Ona tili va bolalar adabiyoti
ronlik aks etdi. 3. Uchqun oyisining boshiga tushgan tashvishdan
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- MORFOLOGIK USLUBIYAT 514-mashq.
ronlik aks etdi. 3. Uchqun oyisining boshiga tushgan tashvishdan
bexabar. 4. Qaynarbuloq tomondan g‘amgin nay ovozi eshitildi. 5. Sa- ratonda muallaq qotgan havo changi shabnam bilan yana o‘z onasi – tuproq quchog‘iga sekin cho‘kdi. 6. “Uylanish vaqti-ya, lekin pul qur- g‘ur yo‘q” – dedi Abdulvohid piyolani bo‘shatib. 7. So‘nggi pushay- mon kishiga foyda bermaydi. 8. Ozg‘in bola suv to‘la chelaklarni ba- zo‘r ko‘tarib kelardi. 9. Hilola uning yoqimsiz yuzini ko‘rishni ista- masdi. 10. Oʻktamni tanholik, g‘ariblik, yo‘qsizlik azobi qiynardi. 240 MORFOLOGIK USLUBIYAT 514-mashq. Gaplarni o‘qing. Otlarda -lar qo‘shimchasi qanday ma’no ifoda- layotganini izohlang. 1. G‘ulomjonning ko‘nglida yayragan quvonch bahori ko‘zlarida javlon urdi. (M. Ismoiliy) 2. Sentabr boshlarida polk g‘arbga tomon yo‘l oldi. (Oybek) 3. Bodom qovoqlari ostidagi javlon ko‘zlari mamnun-mamnun kuladi, yuzlari kuladi, go‘zal g‘uncha lablari kuladi. (Shuhrat) 4. Xo‘p, mayli, o‘zim ham yotaverib, yuraklarim zardobga to‘lib ketdi. (N. Aminov) 5. Shodliklarga to‘lib bir umr Huzuringda qolgim keladi. (A. Oripov) 6.O‘ylardimki, nomingni sening Takror etmas endi tillarim. (A. Oripov) 7. Seni ko‘ray dedim – tonglarim otdi, Orazing yorishib, tunni yo‘qotdi. (A. Oripov) 8. Yomg‘irlar yog‘ardi qirq kecha-kunduz, Qorlar yog‘ar edi terakni ko‘mgan. Tulporlar bo‘lardi ko‘zlari yulduz, Poygada raqiblar changini ko‘rgan. (A. Oripov) 515-mashq. Berilgan gaplardagi kichraytirish va erkalash qo‘shimchalari qanday ma’no ifodalayotganini aniqlang. 1. Hoy, aylanay o‘g‘rigina bolam, boshimda shunday musibat tur- ganda ko‘zimga uyqu keladimi? (G‘. G‘ulom) 2. – Hali xotinchangizni ham borib ko‘rarsiz, – gap bilan chimchilab oldi u. (O‘.Umarbekov) 3.To‘raboy akaning qo‘lidagi hali terisi qurimagan qo‘zichoqlar ahyon- ahyon mayingina «ba» deb qo‘yadi. (S. Anorboyev) 4. Voy bo‘yginang- dan-ey.. tushimmi-o‘ngimmi, bolaginam.. Biram basavlat bo‘lib, gun- gursday bo‘lib ketibsanki.. (A. Muxtor) 5. Qani, o‘sha bir paytlar kat- talarning suhbatiga aralashmasdan, mehr bilan kuzatadigan tortinchoq bolakaylar va qizaloqlar. (Gazetadan) 6. Iloyo, shu yigitchaniyam umri uzoq bo‘lsin. Baxti bezavol bo‘lsin. (O‘. Hoshimov) 7. – Charcha- gandirsan, qo‘zichog‘im. Ichaging uzilib ketgandir. Bo‘ldi qila qol, – deb zorlandi ona. (H. Nazir) 8. – Chakkki emas! – dedi Xolmat. So‘ngra so‘radi: – Oti Zebinisami? – Ha, Zebinisaxon. Yigitchaning shu “xon” degan qo‘shimchasida “mening Zebinisam” degan ma’noda bir maq- tanish, bir g‘urur ohangi bor edi. (Cho‘lpon) 9. Ey-y, Sodiqcha, sen hali 241 nimani ko‘rding-ku, nimangga ishonding. (A. Qodiriy) 10. Yo‘lingiz- dan qolmang, yigit-cha, – dedi qiz. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling