Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

472-mashq. Nuqtalar o‘rniga ko‘chirma gap qo‘yib ko‘chiring. 
1. Mansur: „ … “, – deb aytdi. 2. Otam „ … “,– deb uqtirdilar.
3. Dugonam „ … ?“ – deb so‘radi. 4. Bog‘bon ota: „ … !“ – deb xitob 
qildi. 
Ko‘chirma gap muallif gapining o‘rtasida kelsa, tinish belgilari qay tarzda 
qo‘yiladi? 
473-mashq. Berilgan gaplarni zarur tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring. 
1. Arazlab turgan Ziyodaxon Sherbekning gapiga yumshab Bola-
likdagi sho‘xligingiz haliyam qolmabdi dedi. (S. Anorboyev) 2. Yusuf-
bek hoji Hasanalini ko‘rishi hamoni Ho-o-o, bizning Hasanali-ku dedi. 
(A. Qodiriy) 3. Ahmadjon undan sekin Jo‘ram qayoqqa ketayotibmiz 
deb so‘radi. (A. Qahhor)
 
4. Bobolar Qanotli chumoli chiqsa, yomg‘ir 
yog‘ishi kutiladi deyishadi. 5.
Doro kamon qoshlarini chimirib, baland 
ovoz bilan: Hay odam, o‘zing kimsan deb so‘radi. (M. Osim) 6. Xotin 
umrida birinchi marta eriga tik qarab: Kim sizni tushungan odam deydi! 
dedi. (Mirmuhsin) 


218 
474-mashq. O‘qing. Tinish belgilarining ishlatilishiga diqqat qiling. Ko‘chir-
ma gapni muallif gapidan keyin keltirib, tinish belgilarini qo‘ying. 
1. „ Men olma tergani bog‘ga chiqqan edim“, – dedi Sanobar.
2. „Bizning qishlog‘imizday go‘zal qishloq yo‘q!“ – deb xitob qildi An-
varjon. 3. „ Arilarning g‘ashiga tega ko‘rmanglar, bir yopishsa qo‘y-
maydi“ – deb ogohlantirdi Olim aka. 4. „Biz Kattaqo‘rg‘on tomondan 
bo‘lamiz, og‘lim“, – dedi chol. 5. „ Asal qanday dardlarga davo bo‘-
ladi?“ – deb so‘radi bir o‘quvchi. 
475-mashq. Quyidagi gaplarga mashqning oxirida berilgan muallif gaplaridan 
mosini qo‘shib, tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring. 
1. Xo‘sh, bolalar, qani, aytinglar-chi, hozir sinflaring davomat masa-
lasida nechanchi o‘rinda turibdi? … (X. To‘xtaboyev) 2. Men o‘zbo-
shimchalik qilganim yo‘q (O‘. Umarbekov) 3. … Oh, o‘laman, ko‘p 
so‘zlama! (A. Qodiriy) 4. Bizga choy keltirib bersangiz … 5. Qirgovul 
bilan bedana … hech qachon tushgan joyida turmaydi.
(javob berdi bola yig‘lamsirab, dedi Maqsud kulib, deb so‘radi 
direktor, Kumushbibi ortiq chidolmadimi, qo‘rqinch bir tovush bilan 
hayqirdi, deb iltimos qildi Zulfiya opa) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling