Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 501-mashq.
So‘zlashuv uslubi
498-mashq. Matnni o‘qing. So‘zlashuv uslubiga xos so‘z va iboralarni aniq- lang. – Xo‘sh, o‘zingning ishing qanday? – E, meniki ham, qo‘yaver, tozayam maza qildim-da, bu jonivor sigir shunday yovvosh, shunday bir baraka topgur ekanki, yetaklab olib yu- rib, bir uvatga qo‘yaman, xuddi qoziqqa bog‘lab qo‘yganday o‘sha yerdan bir qarich qimirlamasadan o‘tlaydi, o‘tlab turgan joyida o‘t sop bo‘lib qolsa, “Naryoqqa o‘tsam mumkinmi?” deganday qilib menga sekin qiya qarab qo‘yadi. “Ha, jonivorgina”, deb yetaklab nariroqqa jildirib qo‘yaman. Shunday qilib, qarasam, sigir emas, jonning rohati ekan, keyin bir sero‘tloq uvatga yetaklab olib borib qo‘ydim-da, ariq bo‘yidagi tolning salqinida maza qilib uyquni urdim. Ikki-uch kundan buyon bo‘lgan hamma hordiqlarim chiqib ketdi. (G‘. G‘ulom) 499-mashq. Matnni o‘qing. So‘zlashuv uslubiga xos fonetik, leksik, frazeo- logik xususiyatlarni izohlang. – Adol, etikni tort! – Ha, erimmisan? – Seni er olsa jon derding-a. Burningni qara! – Burnimga nima qipti? – Oynakka qaraganmisan o‘zing. Bu burun emas, Xalcha xolam kovush yechib qo‘yganga o‘xshaydi. Etikni tort! Adol ham bo‘sh kelmadi. – Sen o‘lgurni er olmaydi. Er senga xotin bo‘lib tegadi. Prikaz beri- shini qaranglar-a! Ovozing o‘lgur ham mo‘ridan chiqqandek gumbur- 232 laydi. Oting o‘lgur ham erkakcha, Asror. Basharang habashga o’xsha- gan qop-qora, yurishing ayiqqa oʻxshaydi. Bitta mo‘ylov kam. Mo‘ylov qo‘ysang, sen bilan kechqurun yurgan qiz gap-so‘z bo‘ladi. Qizlar qotib-qotib kulishdi. – Ha, bo‘sh kelma, Adol. U bittani gapirsa, sen o‘ntani qo‘ndirasan-a. – Ke, bo‘ldi, etikni tort. Men shatta qolaman. Biznikiga kirib ayamga aytib qo‘yasizlar. Dildor opaning oldida qoldi deb qo‘yarsizlar. Bo‘p- timi?! (S. Ahmad) 500-mashq. Matnni o‘qing. To‘liqsiz gaplarda qaysi gap bo‘lagi tushirib qoldirilganini aniqlang. Otabek yana dedi: – Odam qo‘shsangiz men keltiray guvohimni! – Tinchlaningiz, Otabek, – dedi qushbegi. Otabek biroz o‘zini yig‘ib olgandan keyin so‘radi: – Nima olgan edingiz? – Maktub. – Kimdan? – Otamdan. – Qachon? – Toshkentda isyon boshlanishi oldidan. – Undan keyin-chi? – Olmadim. (A. Qodiriy) 501-mashq. “Kiyinish odobi haqida davra suhbati”, “Navro‘z saylida”, “Tarbiya sirlari haqida suhbat”, “Tilimiz haqida fikrlar” mavzularidan birini tanlab matn tuzing. Bunda so‘zlashuv uslubiga xos vositalardan foydalaning. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling