Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
229 USLUBIYAT NUTQ USLUBLARI 496-mashq. Berilgan matnlarni o‘qing. Ularda nima haqida gapirilgan – bitta narsa haqidami yoki turli narsa haqidami? Qanday gapirilgan – bir xildami yoki turli tarzdami? O‘ylab ko‘ring, har bir matn qayerda qo‘llanishi mumkin? Misol uchun birinchi va ikkinchi matnni oiladagi suhbatda qo‘llash mumkinmi? Uchinchi matnni birinchi matn o‘rnida qo‘llab bo‘ladimi? Nima uchun? 1. O‘zbekistonning geografik xaritasiga nazar tashlar ekanmiz, res- publikamiz O‘rta Osiyoning markaziy qismida, Sirdaryo bilan Amudar- yoning oralig‘ida joylashganini ko‘ramiz. Faqat Toshkent va Naman- gan viloyati Sirdaryoning o‘ng tomonida, Xorazm viloyati va Qora- qalpog‘istonning bir qismi Amudaryoning chap tomonida joylashgan. Tutgan o‘rni va murakkab relyefi tufayli O‘zbekistonning tabiiy sharoitlari ham har xil. Respublikaning sharqi va janubi-sharqiy Tyan- shan (Tangritog‘), Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog‘lari bor. Tog‘larning cho‘qqilari muzliklar, doimiy qor qatlamlari bilan qoplan- gan. Respublikamizning g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy qismiga borgan sari ulkan tog‘lar pasayib, tog‘ yonbag‘ri tekisliklari go‘zal xushmanzara vodiylarga aylanadi. So‘ng vodiylar tugab, asta-sekin suvsiz cho‘llar, poyonsiz qumliklar boshlanadi. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan) 2. O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston, Dostonlarda bitgan guliston – O‘zbekiston deya atalur, Uni sevib el tilga olur. Chiroylidir go‘yo yosh kelin, Ikki daryo yuvar kokilin Qorli tog‘lar turar boshida, Gul vodiylar yashnar qoshida. Chor atrofga yoyganda gilam Aslo yo‘qdir bundayin ko‘klam. Tog‘lardagi qip-qizil lola Bo‘lib go‘yo yoqut piyola, Buloqlardan uzatadi suv El ko‘zidan qochadi uyqu. (H. Olimjon) 3. Men yurtimizni xo‘p kezganman. O‘zbekiston zap ajoyib o‘lka- da. Bir tomoni tog‘, bir tomoni vodiy, bir tomoni cho‘l. Farg‘ona 230 vodiysidagi tog‘larga chiqqanman. Biram balandki, cho‘qqisiga qara- sang, do‘pping tushib ketadi. Soylarining suvidan ichib maza qilgan- man. Yurtimizning meva-yu qovun-tarvuzlarini aytmaysanmi? Oldida asal bekor. Buxoroda bitta qovunni bir o‘zim tushirganman. Mazasi haliyam og‘zimda. Yurtimizning odamlari-chi? Biram odamoxun, xushsuhbatki, hango- malashib to‘ymaysan. (Suhbatdan) Matnlarning uslubini aniqlang. Har bir uslubga xos leksik va boshqa vositalarni ko‘rsating. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling