Ona tili va bolalar adabiyoti


Nutq tovushlarining o‘zgarishi


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Nutq tovushlarining o‘zgarishi
32-mashq. O‘qing. Assimilatsiyaga uchragan so‘zlarni topib, turini ayting. 
1. O‘tgan qish qo‘ylarimizni qiyratib ketishgani esingdan chiqdimi? 
(N. Norqo-bil) 2. Zavq-shavqqa to‘lgan holda yeng shimarib
birinchilar qatori ishga keldi. (T. Hayit)  3. – Bisso‘m ber! (M. M. Do‘st) 
4. Oq rang ketib, bo‘z yerni alvon rang qopladi, olam o‘ziga oro berib 
bezanmoq taraddudiga tushdi. (Yusuf Xos Hojib) 5. Joʻnadik. Yo‘lda 
o‘rtog‘imning bo‘rsiqqa ishqiboz bo‘lib qolganligini bobomga asta 
aytdim. (G‘ayratiy) 6. Bir tup terak niholini olib, tepalikka borib, 
o‘tqazib keldi. (A. Irisov) 7. Keyin oyog‘i bilan bir siltangan edi, chana 
shuvullab pastga uchib ketdi. (O‘. Hoshimov) 8. O‘shanda danakdan 
chiqqan mitti o‘rik gullab turgan bo‘ladi.(A. Abdurazzoq) 9. – Ha, 
taqsir, bir yetimni hadeb ura berishmi, xizmatga tuhmatmi, taqsir? – deb 
yig‘lab yubordim. (G‘. G‘ulom)
10. Qani ayt, maqsading nimadir sening, 
Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? (A. Oripov) 
11. Novvoylar tutar shirmoy, 
Do‘kon shirinlikka boy. (K. Turdiyeva) 


15 
12. Til boyligin bir bog‘ desak, 
Har bitta so‘z – bitta nihol. (A. Obidjon)
13. Ota doim ota axir, 
Ya’ni mudom izzatda. (A. Oripov)
14. Oftob chiqdi olamga 
Yugurib bordim xolamga. ( Xalq qo‘shig‘i) 
 
33-mashq. O‘qing. Assimilatsiyaga uchragan so‘zlarni topib, turini ayting. Bu 
so‘zlarni imlo qoidasiga ko‘ra yozing. 
1. U kambag‘al-qashshoqlar bilan bittanga-yarim tanga ustida g‘ijil-
lashib o‘tirishni istamas edi. (P. Tursun) 3.
Toshtemir aka tambur, 
Alijon esa dutor, Dadavoy aka nay chalar edi. (H.G‘ulom). 4. Ha, 
ko‘hlik tolihimdan o‘rgulay deb mundoq qulochchi keravering.
(H. Nazir) 5. Endi Go‘ro‘g‘libekdan eshitmoq kerak gappi. (Po‘lkan.)
6. Handalak – shakar palak, shirinini tallab oling. (N. Safarov) 7. Ayt-
moqchi, kechka yaqin yana kirib o‘tarsiz. (J. Abdullaxonov) 9. U juda 
qarigan, qo‘lda toqqaychi. (Mirmuhsin) 11. Gulsunbibi qizi Gulnorni 
ro‘parasiga o‘tqizdi, mahsini yeshtirdi. (Oybek) 
 


Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling