Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
476-mashq. Berilgan qoliplar asosida ko‘chirma gapli qo‘shma gap tuzing. 1. M: „K“. 2. M: „K?“ 3. M: „K!“ 4. M: „K“, – m. 5. M: „K?“ – m. 6. M: „K!“ – m. 7. „K“, – m. 8. „K?“ – m. 9. „K!“ – m. 10. „ K, – m. – K“. 477-mashq. Matnni o‘qing. Ko‘chirma gapning suhbat nutqida qanday beri- lishiga e’tibor bering. Podsho Botir merganni so‘ramay-netmay dorga osmoqchi bo‘libdi. Shunda mergan podshoga: – Taqsiri olam, sizga savollarim bor. Shularga javob bering, so‘ngra dorga ossangiz roziman, – debdi. Podsho: – Qanaqa savollar? – deb so‘rabdi. Botir mergan podshoga: 219 – Taqsir, bola och qolsa, kimdan non so‘raydi? – debdi. Podsho o‘ylab turib: – Otasi bilan onasidan so‘raydi, – debdi. – Bola kimga erkalik qiladi? – deb so‘rabdi yana mergan. – Ota-onasiga, – deb javob beribdi podsho. – Unday bo‘lsa, taqsir, men sizning molingizni yolg‘iz o‘zim o‘g‘ir- lab yeganim yo‘q. Qirq uyli ovulimni qishdan sog‘-salomat olib chiq- dim. Ularni o‘limdan saqlab qoldim. („Botir mergan va chaqimchi“ ertagidan) O‘zlashtirma gap 478-mashq. Berilgan ko‘chirma gaplarni o‘qing. Ularni o‘zlashtirma gapga aylantiring. 1. „Ish qurollarini ishlatib bo‘lgach, doim tozalab qo‘yish kerak“, – deydilar dadam. 2. „ Hozirgi kun yoshlari kamida uchta xorijiy tilni bilishi kerak“, – dedilar professor Hamid Ne’matov. 3. „ Maftuna, hozir qaysi badiiy asarni o‘qiyapsan?“ – deb so‘radi Nigina. 4. – Odamning qo‘lidan kelmaydigan hech bir ish yo‘q, – dedi Saodatxon, – odam hamma narsadan zo‘r. (S. Zunnunova) 5. – Xo‘sh, qanday yangiliklar bor? – dedi O‘ktam. (Oybek) 6. „She’riyat tili – yurak, hissiyot, ruhiyat tili“, – deb yozadi adabiyotshunos Ibrohim Haqqul. 7. „Zamira, hovliga suv sep“, – deb buyurdi onasi. 8. „Menimcha, bu yil meva-cheva serob bo‘ladi“, – dedi Salim ota. 9. Xatda shunday deyilgan: „Afsuski, quri- lish ishlari depsinib qoldi“. Savollar: 1. O‘zlashtirma gap nima? 2. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda gapning tuzilishida qanday o‘zgarish yuz beradi? 3. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda undov va kirish so‘zlar ishlatiladimi? 4. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda undalma qay tarzda ifodalanadi? Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling