi 
jaranglar edi. (S. Zunnunova) 2. Yo‘lchi ertadan kechgacha dam u 
ekinda, dam bu ekinda Qambar bilan birga ishlaydi. (Oybek) 3. Ikki 
atrofda paxtasining cho‘g‘i qochgan dalalar goh cho‘p bo‘lib g‘o‘za-
poyasi qolgan, goh paxtasi egatlarga oqib tushgan paykallar bilan alma-
shinadi. (M. Mansurov) 4. Shaftolizorda sa’vaning goh fig‘onli nolasi, 
goh shiddatkor chaqchaqi tinmaydi. (S. Ahmad) 5. Goh derazaga olov 
urilgandek bo‘ladi, goh tomda tunuka ustida nimalardir dahshat bilan 
yugurayotgandek tuyulardi. (S. Zunnunova) 6. Poyezd sekinlab, goh 
to‘xtab, goh jadallab, qor bosgan bepoyon sahrodan borar edi. (A. Qah-
hor) 7. Goh bo‘ron o‘kirar, goh bo‘ralar qor. Chinorlar dosh bermay, 
beli dol bo‘lar. (Mirtemir) 8. Aytishlaricha, butun Yaponiyada bir necha 
million kimono bo‘lsa ham, yo rangida, yoki gullarida, yoki bichimida 
albatta tafovut bo‘ladi. (H. Hasanov) 9. Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo 
hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat yo falokat 
masalasidur. (A. Avloniy) 10. Bu fe’ling bo‘lsa, yo murodingga etasan, 
yo boshingni yeysan. (S. Siyoyev)
 
 


205 
Ergashgan qo‘shma gap 
436-mashq. O‘qing. Ergashgan qo‘shma gaplarni topib, bosh va ergash gapni 
ko‘rsating.
1. Quyosh tikkaga kelib, ayovsiz qizdirayotgani uchun, har yer-har 
yerda soyabonlar tikilgan. (N. Aminov) 2. Dehqonlar bilishadiki, bema-
hal yog‘gan yomg‘ir g‘o‘zaga shira tushirib yuboradi. (H. Nazir)
3. Organizmda vitaminlar yetarli bo‘l-masa, turli avitaminoz kasalliklar 
yuzaga chiqadi. (N. Ismoilov) 3. Navro‘z arafasida keksalar oq kiyim 
tayyorlashadi, yoshlar rang-barang gulli ko‘ylaklar tiktirishadi. (“Sao-
dat” jurnalidan) 4. Ilm-hunar shunday beminnat mulkki, odamga hech 
qachon ularning og‘irligi tushmaydi. (R. Usmonov) 5. Agar stenogra-
fistka qiz ush-lab qolmaganida, deraza tagidagi guli qurib qolgan tuvak-
ka boshi bilan urilardi. (S. Ahmad) 6. Onam bilan manim baxtimga kut-
magan joydan mo‘jizadek bu maktub topildi-da, men xizmatingizga 
yugurdim. (A. Qodiriy) 7. Biror soha yo‘qki, unga o‘qituvchining bevo-
sita yoki bilvosita qo‘shgan hissasi bo‘lmasin. (R.Usmonov) 8. O‘qi-
tuvchiga kibr-u havo va takabburlik aslo yarashmaydi, chunki yosh av-
lod undan ibrat oladi. (R. Usmonov) 9. Laganlar bo‘shayotganda, eshik-
dan sersavlat bir qora odam kirib keldi. (P. Tursun) 10. Otabek keyingi 
vaqtlarda savdoga yurishni tark qilib qo‘ygani uchun Hasanali ishsiz 
qolgan. (A. Qodiriy) 11. Anvar xususiy hayoti, ayniqsa, Ra’noga alo-
qasidan hech kimga og‘iz ochmas edi. (A. Qodiriy) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling