Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 489-mashq.
488-mashq. Zarur o‘rinlarga vergul qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. – Bobojon kichik Vatan ham bo‘ladimi? – Bo‘ladi bolam bo‘ladi. Odamning yashaydigan uyi, hovli-joyi kichik Vatani. 2. Oq o‘rik shotut shaftoli va g‘aynolining sap-sariq yaproqlari hovli betini ko‘mib yo- tibdi. (I. Rahim) 3. Hayot abadiy, ammo u yosh avlod bilan barhayot. (R. Usmonov) 4. Yo‘q endi Mengliboyni hech kim yo‘ldan urolmaydi. (S. Ahmad)5. Ammo do‘stingdan yaqin bir odamingdan to‘satdan shun- day gap eshitish menga albatta og‘ir. (P. Tursun) 6. Ha o‘z manfa-atini xalq manfaatidan yuqori qo‘yganlar doim adashadi. (Uyg‘un)7. Yo- shing yigirma beshga qarab ketyapti – dedi onasi – xotin kishi o‘ttizga kirsa, o‘tin bo‘ladi. (O‘. Hoshimov) 8. Shaftolizorda sa’vaning goh fig‘onli nolasi goh shiddatkor chaqchaqi tinmaydi. (S. Ahmad) 9. Man- sur Gavharning nozik ammo chayir qo‘lini mahkam qisdi. (O‘. Hoshi- mov)10. Bora-bora cho‘l sahroga aylandi odamlar va otlarning suvga ehtiyoji osha bordi. (M. Osim) 11. Aql va baxt birlashsa insonning hayot yo‘li ravon bo‘ladi. (Gazetadan) 12. Afshonsoy tomonda qurbaqalar qurillar, dimoqqa archa, na’matakgul, yovshan, bo‘ztikan va yovvoyi piyoz hidi gup-gup urardi. (O. Yoqubov) 13. Tajribalardan ma’lum bo‘l- diki kobraning zahari hatto rak o‘smasini ham o‘sishdan to‘xtata olar ekan. («Fan va turmush» jurnali-dan) 14. Oh bu yoqimli hid qayerdan keldi ekan. (X. To‘xtaboyev) 489-mashq. Gaplarni o‘qing. Tirening qo‘llanish o‘rni va sababini tushun- tiring. 225 1. Baykal – jahondagi eng chuqur chuchuk suvli ko‘l. (“Bolalar ensiklopedi-yasi”dan) 2. Millatni uyg‘otish – uyg‘onganlarning vazi- fasi. (Cho‘lpon) 3. Og‘riq tishning davosi – ombur. (Maqol) 4. Endigi muhim vazifa – o‘rim-yig‘imni g‘oyatda qisqa fursatda uyushqoqlik bilan o‘tkazish. (Gazetadan) 5. Vaqting ketdi – baxting ketdi. (Maqol) 6. Ichkilik, bezorilik, buzilish, odobsizlik – hammasi bekorchilikdan kelib chiqadi. (A. Muxtor) 7. Rejasiz ish – qolipsiz g‘isht. (Maqol) 8. Ko‘z qo‘rqoq – qo‘l botir. (Maqol) 9. Men – Po‘latova Madina, Buxoro davlat universitetining pedagogika fakultetida o‘qiyman. 10. – Buva, cho‘ponlik yomonmi? – dedi Karim sekin. – Yo‘q, chirog‘im. – Qorovulchilik-chi? – Qorovulchilik ham yomon emas. – Hisobchi bo‘lish-chi? – Hisobchilik ham yaxshi. – Ichida eng yaxshisi qaysi? – Kasbning yomoni bo‘lmaydi, – dedi buvasi. (S. Anorboyev) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling