Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 457-mashq.
- 458-mashq.
456-mashq. Berilgan natija ergash gapli qo‘shma gaplardagi bosh va ergash gapni aniqlang. Natija ergash gapning bosh gapga nima yordamida bog‘langanini ayting. 1. Havo shu qadar issiq, dim ediki, ertalab o‘rilgan pichan kechgacha shaqirlab qurib qoldi. (S. Anorboyev) 2. Do‘l bir zumda shunday jada- liga oldiki, yer oppoq bo‘ldi. (Sh. Rashidov) 3. Safar qaridi. G‘ulomjon aka yurtini shunchalik sog‘ingan ediki, har eslaganda, yurak-bag‘ri ezilib ketardi. (J. Abdullaxonov) 4. Qop-qorong‘i tun shu qadar tinch va sokin ediki, hatto har bir sharpa ham bahuzur eshitilib turardi. (R. Fay- ziy) 5. Azimboy shunday zulm o‘tkazdiki, oqibatda xalqning sabr kosasi to‘ldi. (S. Anorboyev) 457-mashq. Quyidagi sodda gaplardan natija ergash gapli qo‘shma gap hosil qiling. 1. Ba’zan odamning ruhida yengillik paydo bo‘ladi. Qanot chiqazib, olis ufqlarga uchib ketging keladi. 2. Poyezd tez yurib borardi. Atrofdagi narsalarni ko‘z ilg‘amasdi. 3. Ba’zan shamol kuchli esadi. Unga qarshi yurish mumkin bo‘lmay qoladi. 4. Ovoz juda tiniq, dilrabo edi. Muhabbat hayajondan entikib ketdi. 5. Nodirjon kitobga juda qiziqib qoldi. Ko‘ziga uyqu ham kelmay qoldi. 458-mashq. 1-topshiriq. Berilgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar- dagi bosh va ergash gapni aniqlang. To‘ldiruvchi ergash gapning bosh gapga nima yordamida bog‘langanini ayting. 1. Shuni bilingki, xalq o‘z ishini bilib qiladi. (Oybek) 2. Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. (Maqol) 3. Biz shunga erishmog‘imiz kerakki, birorta ham bola sababsiz dars qoldirmasin. 4. Xalqimiz tu- shundiki, istiqlolni saqlash, uni rivojlantirish oson emas ekan. 5. Kim umumning manfaati uchun xizmat qilsa, uni xalq hamisha qo‘llab- quvvatlaydi. 6. Kuyovingizning qiziq tabiatini shundan ham yaxshi bilib olsangiz bo‘lardiki, shu choqqacha ota-onalari ham bu fojiadan 213 xabarsiz ekanlar. (A. Qodiriy) 7. Kishilar istaydiki, yer yuzi gulbo- g‘ining musaffo havosidan hamma bo‘lsin bahramand. (G‘. G‘ulom) 2-topshiriq. Yuqorida berilgan qo‘shma gaplardan to‘ldiruvchi kengaygan bilan ifodalangan sodda gaplar tuzing va ularni gap bo‘laklari bo‘yicha tahlil qiling. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling