Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

497-mashq. Berilgan gaplarning qaysi uslubda ekanligini aniqlang. Har bir 
gapning leksik va grammatik uslubiy belgilarini ko‘rsating. 
1. Hoy juvonmarg, zumrasha, tag‘in ko‘chagami? Bu yoqqa kel
o‘tinni tutashtirib ket, tutay berib, ko‘zimni ko‘r qilayozdi. 2. Favvo-
rachalardan oftob nurida kumushday tovlanib taralayotgan suv 
zarrachalari atrofga ajib bir tarovat baxsh etardi. 3. O‘zbekiston Res-
publikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 4. Yurtimizda bolalar sportini 
rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, barcha imkoniyat-
larga ega sport inshootlari, zallari qurib ishga tushirilmoqda. 5. Manfiy 
zaryadli eng kichik zarracha elektrondir. 6. Quyosh terakzor orqasiga 
botayotgan, g‘arb ufqiga alvonrang shafaq yoyilgan ajib oqshom edi.
7. Nima qilib bu ezma-churukni sudrab yuribsiz, beti qursin. 8. Har kim 
bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan 
kafolatlanadi. 9. Ma’lum bo‘lishicha, barg hujayralaridagi alohida mod-
da – xlorofillning yashil donachalarida suv va karbonad angidrid gazi-
ning qand va kraxmalga aylanishi sodir bo‘lar ekan. 10. Toshkent shah-
rida 2014-yil 28-mart kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy 
aksilterror tuzilmasi kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi majlisi 
bo‘lib o‘tdi. 11. Akam paqirning qornini yorsang, alif chiqmaydi-yu, 
tag‘in falon-u pismadon deganiga kuyaymi! 12. Azot oqsil moddalari 
tarkibiga kiradi. Oqsil esa bakteriyalar, o‘simliklar, hayvonlar va niho-
yat odam kabi barcha tirik mavjudot asosidir. 13. Bu ko‘zlarda tuy-
g‘unlik, oliyjanoblik, ko‘ngilning bahoriy tozaligi, iliqligi jilvalanar 
edi. 14. Uzoq tumandan kelganligimni va qatnab o‘qishga imkoniyatim 
yo‘qligini e’tiborga olib, menga talabalar yotoqxonasidan joy berishi-
ngizni so‘rayman. 15. Barkamol avlod va ma’naviyatli yoshlar, so‘zsiz, 
millat va davlat tayanchidir. Yurt poydevori ma’naviyat bilan mustah-
kamlansa, mamlakat rivojlanadi, dunyo hamjamiyatida o‘z munosib 


231 
o‘rnini topadi. 16. Ko‘klam noxush ko‘ngilning bir chetini yorishtirib 
turar, surur, sevinch bag‘ishlar, ko‘rkini «ko‘z-ko‘z» qilardi. 17. Yul-
duzlardan tashqari Galaktika tarkibiga mayda qattiq kosmik chang va 
gazlarning juda yirik siyrak buluti ham kiradi. 18. Pismiq ja xursand, 
og‘zi qulog‘ida, yo‘rg‘alagancha ketyapti. 19. Kichikligidan kitobga 
oshno bo‘lgan bola toza qalb egasi bo‘lib kamolga etadi, xalqimizning 
boy ma’naviy merosiga hurmat bilan qarashni, avaylab-asrashni o‘rga-
nadi. 20. Abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayonini nizom talab-
lariga muvofiq tashkil qilish mas’ul kotib N. Rahimov zimmasiga 
yuklatilsin.

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling