Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
493-mashq. Gaplarni o‘qing. Qo‘shtirnoq belgisining qo‘llanish o‘rni va vazi-
fasini izohlang. 1. Mirzo Ulug‘bek da’vogarga: “O‘sha daraxtdan uch-to‘rt barg olib kel, men uning vositasida haqiqatni aniqlayman”, – debdi. (“Yolg‘on- chining izza bo‘lishi” rivoyatidan) 2. «Kosmetika» aslida grekcha so‘z bo‘lib, u «go‘zallashtirish» degan ma’noni anglatadi. («Saodat» jurna- lidan) 3. Xo‘p, hozir ko‘ramiz.. «Yaxshi!».. «O‘rta».. «O‘rta».. Qani «a’lo»? Ruschadan nima uchun «yaxshi»? (A. Qahhor) 4. Birdan aya- majizning «ho‘kiz o‘ldirar» izg‘irini boshlandi. (S. Nurov) 5. Bashirjon 227 tili so‘zga kelmay, «qiyomatli» ukasiga ancha vaqt ag‘rayib turdi, niho- yat, zo‘rma-zo‘raki jilmaygandek bo‘ldi. (N. Aminov) 6. “Tafakkur” jurnalini maroq bilan o‘qiyman. 7. “Yulduzli tunlar”da “Boburnoma”- dan olingan parchalar ham uchraydi. 8. Anvarning tevaragida “xolis” maslahatgo‘ylar ham ko‘rinishib qoldilar. Ayniqsa bu “xolis”lardan biri pochchasi edi. (A. Qodiriy) 9. Adabiyotshunos Ibrohim Haqqulning “Navoiyga qaytish” kitobi “Fan” nashriyotida chop etildi. 10. Ingliz tili bo‘yicha o‘tkazilgan olimpidaning viloyat bosqichida 8-“A” sinf o‘quvchisi Gulchiroy Safarova 1-o‘rinni egalladi. 11. “O‘zDEU avto” qo‘shma korxonasida 1996-yildan boshlab “Neksiya”, “Damas” va “Tiko” yengil avtomobillari ishlab chiqarila boshladi. 12. Moskvadan uchib kelgan “Boing–767” samolyoti Toshkent aeroportiga qo‘ndi. 13. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin Yulduz” medali bilan 2005-yilgacha 55 kishi taqdirlangan. (“O‘zbekiston milliy ensiklopedi- yasi”dan) 494-mashq. Gaplarni o‘qing. Qavs belgisining qo‘llanish sababini izohlang. 1. Fayzulla Qosimov (matematika o‘qitish metodikasi fani o‘qituv- chisi) talabalar uchun “Tipik arifmetik masalalar” degan metodik qo‘l- lanma nashr ettiribdi. 2. Azamatlar o‘nlab aravalarga va ikki mashinaga (o‘n kun avval yana bir yuk mashinasi olingan edi) har nav yuklarni ildamlik bilan ortmoqda edilar. (Oybek) 3. Propolis – asalarilar ajra- tadigan yelimsimon, smolali xushbo‘y modda (tibbiyot va farmatsevti- kada qo‘llanadi). (“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan) 4. Juletta. Yana shovqin! Fursatim ziq! O, aziz xanjar! (Romeoning xanjarini oladi) Seni g‘ilofingga solay! (Ko‘ksiga uradi) (V. Shekspir) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling