Ona tili va bolalar adabiyoti


Ko‘chirma gapli qo‘shma gap


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Ko‘chirma gapli qo‘shma gap 
465-mashq. O‘qing. Ko‘chirma gap va muallif gapini aniqlang. Tinish bel-
gilarining ishlatilishiga e’tibor bering. 
 
1. “Illo, bu bebaqo dunyoda faqat haq so‘z boqiy qolur”, – dedi Bobur 
Mirzo. (X. Sultonov) 2. “Yo‘q, otajon! – dedi Shermat, – tinchlikni
hurriyatni, haqiqat oftobining balqib chiqqanini siz ham ko‘rasiz!” 
(Oybek) 3. Bo‘ri yugurib kelib, chol-ga: “Ota, bir mergan quvib kela-
yotibdi, meni bekitib qo‘ying”, – debdi. (Chalpak yoqqan kun” erta-
gidan) 4. Elmurod hayron bo‘lib so‘radi: “I-y-e. Hali sizni birov 
o‘ldirmoqchi ham bo‘lganmi? Qanday yovuz ekan u?” (P. Tursun)
5. Yormat Yo‘lchiga buyurdi: “Hov yigit, kechagi chopiqni bitirib qo‘-
ying!” (Oybek) 
Savollar: 
1. Qanday gap ko‘chirma gapli qo‘shma gap deyiladi? 
2. Ko‘chirma gap nima? 
3. Muallif gapi deganda nima tushuniladi? 
4. Ko‘chirma gap va muallif gapi qanday joylashadi? 
466-mashq. Qo‘shtirnoqlar ichiga muallif gapining mazmuniga mos 
ko‘chirma gaplar qo‘yib, ko‘chiring. 


216 
1. „ ....“, – dedi otasi. 2. „ ... ? “ – deb so‘radi dugonasi. 3 „ ... !“ – 
xitob qildi Sobirjon. 4. „ ....“, – dedi professor Hamid Ne’matov.
Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelib, darak, so‘roq, undov gap bo‘lganda 
tinish belgilari qay tarzda qo‘yiladi? 
 
467-mashq. Berilgan gaplarni zarur tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring. 
1. Nima, biron narsa tushib qoldimi beparvo so‘radi Salim. (Oybek) 
2. O, tog‘lar, naqadar go‘zalsiz dedi to‘lqinlanib Akbar. 3. Men bozorga 
tushib, sabzi-piyoz olib kelaman dedilar dadam. 4. Buvim keldilar 
qichqirdi Nazira. 5. Yer – xazina, suv – gavhar deydi xalqimiz. 6. Senga 
nima bo‘ldi dedi u Asrorning sochini silab.
468-mashq. Qo‘shtirnoqlar ichiga ko‘chirma gap qo‘yib yozing. Tinish belgi-
larining ishlatilishini izohlang. 
1. Nodir Zulfiyadan so‘radi: “...?” 2. Zulfiya javob berdi: “ ....”.
3. Qodirjon iltimos qildi: “...”. 4. Guruh rahbarimiz dedi: “...!” 5. Onasi 
o‘g‘liga dedi: “...”. 6. Ukasi akasiga yalindi: “...!” 
Ko‘chirma gap muallif gapidan keyin kelib, darak, so‘roq, undov gap bo‘lganda 
tinish belgilari qay tarzda qo‘yiladi? 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling