Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 451-mashq.
- 453-mashq.
449-mashq. 1-topshiriq. Berilgan maqsad ergash gapli qo‘shma gaplardagi
bosh va ergash gapni aniqlang. Maqsad ergash gapning bosh gapga nima yordamida bog‘langanini ayting. 1. Odamlar yaxshi yashasin deb, tinchlikka imzo chekdik. (G‘. G‘u- lom) 2. Zargar yasar tillaqosh, kelinchaklar taqsin deb. (“Oq olma, qizil 210 olma” qo‘shig‘idan) 3. Aymoq xalqi bizni do‘stdek kutar deb, yurti- ngizga biz sig‘inib kelganmiz. (“Yodgor”dostonidan) 4. Bizning maq- sadimiz kishilarga ong, tushuncha bermoq; toki har bir kishi yaxshilik va yomonlikni, oq-u qorani o‘zi ajratib oladigan bo‘lsin! (P. Tursun) 5. Odamzod umr bo‘yi boshimda bir yaxshiroq boshpanam bo‘lsin deb, tinmay yelib-yuguradi. (N. Qilichev) 6. Salmoqqa yarasha ish qilish kerak, toki do‘st-oshnolar desinlar balli. (G‘. G‘ulom) 450-mashq. Nuqtalar o‘rniga maqsad ergash gap qo‘yib ko‘chiring, zarur tinish belgilarini qo‘ying. 1. ... yer yaxob suvi bilan sug‘orildi. 2. ... ko‘chalar kengaytirilmoqda. 3. ... ko‘p daraxtlar ekdik. 4. .... bolalar ohista gaplashardi. 5. ... O‘zbekiston hukumati sportga katta e’tibor bermoqda. 6. ... telefon ixtiro qilingan. 451-mashq. Berilgan shart ergash gapli qo‘shma gaplardagi bosh va ergash gapni aniqlang. Shart ergash gapning bosh gapga qanday vosita yordamida bog‘- langanini ayting. 1. Qalb salomat bo‘lsa, fikr ham salomat bo‘ladi. 2. Bir ish ko‘ngil- dagidek ado etilsa, ikkinchisini bajarish ancha yengillashadi. (Sh. Ra- shidov) 3. To‘nkalarni kavlab, bir chekkadan yorilsa, talay o‘tin beradi. (Oybek) 4. Fosfor va kaliy o‘g‘itlari me’yoridagidan ortiqroq berilsa, kartoshkaning yetilishi tezlashadi. (“Fan va turmush” jurnalidan) 5. Yurak – zarur narsa. Yurak baquvvat bo‘lsa, ish ham unumli bo‘ladi, kishi charchamaydi. (Uyg‘un) 6. Fursat boy berildimi, ishning keyin ketishi turgan gap. (N. Safarov) 7. Agarda xon ko‘tarish manim qo‘- limda bo‘lsa edi, xon qilib Otabekni ko‘tarar edim! (A. Qodiriy) 8. Pol har doim yog‘ tushsa yalaguday yarqirab tursin emish, bo‘lmasa meh- mon-izmon, oshna-og‘aynidan nomus qilarmishlar. (H. Nazir) 452-mashq. Berilgan to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplardagi bosh va ergash gapni aniqlang. To‘siqsiz ergash gapning bosh gapga nima yordamida bog‘lan- ganini ayting. 1. Urush har qancha dahshatli bo‘lsa ham, hayotni to‘xtatib qolishga qodir emas. (H. G‘ulom) 2. Yomgir boyagidan ancha tezlashgan bo‘lsa- da, osmon yorisha boshlagan edi. (S. Karomatov) 3. Ammo qanchalik 211 mushkul ish bo‘lmasin, jumboqni yechamiz. (S. Karomatov) 4. Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, piyolaga egilar choynak. (E. Vohidov) 5. Otang mirob bo‘lsa ham, ariqni tozalab suv ich. (Maqol) 453-mashq. Quyidagi sodda gaplardan to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap tuzing. 1. Yo‘l sirpanchiq edi. Nodir tayrilmasdan yurib kelar edi. 2. Yay- lovni ko‘m-kok o‘t qoplab yotibdi. Mol kam. 3. Paxtazor juda katta edi. Terimchilar kun bot-masdan paxtasini terib bo‘lishdi. 4. Quyosh kunbo- targa og‘ib, soyalar cho‘zilib qolgan. Tepalar hamon oftob selida jimir- lab yotardi. 5. Otasi qattiq gapirdi. Salim xafa bo‘lmadi. 6. Darvoza ochiq. Uyda birov ko‘rinmasdi. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling