Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Savollar:
1. Urg‘u nima? 2. Urg‘uning og‘zaki nutqdagi ahamiyati nimada? 3. Urg‘uning qanday turlari bor? 4. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi odatda qaysi bo‘g‘inga tushadi? Mashqdagi dast- labki beshta so‘z misolida tushuntiring. 5. Nima uchun mashqdagi ayrim so‘zlarda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmagan? 29-mashq. Berilgan so‘zlardagi urg‘uli bo‘g‘inni aniqlang. Urg‘u olmaydigan qo‘shimcha va yuklamalarni aniqlang. Dalalar, bodomzor, tariqcha, (kichkina) uycha, o‘nta, yigirmatacha, uyimiz, (fa-qat) anorgina, o‘rdakcha, qishloqdan, shamolday, kuldir, Akramova, keldimi, sen-chi, Nabiyevich, talabaman, kattaroq, ko‘kim- tir, Safarov, keldi-da, ishchan, go‘zallik, kelma, suv bilan, bolajon, aqllisan, qo‘shiqchi, yuzlab, xalq uchun, borgan sari. 30-mashq. Quyidagi so‘zlarni har bir bo‘g‘iniga urg‘u berib, nechta bo‘g‘in bo‘lsa, shuncha marta talaffuz qiling. Urg‘usiz bo‘g‘inga urg‘u tushirilsa, noqulay 14 talaffuz yuz berishiga ishonch hosil qiling. Shu yo‘l bilan urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushganini aniqlang. Namuna: arteriya (noqulay talaffuz), arteriya (qulay talaffuz), arteriya (noqulay talaffuz), arteriya (noqulay talaffuz). Demak, arteriya so‘zida urg‘u ikkinchi bo‘g‘inga tushadi. Biologiya, hamma, afsuski, lekin, morfologiya, fonetika, ballada, kimki, kimdir, barter, menejer, marketing, zero, gazeta, atom, meto- dika, doim, direktor, konstitutsiya, kuldir, obraz, oyday, chunki, hech kim, hamisha, respublika, qip-qizil, obraz, fonema, biznes, ya’ni, fab- rika. 31-mashq. Quyidagi urg‘usi bilan farqlanadigan so‘zlar ishtirokida bittadan gap tuzing. Urg‘uning ma’no farqlashdagi rolini tushuntiring. Atlás – átlas, akadémik – akademík, bosmá – bósma, hozír – hózir, modá – móda, tortmá – tórtma, matemátik – matematík, soyá – sóya, qishlóqcha – qish-loqchá. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling