13
27-mashq. So‘zlarni bo‘g‘inga ajrating. O‘rtasida uch undosh yonma-yon kel-
gan so‘zlar qanday bo‘g‘inga ajratilishi haqida xulosa chqaring.
G‘ishtdan, shartsiz, qo‘rqqan, doktrina, bargni, tortni, shavqli, mard-
lik, silindrik, daraxtzor, tinchlik, gardsiz, elektrik, orttir, elektron, yurt-
dosh, erksevar, shartta, baxtli.
Qaysi so‘zlarni bo‘g‘inga ajratishda bir undosh oldingi bo‘g‘inda qolib, ikki
undosh keyingi bo‘g‘inga o‘tadi? Sababini tushuntiring.
Urg‘u
28-mashq. O‘qing. Urg‘uli bo‘g‘inlarni aniqlab, tagiga chizing.
Paxta, paxtakor, paxtakorlar, paxtakorlarimiz, paxtakorlarimizga, oz,
metro, baqlajon, radio, hikoya, loviya, shaftoli, biologiya, traktor, erkin,
go‘zal, go‘zallik, qishloq, pochta, agrotexnika, Toshkent, Samarqand,
behi, kitob, bodring, bo‘g‘irsoq, raketa, audio, poliz, vergul, uchuvchi,
intizomli, yelpig‘ich, galereya.
Do'stlaringiz bilan baham: