Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
Ilmiy uslub 
 
502-mashq. Matnni o‘qing. Ilmiy uslubga xos leksik va grammatik vositalarni 
aniqlab, izohlang. 
Ertak – xalq og‘zaki ijodidagi qadimiy janr, cho‘pchak. Ertak barcha 
xalqlar og‘zaki ijodida qadimdan shakllangan va faol janrlardan sana-
ladi. Ertaklar asosan nasrda yaratilib, sujeti asosida sehrli-fantastik, 
sarguzasht yoki maishiy xarakterdagi voqealar yotadi, voqealar bayoni 
va talqinda ijodiy fantaziya, to‘qima salmoqli o‘rin tutadi. Shuning 
uchun ham ertakchilar tomonidan hikoya qilingan ertak tinglovchilar 


233 
tomonidan avvalo ertak deb, ijodiy fantaziya mahsuli deb qabul qili-
nadi. Biroq bu ertaklar voqelik bilan tamoman aloqasini uzgan degani 
emas. Ertaklarda (ayniqsa, maishiy ertaklarda) reallik bilan aloqa 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qadimiyligi tufayli ertaklarda ajdodlarimizga 
xos mifologik tafakkur elementlari, totemizm, anemizm qoldiqlari 
saqlanib qolgan. Mazkur hol sehrli ertaklar bilan hayvonlar haqidagi 
ertaklarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi, bu ularning nisbatan qadimiyroq 
ekanligining dalolatidir. Kishilik jamiyati taraqqiyoti barobarida 
ertaklar ham sifat jihatdan o‘zgarib boradi: hayotiy tajriba va kuzatish-
larga asoslangan maishiy mavzudagi ertaklar kengroq o‘rin egallay 
boshlaydi, sehr-jodudan deyarli forig‘ sarguzasht-avantyur sujetli er-
taklar yaratiladi, hayvonlar haqidagi ertaklarning totemistik va ani-
mistik mazmun yo‘nalishi majoziylik bilan almashadi va h. (Adabiyot-
shunoslik lug‘atidan) 
503-mashq. Berilgan terminlarni qaysi fanga oidligiga ko‘ra guruhlab, sar-
lavha bilan yozing. Har bir terminning ma’nosini izohlang. Shu terminlarning 8 
tasi ishtirokida gap tuzib yozing. 
Kesim, son, aylana, undalma, kompas, bog‘lama, so‘z, metafora
xarita, turoq, ko‘paytirish, ayirish, bosh bo‘lak, yulduz, arxaizm, say-
yora, metonimiya, uslub, osmon jismi, vazn, sifat, doira, atoqli ot, tur-
dosh ot, perimetr, ertak, ufq, hikoya, atmosfera, tovush, majoz, gipo-
nim, materik, okean, bo‘g‘in, denotativ ma’no, badiiy obraz, band, 
masal, istorizm, harf, alifbo, kometa, gap, raqam, band, istiora, kon-
notativ ma’no, bo‘lish, tog‘, latifa, bitishuv, jonlantirish, masshtab, 
asotir, jargon, gerbariy, ildiz, tekislik, janr, barxan, she’r, daryo, mete-
or, semema, globus, yil, masala, sutka, sujet, maqol, adir, doston, kvad-
rat, topishmoq, daryo, kanal, komediya, xarita, to‘g‘ri to‘rtburchak, 
adir, tenglama, tugun, obraz, adabiy ertak, ergash gap, anafora, cho‘l, 
tenglik, qo‘shiq, rivoyat, qofiya, dengiz, ildiz, qissa, o‘xshatish .
504-mashq. “Kesim”, “Leksikologiya”, “Gap”, “To‘rtburchak”, “Tenglama”,
“Aylana va doira”, “Maqol”, “Sujet”, “Barg”, “Materiklar” mavzularidan birini 
tanlab, ilmiy matn tuzing. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling