Ona tili va bolalar adabiyoti


  GRAFIKA VA ORFOGRAFIYA


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 


17 
GRAFIKA VA ORFOGRAFIYA 
 
37-mashq. Misollarni o‘qing. Har bir so‘zni alohida talaffuz qilib, uni bo‘g‘in 
va tovushlarga ajrating. So‘zning tovush tarkibi bilan undagi harflarning mos 
kelish-kelmaslik holatlarini aniqlang. 
1. Ota, ona va o‘g‘il shaharga ketayotgan edilar. Onasi bilan otasi 
otda, bolasi eshakda. (Sh. Xolmirzayev) 2. Ertalabki shirchoyni bobom 
bilan birga ichdik. O‘r-tog‘imni hovli orqasidagi bog‘ga olib chiqdim. 
(G‘ayratiy) 2. O‘sha o‘rik pishganida, Ra’no uni maza qilib yeb
ortiqchasini oftobga yoyib quritar ekan. (A. Abdu-razzoq)

Savollar:  
1. Harf nima? 
2. Tovush bilan harfning farqini ayting. 
38-mashq. Berilgan so‘zlarni alifbo tartibida joylashtirib yozing. 
Anor, arpa, bodring, yer, ziyorat, bahodir, bet, yetuk, karam, sabzi, 
kabob, imlo, ochiq, jo‘xori, isirg‘a, dono, g‘aram, vodiy, rubob, jona-
jon, firuza, chumchuq, azon, ertak, nevara, qop, murabbo, latifa, diyo-
nat, egov, sedana, nigoh, shiypon, xirmon, cho‘pon, firoq, mosh, ushat-
moq, ziyofat, ruboiy, divan, gerb, o‘lka, xiroj, o‘q, gilam, huquq, uch-
burchak, holva, lof, pista, tamaddi, pistirma, tamaki, vodorod, g‘araz, 
qonun, shimol, ochko‘z. 

Savol va topshiriqlar: 
1. Alifbo nima? 
2. Nima uchun alifbo tartibini yoddan bilish zarur? 
3. O‘zbek alifbosini yoddan ayting. 
4. Lug‘atdan kerakli so‘zni topishga doir “Kim tez topadi?” o‘yinini o‘tkazing. 
Buning uchun ikki talaba doskaga chiqadi. O‘qituvchi bir necha so‘zni aytib, bu 
talabalarga bu so‘zlarni imlo yoki izohli lug‘atdan topishni so‘raydi. Qaysi talaba 
so‘zlarni tezroq topsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi. 
5. 4-sinf “O‘qish kitobi” darsligida berilgan Mirtemirning “Qush tili” she’ridan 
qushlarning nomini bildiruvchi so‘zlarni ajratib, alifbo tartibida yozing. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling