Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
 
445-mashq. 1-topshiriq. O‘qing. Payt ergash gaplarni topib, bosh gapga 
bog‘lovchi vositalarini aniqlang. 
1. Ilon bilanglab qocha boshlagan edi, xoda bilan urdim. (S. Anor-
boyev) 2. Asqar polvon o‘ylanib, hali javob berganicha yo‘q edi, og‘ir 
bulutli havoni artilleriya dahshatli gumburlatib yubordi. (Oybek) 3. U 
shaloplatib suv olar ekan, qamishzorlarning narigi chetidan qaqag‘la-
gan tovush eshitildi. (S. Siyoyev) 4. Oybodoq keta boshlagan edi, Ota-
bek uni to‘xtatdi. (A. Qodiriy) 5. Sanobar javon oldida ko‘ylak tanlar 
ekan, yana o‘y surib ketdi. (M. Xayrullayev) 6. O‘sha to‘polon tinchi-
gandan keyin bir hafta o‘tuvdi hamki, men uy poylab qoldim. (E. Ra-
imov) 7. Orif ota gullarning ta’rifini hikoya qilgudek bo‘lsa, hamsuh-
batining og‘zini ochirib qo‘yadi. (R. Fayziy) 8. G‘ishtlarni birma-bir 
olishgan edi, oltin to‘la xumning og‘zi ko‘rindi. (S. Yunusov) 9. Yom-
g‘ir yog‘a boshlasa, ish taqqa to‘xtaydi. (H. G‘ulom) 
 

2-topshiriq. Yuqoridagi qo‘shma gaplarni sodda gapga aylantiring.
3-topshiriq. Payt ergash gapli qo‘shma gapga 4 ta misol yozing. 
446-mashq. 1-topshiriq. Berilgan o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplardagi bosh 
va ergash gapni aniqlang. Bosh va ergash gap tarkibidagi bir-biriga ishora 
qiluvchi vositalarni ko‘rsating. 
1. Odamzod kindik qoni to‘kilgan joyni tark etsa, qushmijoz bo‘lib 
qolarkan. 2. Qayerda yashash qulay bo‘lsa, o‘sha yerga in quraverar 
ekan. Yoshlik” jurnalidan) 3. Siz qayerda bo‘lsangiz, biz ham o‘sha 
yerda bo‘lamiz. (B. Rahmonov) 4. Qayerdaki hayot mavjud ekan, o‘sha 
yerda hayotiy jarayonlarning muntazam ritmi, maromiyligi mavjud. 
(“Tafakkur” jurnalidan) 4. Tabiat hamma narsani bir-biriga mos
mutanosib qilib yaratgan. Qayerdaki bu mutanosiblik buzilsa, fojia ke-
lib chiqadi. (S. Siyoyev) 

2-topshiriq. Yyqoridagi qo‘shma gaplarni sodda gapga aylantiring. 


209 
3-topshiriq. 4 ta o‘rin ergash gapli qo‘shma gap tuzib yozing. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling