220
1. Tohir Malikning „Mehmon tuyg‘ular“ kitoboni uch kunda o‘qib
chiqdim“, – dedi Nigora. 2. „Dadam bu yil bog‘ga 20 tup olma ekdilar“,
– dedi Salim. 3. „Marjona „Yosh qalamkash“ tanlovida birinchi o‘rinni
oldi“, – dedi Nozima. 4. „ Mehmonlar bugun ertalab Buxoroga keldi“,
– dedi Botir. 5. „Samad aka sport bilan shug‘ullanish
orqali qandli
diabet kasalidan xalos bo‘ldi“, – dedi Komil aka.
480-mashq. Matnni o‘qing.
-ibdi shakli orqali ifodalangan o‘zlashtirma gap-
larni aniqlab, ularni ko‘chirma gapga aylantiring.
– Tog‘ajon, bu uzumlarni qanday qilib yetishtirgansiz? – deb so‘radi
Yolqinjon.
– Tokni qanday parvarish qilish to‘g‘risida
bir dongdor sohibkor
kitob yozibdi, – dedi tog‘asi. – O‘sha sohibkor o‘zining oltmish yillik
tajribasini shu kitobda bir-bir bayon qilibdi.
Tog‘asi o‘sha kitobni o‘qibdi. Keyin kitobdan o‘rganganini
ishga
solibdi. Natijada so‘ridagi uzumlarni yetishtiribdi.
(N. Maqsudiy)
481-mashq. Berilgan o‘zlashtirma gaplarni ko‘chirma
gaplarga aylantirib
ko‘chiring. Muallif gapining kesimi qaysi so‘z bilan ifodalanganini aytib bering.
1. Sobir aka ertaga havo ochiq bo‘lishini aytdi. 2. Zarina Umidadan
matematika fanidan o‘tilgan mavzuni tushuntirib berishni iltimos qildi.
3. Shavkat aka iyul oyi dehqonlar hayotida eng mas’uliyatli
davr ekan-
ligini aytdi. 4. Guruh rahbarimiz badiiy asarlarni doimiy ravishda o‘qib
turish lozimligini uqtirdi. 5. Sobir Nodirdan ta’tilda qayerga borishini
so‘radi. 6. Mahmudjon Buxoroning diqqatga sazovor joylarini tomosha
qilmoqchiligini aytdi.
Do'stlaringiz bilan baham: